mumkin:
Apparatli texnika vositasi.
Dastur muhiti.
Algoritmlar muhiti.
Informatika va AT keng ma‟noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida
axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash,
uzatish bilan bog‟liq bo‟lgan sohadir.
Tor ma‟noda Informatika va AT 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar
va algoritmlar. Shuningdek, Informatika va ATni xalq xo‟jaligidagi,
fundamental
va tadbiqiy fanning bir tarmog‟i deb ko‟rish mumkin.
O‟z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har
bir tarmog‟i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo‟lsin, undagi axborot o‟zining maxsus
tomonlari bilan tavsiflanadi.
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika
axborotlari haqida
aytadigan bo‟lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli
bajarishlari uchun zarur bo‟lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma‟lumotlar
to‟plami bo‟lib hisoblanadi.
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri - iqtisodiy axborot. Uning
farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan,
tashkilotlar bilan,
korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari
bilan bog‟liqligidadir.
Ma‟lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma‟naviy boyliklar qatoridagi
qadriyatlardan bo‟lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash,
inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiyat injiqliklariga
bardosh bera olishga doir
tajriba xulosalari yozma yoki og‟izdan - og‟izga ko‟chuvchi ma‟lumot, oila, qabila
va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan.
Urush yoki taxlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa
imkoniyatlari haqidagi ma‟lumot hayot-mamot masalasi bo‟lgan.
Shu bois
ma‟lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to‟g‟ri taxlil
qilish kabi masalalar dolzarb bo‟lib kelgan. Masalan, ma‟lumotni qulay va
ishonchli saqlash maqsadida qog‟oz
ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta‟sirchan
uzatish uchun telegraf, telefon, radio, televidenie ixtiro qilingan. To‟g‟ri va tezkor
tarzda katta hajmdagi ma‟lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro
qilingan deyish mumkin.
Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni
turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini Informatika va AT
fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda
kompyuter va unga mos dasturiy ta‟minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o‟qitishda
har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko‟nikmalar majmuasini belgilash
imkonini beradi va taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: