Tiklanishning tibbiy-biologik vositalari. Ushbu tizim quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- salomatlikni baholash va hisobga olish; joriy funksional holat to’g’risida ekspress-nazorat tartibidagi axborot;
- biologik qiymati yuqori bo’lgan dori-darmonlar va mahsulotlardan foydalangan holda oqilona ovqatlanish;
- dopingga qarshi nazorat talablarini hisobga olgan holda farmakologik vositalar kompleksini qo’llash;
- fizioterapiya va balneologiya uslublari (sauna, massaj va boshqa muolajalar bilan birga);
- o’rtacha tog’ sharoitlari, iqlimiy terapiya, sanatoriya-kurort uslublaridan foydalanish va h.k.
Farmakologik vositalar.Sportchilar organizmida tiklanish vositalarini tezlashtirish omillaridan biri modda almashinuviga yo’naltirilgan ta’sir etish vositalari hisoblanadi. Bunga turli xildagi dori-darmonlar va komplekslar, ba’zi farmakologik bog’lanishlar, yuqori darajada biologik qiymatga ega mahsulotlardan foydalanish orqali erishiladi. Yuqori darajadagi biologik qiymatga ega mahsulotlar orasida eng muhim ahamiyatga egalari quyidagilar:
- energetik ta’sir etish dori-darmonlari (karnitin xlorid, panangin, glyutamin kislotasi, kalsiy - gliserofosfat, kalsiy-laktat, lisitin, aminolon);
- adaptogen dori-darmonlar (eleuterokkok, saparel, pollitabas);
- qon hosil qiluvchi stimulyatorlar (turli tuzlar ko’rinishidagi temir).
Kimyoviy tarkibi va farmakologik ta’siriga ko’ra turlicha bo’lgan dori-darmonlar ma’lum bir tizimli yondashishni va ularni mutaxassis rahbarligi ostida oqilona qo’llashni taqazo etadi. Hozirgi paytda mutaxassislar turli farmakologik dori-darmonlarni “Aerovit”, “Dekamevit”, “Undivit” vitaminlari hamda yuqori biologik qiymatga ega mahsulotlar (oqsilli pechenye, uglevodli-mineral ichimliklar va boshq.) bilan qo’shib foydalanish taktikasini ishlab chiqqanlar.
Dori-darmonlarni qo’llash taktikasi quyidagi muhim omillarga bog’liq holda quriladi:
Dori-darmonlarni mashg’ulot davrlari bo’yicha (o’tish, tayyorgarlik va musobaqa) va asosiy musobaqalarga bevosita tayyorgarlik davrida qo’llash.
O’rtacha tog’ sharoitlarida tayyorgarlikning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish.
Nagruzka oshirilganda asosiy dori-darmonlar dozasining ko’paytirilishi nazarda tutiladigan alohida komplekslarni tanlash va qo’shimcha dori-darmonlarni kiritish hamda bitta vositalarni boshqasi bilan almashtirish.
Ma’lum bir tayyorgarlik bosqichida u yoki bu sportchi oldiga qo’yilgan maxsus pedagogik vazifalarni hal etish.
Sportchi yoshi va stajini hisobga olish.
Oldin qo’llanilgan dori-darmonlarga bo’lgan ta’sirni o’rganish.
Yuqorida aytib o’tilgan omillarga qarab, dori-darmonlarni muayyan holda qo’llash tegishli soha mutaxassislarini (vrachlar, fiziologlar, biokimyochilar va farmakologlar) qat’iy nazorati ostida o’tkazilishi lozim.
I.Yiqilishusullari. Buusulnio’rganishdanoldinshug’ullanuvchigaalbattaorqaga, yonigadumalashnitushintiribo’rgatishlozim. Shug’ullanuvchi o’tirgan holda oyoqlarining tizzadan pastini qo’llari bilan ko’krak qafasiga qarab tortadi va boshini gilamga tekkizmagan holda orqaga dumalaydi. Qo’llari esa sonlardan 45-50 sm uzoqlikda gilam ustiga qarsak chalgan kabi uriladi. Bu mashqni o’tirib bajarishni o’rgangandan keyin, shug’ullunuvchi uni tik holatda bajarishni o’rganadi.
II.Yon tomonlarga yiqilish.
Kurashchi gilamda orqasiga, yoniga dumalaydi va o’tirgan holida chap yoki o’ng yoniga yiqiladi, yiqilayotganda boldirlarini o’ziga tortadi, sonlari pastda oyoq ustida tik bukilgan holda bir-biriga tegmasdan turadi.
Gavdasitagidagiqo’litizzadanyokisonidan 45-50 smoraliqdagilamgatushadi, gavdaustidagiqo’lesayuqorigako’tariladi.