Ma’ruzachi: prof. Sh. Qiyosov “soliqlar va soliqqa tortish” fani “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi



Yüklə 137,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix26.12.2023
ölçüsü137,36 Kb.
#197343
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
6-mavzu. Qo’shilgan qiymat solig’i

SOLIQ IMTIYOZLARI


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash 
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan 
qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq 
to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik 
operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa 
tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga 
xos xususiyatlari mavjud.


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash 
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy 
etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi 
usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni 
jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish 
bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura 
usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik 
xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish 
usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga 
tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va 
mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu 
summadan soliq hisoblangan. 


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash 
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
1998 yil 1 yanvardan Soliq kodeksining joriy etilishi bilan birga 
hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini 
hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo, amaliyotda bu 
tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda 
byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi - yetkazib 
beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita 
ishlab chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq 
summasi o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi 
hisoblash mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi 
va uning ayrim kamchiliklari mavjud edi.



Yüklə 137,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin