Ma’ruzalar kursi 1 – modul kurash turlari va uni o‘qitish metod
3.2.1. Kurashchining asosiy holatlari
Kurashchining asosiy holatlari - sport tayyorgarligi jarayonida kurashchilar tomonidan qo’llaniladigan holatlardir.
Tik turish - kurash olib borish uchun zarur bo’lgan, kurashchining tik oyoqlarda turgan holatidir. O’ng, chap tomonlama, yalpi, past va baland tik turish ajratiladi. Ular yaqin, o’rta va uzoq masofalardan turib qo’llaniladi.
O’ng tomonlama tik turish - kurashchining (raqibga nisbatan) o’ng oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Chap tomonlama tik turish - kurashchining chap oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Yalpi tik turish - kurashchining tik turishdagi holati bo’lib, bunda uning oyoq kaftlari gavdasining yalpi tekisligida turadi.
Baland tik turish - tik turishda butun bo’yi bilan yoki bir oz egilgan holda turgan kurashchining holatidir.
Past tik turish - kurashchining tos-son bo’g’imlarida bukilib (oyoqlarni tizzalardan bukkan holda) tik turishdagi holatidir.
Parter - kurashchining qo’llari bilan gilamga tiralib, tizzalarda turgan holatidir.
Parterda pastdagi va yuqoridagi kurashchi holatlari ajratiladi.
Ko’prik - shunday holatki, bunda kurashchi, egilib, peshonasi hamda elka kengligida yozilgan oyoq kaftlari bilan gilamga tiraladi.
Ag’darish
Zarba bilan - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi gavdasi va qo’llari bilan raqibni turtadi.
Qayirib - kurashchining harakati bo’lib, uning natijasida raqib o’z bo’yi o’qi atrofida buriladi.
Tashlashlar
Oldinga engashib - usul bo’lib, uning natijasida raqibni gilamdan ko’tarib, vertikal holatdan gorizontal holatga o’tkazadi.
Elkadan oshirib (burilib) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni qo’llari, qo’l va oyog’i, boshi va oyog’i, kiymidan ushlab olib, tutib turgan elkalardan oshirib gilamga tashlaydi.
Orqadan oshirib (yoqadan) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibga orqasi bilan burilish va keyin oldinga egilib yoki oldinga yiqilish hisobiga harakatni bajaradi.
Orqaga egilib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini orqaga egib, keyin orqaga yiqiladi.
Aylanib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini vertikal o’q bo’ylab aylantirib, keyin yiqiladi.
Zarba bilan - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, uni bo’yi o’qi atrofida aylantiradi.
O’tirib - usul bulib, bunda kurashchi gilamga o’tiradi, raqibga oyog’ini tirab, keyin orqasi bilan dumalab, uni o’zini ustidan oshirib tashlaydi.
Qayirib - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, bo’y o’qi atrofida aylantiradi.
O’girishlar
Qayirib - kurashchining harakati bo’lib, raqibni uning bo’yi o’qi atrofida burish va gilamga orqasi bilan o’girishga yordam beradi.
Yugurib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqib boshi atrofida navbatma-navbat qadam tashlab harakatlanib uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Ustidan o’tib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi, raqibni qulidan yoki oyog’idan ushlab olib, uning ustidan harakatlanib, uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Yumalatib - harakatlar bo’lib, ularni bajarish paytida kurashchi, raqibni orqadan ushlab olib va “ko’prik” holatiga o’tib, uni o’zining ustidan, oldidan oshirib, o’z boshi tomonga o’giradi.
Orqaga egilib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi, “ko’prik” holatiga turib, raqibni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Ustidan yumalatib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni oldinga boshdan oshirib gilamga orqasi bilan o’giradi.
Yozilib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni gavdasini yoziltirib va oldindan oyoqlarni o’rab yoki ilib olib, uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Og’riq beruvchi usullar
Yozilib - kurashchining harakati bo’lib, unda raqibning te-kis uzatilgan oyoq-qo’llariga og’riq beruvchi usul qo’llaniladi.
Qayirib - kurashchining harakati bo’lib, unda raqibning bukilgan oyoq-qo’llariga (uning birini ikkinchisi atrofida aylantirish) og’riq beruvchi usul qo’laniladi.
Qisib olib - kurashchining raqib ahil payllari yoki boldir mushagini ezish bilan bog’liq bo’lgan va og’riqni sezishga olib keladigan harakati.
Bo’g’uvchi usullar
Siqib olib - kurashchining raqib bo’ynini bilagi yordamida siqib turish bilan bog’liq bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati.
Tortib - kurashchining raqib kimonosi yoqasidan ushlab olib, uning bo’ynini siqish bilan bog’liq bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati.
Usullar elementlari
Ushlab olishlar - qo’llar va oyoqlar bilan bajariladigan harakatlar, ular yordamida kurashchi hujum yoki himoyalanishlarni amalga oshirish maqsadida raqib gavdasining qandaydir bir qismini ushlab turishi mumkin.
Nomdosh bo’lmagan qo’l (oyoq) dan ushlab olish- kurashchining o’ng (chap) qo’li yoki oyogi bilan raqibning chap (o’ng) qo’li yoki oyog’idan ushlab olish.
Nomdosh qo’l (oyoq) dan ushlab olish - kurashchining o’ng (chap) qo’li yoki oyog’i bilan raqibning o’ng (chap) qo’li yoki oyogidan ushlab olish.
Oldindagi qo’l (oyoq)dan ushlab olish - parterda raqibning xujum qiluvchiga yakin turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish.
Uzoqdagi qo’l (oyoq) dan ushlab olish - parterda raqibning hujum qiluvchidan uzoq turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish.
Qo’l tagidan bo’yinni ushlab olish - bunda o’ng qo’lni raqibning o’ng qo’li tagidan o’tkazib, bo’yin ustida chap qo’l bilan birlashtirish yoki, aksincha, shu harakatni chap qo’l bilan bajarish.
Qo’ltiqlar tagidan bo’yinni ushlab olish - (parterda orqadan-yondan) ikkala qo’lni raqibning mos qo’llari tagidan o’tkazib, ularni bo’yin ustida birlashtirgan holda ushlab olish.
Richag shaklida ushlab olish - nomdosh bo’lmagan qo’l tagidan qo’lni ushlab olib, yuqoridan raqib bo’ynini ushlash.
Chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish - raqibning gavda qismi yoki kiyimidan chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish.
Chalishtirilgan boldiridan ushlab olish - bunda raqib oyoq-qo’llari chalishtirilgan holatda bo’ladi.
Kalit - hujum qiluvchi tomonidan raqibning mos qo’linining tirsakdan bukilgan joyidan tirsak bukilgan joyi bilan ushlab olish va qul kaftini elkaga quyish.
Qaychisimon ushlab olish - oyoklar holati bo’lib, bunda ular raqib gavdasining qaysidir bir joyidan ikki tomondan o’rab oladi va chalishtiriladi.
Chalish - raqibga gilamda harakatlanishga halaqit berish maqsadida oyokning orqa yoki yon qismini uning bitta yoki ikkita oyogi tagiga qo’yib to’sish.
Qoqish - oyoq kaftining tag qismi bilan raqib oyog’idan urib tushirish.
Ilish - tizzalaridan bukilgan oyok bilan raqib oyog’ini ushlab turish yoki chetga turtish.
Chirmash - raqib oyog’ini shunga mos oyok bilan boldir va oyok kafti yordamida ilib olgan holda ushlab turish yoki chetga turtish.
Oldindan ilib otish - hujum qiluvchining oyoqning ichki qismi (asosan son) bilan oldindan yoki oldindan-yondan raqib oyog’i yoki oyoqlarini orqaga-yuqoriga itarib yuborish.
Orqadan ilib otish - tizzalardan bukilgan joy bilan (orqadan) raqibning tizzalari bukilgan joyga urib, ko’tarib tashlash.
Ko’tarib yuborish - raqibni son (boldir) bilan o’z oldidan yuqoriga ko’tarib yuborish.
Qaychilar -raqib gavdasi ustidan oyoqlarning qarshi harakatlari va bir vaqtning o’zida ikki tomondan uning gavdasining qaysidir bir qismiga ta’sir ko’rsatish