Kommunikatsiya vositalari
kompyuterlarni o‟zaro hamda Internet tarmog‟I
bilan bog‟lash uchun xizmat qiladi va ular orqali ma‟lumotlar almashiniladi.
Modem
-telefon tarmog‟i orqali kompyuter bilan aloqa qilish imkonini beruvchi
qurilmadir.
Faks-modem
- bu, faks orqali xabarlarni qabul qilish va jo‟natish
imkonini beruvchi modemdir(1.18-1.20-rasm).
Simsiz modem Oddiy modem Modem orqali ulanish
Monitor.
Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik
ma‟lumotlarni tasvirlash (ko‟rish) uchun xizmat qiladi. Uning
elektron-nurli (SRT – Cathode Ray Tube) va suyuq kristalli
(jidkokristallicheskoe yoki LCD - Liquid Crystal Display)
ko‟rinishlari mavjud. Garchand tashqi ko‟rinishidan u
televizorga o‟xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin
farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo‟ladi. Kompyuter
tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham bahzi
kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so‟zlarini uchratish mumkin.
Lekin ularning inson organizmiga tahsiri tobora kamayib boradigan rusumlari
yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyuymli SVGA
(SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlarning
tahsirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy
tavsiflaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning
gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyuymli (36.56
sm) monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyuymli (38.1 sm) monitorda
1024x768, 17 dyuymli (43.2 sm) monitorda 1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm)
monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir tavsifi tasvirlarni
hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o‟lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash
qobiliyati 800x600 ga teng bo‟lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31mm ga,
1024x768ga teng bo‟lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo‟lishi
kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog‟liq bo‟ladi. Matn holatida
monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning
tezligini oshirish yo‟llari ham mavjud.
Xozirda monitorlarning suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD)
ko‟rinishdagilari keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson
ko‟ziga salbiy tahsir ko‟rsatmasligi xamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari
bunday monitorlar satxi o‟ta tekis bo‟lib, unda tasvirlar buzilmasdan ko‟rinadi.
Shuningdek xozirda plazmali monitorlar xam ishlab chiqarish yo‟lga
qo‟yilmoqda. U ichi inert gazi bilan to‟ldirilgan, satxi tekis shisha idish shaklida
bo‟lib ichki satxida esa minglab mayda elektrodlar joylashtiriladi. Xar bir elektrod
esa monitor ekranining bitta pikselini tashkil etadi. U xam inson uchun zararli
bo‟lgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi uning katta dioganalli
ko‟rinishlarini ham yaratish imkoniyati mavjud.
Sichqoncha. Sichqoncha ma‟lumotlarni kompyuterga
kiritish va u bilan muloqot qilish vazifasini tezroq amalga
oshirishni tahminlaydigan qurilmadir. Usiz kompyuterda
xususan, amaliyot tizimida ishlab bo‟lmaydi. U yordamida
amaliyot tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan
dasturlarga buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha odatda ikki yoki
uch klavishali bo‟ladi: chap, o‟ng va o‟rta yoki
g‟ildirakchali. Chap va o‟ng klavishalar dastur asosida almashtirilishi mumkin.
Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.)
bajariladi. O‟ng klavisha kontekst tavsiyanoma deb ataluvchi oynadagi amallarni
bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u
yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog‟liq. O‟rta klavisha yoki g‟ildirakcha
hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o‟xshab) maqsadlari
uchun qulay.
Sichqoncha birinchi navbatda ko‟rsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror
obhekt ko‟rsatgandan keyin, chap klavishacha bosilsa, o‟sha obhekt ishlash uchun
tayyor bo‟lib turadi. Ko‟rsatilgan obhekt ustida, sichqonchaning chap klavishasi
ikki marta bosilsa, ko‟rsatilgan obhekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap
klavishasini ikki marta ketma-ket bosish operatsiyasi, bu operatsiyani bir marta
chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo‟ladi.
Ekranda ko‟rsatilgan obhektni surish yoki ko‟chirish uchun, sichqoncha
ko‟rsatkichini ko‟rsatilgan obhekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi
bosiladi va klavishani qo‟yib yubormasdan, obhektni yangi joyga suriladi va
sichqoncha klavishasi qo‟yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda
ekrandagi obhektlarni sichqonchaning ham chap, ham o‟ng tomonda joylashgan
klavishalar bilan ko‟chirish mumkin.
Klaviatura.
Klaviatura
matnli
ma‟lumotlarni
kompyuterga qo‟lda kiritadigan va u bilan muloqot qilish
vazifasini o‟taydigan qurilmadir. Uning yordamida
amaliyot tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan
dasturlarga buyruqlar va dasturlarga kerak bo‟lgan ma‟lumotlar kiritiladi.
Windows tizimida oson ishlashni yo‟lga qo‟yish uchun yaratilgan
klaviaturalar odatda 101, 104, 108 yoki 109 klavishlardan iborat bo‟ladi.
O‟z vazifalariga ko‟ra klavishlar beshta guruhga bo‟linadi:
Alifbo harflari va sonlarni kiritadigan klavishlar.
Kursorni boshqarish klavishlari.
Funktsional klavishlar.
Sonlarni kiritadigan aloxida klavishlar.
hizmatchi klavishlar.
Eng katta guruh - birinchi guruh bo‟lib, ular yordamida rus va lotin katta-
kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi.
Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo‟lmagan klavishning nomi
Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo‟sh joy belgisini kiritishga mo‟ljallangandir.
Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga
(registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo‟ljallangan.
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi.
Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun
maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab
turgan bo‟lsa, unda kursor o‟chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning
ustiga tushadigan to‟rtburchakka o‟xshaydi va matn kursori deb nomlanadi.
Agarda ekran grafik holatda ishlab turgan bo‟lsa, unda kursor yonib-
o‟chib turadigan gorizontal chiziqchaga o‟xshaydi. Xullas kursor ko‟rinishi
holatga qarab o‟zgaradi.
Kursorni boshqarish klavishlari ←, →, ↑, ↓ Home, End, Pageup, PageDown,
Backspace va Enter lardan iborat bo‟lib ular matn ko‟rsatkichini joyini
o‟zgartirishga yordam beradi
F1 dan F12 gacha bo‟lgan klavishlar funktsional klavishlar deb nomlanadi.
Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Bular 12 ta bo‟lishiga qaramasdan, ko‟pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi.
Odatda F1 klavishi yordamchi ma‟lumotlarni olish uchun xizmat qiladi
(Spravochnik).
Num Lock (sonlarni saqlash) - sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni
kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki
holatda ishlashi mumkin:
sonlarni kiritganda,
kursorni boshqarishda.
Ikki holatning biridan ikkinchisiga o‟tishni Num Lock (mahkamlash bilan)
yoki shift klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock klavishi
sonlarni kiritish klaviaturasiga tahsir ko‟rsatmaydi.
Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulyatorning
klaviaturasiga o‟xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun
qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog‟i yonib turishi kerak,
agarda Num Lock ni ko‟rsatuvchi chiroq o‟chgan bo‟lsa, ushbu kichik klaviatura
bilan matn kursorini boshqarish mumkin.
hizmatchi klavishalarga quyidagilar kiradi:
Ctrk (Control - boshqarish) - boshqa klavish bilan birga bosilganda, o‟sha
klavishning vazifasi o‟zgaradi.
Alt (Alternative - o‟zgartiruvchi) - bu klavish ham boshqa klavishlar bilan
birga bosilganda, o‟sha klavishning ish vazifasini o‟zgartiradi.
Print Screen (ekrandagini chop etish) - ushbu klavish ekranda bo‟lgan
ma‟lumotni printerga chiqarib beradi yoki bufer xotiraga joylaydi.
Pause (vaqtinchalik to‟xtash) - ushbu klavish bosilganda kompyuter o‟z
ishini vaqtincha to‟xtatadi.
TAB (tabulyatsiya) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar
haqida ketganda, kursorni o‟ng tomonga, navbatdagi maxsus ko‟rsatilgan
(belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki,
uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan
pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda,
kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.
Caps Lock (katta yoki kichik harflarga o‟tish klavishi) - yuqori registrga
o‟tish imkonini yaratib beradi. haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish
klavishlariga o‟z tahsirini ko‟rsatadi, katta harflar kiritish imkonini yaratib beradi.
Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish
maqsadida klaviaturaning o‟ng burchagida yonib turadigan indikatorlar
joylashgan. Bu indikatorlar holatni ko‟p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar
bilan bog‟langan. SHularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli.
Scroll Lock (surishni saqlaydi) - bu klavish yordamida kursorni harakatga
keltirmoqchi bo‟lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o‟z holatini
mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi.
ESC (bekor qilish) – bu klavisha ayrim buyruqlarni bekor qilish uchun
ishlatiladi.
3.4 Tashqi qurilmalar
Bundan tashqari xar bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi
vositalarni xam ulash imkoni mavjud bo‟lib ulardan ayrimlari bilan tanishib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |