XIZMAT SAFARI BO‘YIChA QOPLANADIGAN XARAJATLAR TURAR JOY IJARASI XARAJATLARI TRANSPORT XARAJATLARI SUTKALIK XARAJATLAR Turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar Agar mehmonxonalar lyuks-nomer(xona)larida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilsa, turar joy xonasini ijaraga olish bo‘yicha haq to‘lash ushbu nomer (xona) qiymatining 70% miqdorida amalga oshiriladi. Turar joy xonasini ijaraga olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar yo‘q bo‘lgan hollarda, xarajatlar qar bir sutka uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorini 2% miqdorida qoplanadi. Yo‘l hujjatlari yo‘q bo‘lganda korxona rahbariga xizmat safariga yuborilgan ishchini yo‘l xarajatlariga haq to‘lash masalasini yechish huquqi beriladi. Bunda yo‘l xarajati bo‘yicha qoplanadigan summa xizmat safariga temir yo‘l orqali borish qiymatidan ortiq bo‘lmasligi, lekin yo‘lovchilarni aviada tashish tariflarini 30%dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Суткалик харажатлар Sutkalik xarajatlar jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam bo‘lmagan holda belgilanadi (respublika bo‘yicha o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsientlarda): Toshkent shahrida, shahar va viloyatlar markazlarida - 0,1, boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08. Ushbu ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashsiz amalga oshiriladi.
Hisobdor shaxslar kapital qo‘yilmalar, tovarlar, hayvonlar, materiallar, asbob uskunalarni sotib olish, yetkazib kelish, tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirdi