5.mavzu - Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.

O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi:
“Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”.