kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari -
kompyuterning qattiq qismlari
) va Software (kompyuterning dasturiy tahminoti -
kompyuterning yumshoq qismlaridan
) tashkil topgan deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:
-
tizim bloki;
-
monitor;
-
klaviatura;
-
sichqoncha.
IBM firmasiga
taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC
kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir.
Tizimli bloki odatda Desktop (yassi) yoki Town (minora) ko‟rinishida ishlab
chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan bo‟lib, ular
quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin
bo‟lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya`ni kontrollerlar, adapterlar,
elektr manbai bilan tahminlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD –
Floppy Disk Driver), qattiq disk yurituvchi qurilmasi (HDD – Hard Disk Driver),
faqat o‟qish uchun mo‟ljallangan (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory)
yoki uning o‟rniga xozirda xam o‟qish xam yozish uchun hizmat qiladigan lazer
disk yurituvchi qurilmasi (CD RW yoki DVD RW) bo‟lishi xam mumkin, shinalar,
modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket
(COM) portlari orqali ko‟plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning
amal bajaradigan qismi
bo‟lib, u ma‟lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
Mikroprotsessor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.
IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan)
mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o‟z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286,
80386, 80486, pentium, pentium pro (professional) mikroprotsessorlari ishlab
chiqargan bo‟lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan pentium-III,
pentium – IB protsessorlarini bozorga chiqarmoqda. Shuni aytish joyizki, bu
protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi
asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo‟lgan,
Janubiy- sharqiy
Osiyo mamlakatlarida ko‟plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari,
IBM
kompyuterlariga moslik
shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Syrix, Seleron
va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo‟llaniladi. Ammo boshqa
firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman
aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng
qo‟llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagertslar (Mgts) sekundda o‟lchanadi.
MMX pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori
sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix
Multiplication Extension) pentium protsessorini aytish mumkin.
Dastavval bu
protsessor matritsalarni ko‟paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo‟lsa,
keyinchalik MultiMedia Extension – mulitimedia uchun kengaytma deb atala
boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda
ommaviy qo‟llanilib borilayotgan kompyuterning mulitimedia (ovozi, grafik,
tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko‟tarish
mulitimedia amaliyotlarni tez bajarishni tahminlashdan iborat. Bu amallar qatoriga,
jumladan mulitimedia berilganlarini, ikki va uch o‟lchovli grafikalarni tez bajarish
kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko‟paytirish va qo‟shish amallarini ko‟proq
ishlatadigan amaliy dasturlarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning
uchun ham uni ko‟proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar
bilan ishlash bilan bog‟liq masalalarni yechishda qo‟llash
maqsadga muvofiq
bo‟lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko‟rsatadi.
Dostları ilə paylaş: