ISH HAFTASI GRAFIGI O‘zR Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko‘ra, hodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasidakundalik ish (smena) muddati ish haftasining besh yoki olti soatlik bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Dam olish vaqti - xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. Barcha xodimlarga dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish) beriladi. Besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida esa, bir dam olish kuni beriladi. Umumiy dam olish kuni yakshanbadir. O‘zR Mehnat kodeksi, 129-modda