Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanili
Axborotlarni izlash . Bu saqlanayotgan axborotlardan kerakli mahlumotni
tanlashdir. Axborotni izlash jarayoni kerakli axborotga tuzilgan surov (savol)
asosida amalga oshiriladi.
6.
Axborotlarni qayta ishlash, chop etish va axborotdan foydalanish .
EHMda iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash markazlashgan xolatda olib boriladi,
mini va makro EHMlarda esa, boshlang‟ich axborot xosil bo‟lgan joyning o‟zida
(ya‟ni u yoki bu boshqaruv xizmati mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish
joylari (AIJ) ning o‟zida) amalga oshiriladi.
Informatsion jarayonlarning rivojlanish bosqichlari. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyasi,
modellashtirish, ma‟lumot manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur
bilan
ta‟minlash
va
boshqa
shu
kabi
ilmiy
tushunchalar
jamiyatni
axborotlashtirishning eng muxim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot - ijtimoiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida
yuzaga kelgan bilim va ma‟lumot, kishilarning amaliy faoliyati davomida
to‟plagan tajribalari majmui demak. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-
tuman voqea, xodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o‟zaro
munosabati moxiyatini taxlil etish, mushoxada va muloxaza qilib ko‟rish, tabiat va
jamiyatning rivojlanish qonunlari qanday amal qilayotganligini anglab yetish
maqsadida ko‟pdan ko‟p so‟zlarga, dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot
tufayli nazariyot amaliyot bilan birlashadi.
Odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma‟naviy muammolarni xal etishga safarbar
qilmoq uchun tegishli axborotlarni o‟z vaqtida to‟plab, qayta ishlab, muayyan bir
tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo‟ladi. Buning uchun
jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg‟or axborot
texnologiyasini joriy etish zarur.
Axborot texnologiyasi - bu usullar tizimi va axborotlarni yig‟ish, saqlash,
izlash, qayta ishlash, uzatish yo‟lidir. U Informatika va ATning predmeti
hisoblanadi xamda boshqaruv amaliyotini o‟tkazishni, ishlab chiqarishni
boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil
topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo‟jaligining yangi
tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
Axborot texnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy
axborotlarni o‟lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi.