Ma’ruzalar kursi 1 – modul: kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi faniga kirish


Kurashchining tik turishdagi asosiy harakatlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə17/54
tarix16.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#181865
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Ma’ruzalar kursi 1 – modul kurash turlari va uni o‘qitish metod

Kurashchining tik turishdagi asosiy harakatlari


Siltab - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni keskin burib, uning orqasiga o’tib oladi.
Qo’l tagidan o’tib- harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibning qo’li tagidan o’tib, orqasiga turib oladi.
Aylanib - kurashchining aylanib bajaradigan harakati.
Cho’kkalab - harakat bo’lib, bunda kurashchi oyoqlarini oldinga uzatib o’tirish orqali raqib orqasiga o’tib oladi.


Sport kurashining asosiy tushunchalari va atamalari


Tushunchalar va atamashunoslikda har qanday fanni o’rganish va o’qitish predmeti ochib beriladi, fanda to’planayotgan bilimlar jamlanadi. Agar tushuncha to’liq ta’rifga ega bo’lsa, ya’ni uni tuzish hamda ishlatish farqlari va usullari mezonlarining qisqa ifodasi berilsa, bunday tushuncha to’liq hisoblanadi. Sport kurashida foydalaniladigan quyidagi asosiy tushunchalar va atamalarni ta’riflashda shu narsaga e’tibor qaratish lozimki, ilmiy-usuliy adabiyotlar hamda amaliyotda ularning yagona ta’rifi yo’q.


Kurashchilar tayyorgarligi tizimi - yaxlit birlikni tashkil qiluvchi va maqsadga erishishga yo’naltirilgan o’zaro bog’liq bo’lgan elementlar yig’indisidir, ya’ni bu jahonning kuchli kurashchilarining model tavsiflariga javob bera oladigan va eng yuqori natijalarni ko’rsatishga qodir sportchilarni tayyorlashga qaratilgan tadbirlar kompleksidir.
Kurashchining trenirovkasi - bu tayyorgarlik tizimining tarkibiy qismidir, yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan tizimlashtirilgan vositalar hamda uslublar yordamida sportchi rivojlanishini boshqarishning pedagogik jihatdan tashkil etilgan jarayonidir.
Trenirovka faoliyati - trenirovka maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish bo’yicha trenerlar jamoasi hamda kurashchilarning birgalikdagi faoliyatidir.
Sport musobaqalari - kurashchi tayyorgarligi tizimining tarkibiy qismidir. Ular trenirovka maqsadlari hamda uning samaradorligi mezoni bo’lib xizmat qiladi, boshqa tomondan esa, ular maxsus musobaqa tayyorgarligining samarali vositasi hisoblanadi.
Sportchining texnik tayyorgarligi - kurashchining musobaqa faoliyatida yuqori ishonchliligini ta’minlaydigan harakat malakalarini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sportchining taktik tayyorgarligi - musobaqa faoliyatida texnik harakatlarni oqilona qo’llash malakasini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi - jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish va funktsional imkoniyatlarni oshirish, texnik-taktik harakatlarning samarali egallanishini ta’minlaydigan hamda musobaqa faoliyatida yuqori darajadagi ishonchlilikka yordam beradigan tayanch-harakat apparatini mustahkamlashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Kurashchining ruhiy tayyorgarligi - ma’naviy, iroda va sport kurashining o’ziga xos xususiyatlariga mos bo’lgan hamda musobaqa faoliyatida yuqori darajadagi ishonchlilikni ta’minlashga qodir ruhiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Kurashchining nazariy tayyorgarligi - sportchini trenirovka va musobaqa faoliyati samaradorligini oshiradigan maxsus bilimlar bilan qurollantirish.
Kurashchining integral tayyorgarligi - samarali musobaqa faoliyatini ta’minlash maqsadida texnik, taktik, ruhiy, nazariy va jismoniy tayyorgarlik bo’yicha trenirovka ta’sirlarining integratsiyalashuviga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Trenirovka nagruzkasi - mashg’ulotlar jarayonida kurashchiga trenirovka orqali ta’sir ko’rsatishning son ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi trenirovkaning tarkibiy qismidir.
Musobaqa nagruzkasi - musobaqa faoliyati hajmi va shiddatining son miqdoridir.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin