Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə31/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

N.G.Chernishevskiy A.Smit metodiga aniq harakteristika bergan. Ikkala metodni bir vaqtda qo‘llashning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor: olingan natijalarni bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy tahlil asosida olingan xulosalar, yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga qo‘yiladi. Mazmun va xodisa shakllari doim ham o‘zaro mos kelavermaganidan bu xulosalar ba’zida bir-biriga zid ham bo‘lgan, ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib yetmadi.
Ishchi kapitalning ilojsiz qo‘shimchasiga aylanib boradi, ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat ob’ekti va sharoitidan mahrum bo‘la boradi. Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va xulq-atvoriga xos bo‘lib, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta’sir etadi. Bundan keyin, mehnat taqsimotining o‘sishi va almashuvning kengayishi parallel boradi va ular bir-birining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bu jarayonda pulning muhim roli bor. Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko‘rsatib beradi. Pulning paydo bo‘lishini ayrim talantli odamlarning kashfiyoti yoki odamlarning o‘zaro hamkorligiga bog‘lash mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, Farb olimlarida esa asosan uchta) alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g‘ildiragi» deb baholaydi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog‘oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan, ammo bunga uncha katta e’tibor bermagan. A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar bo‘lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarish asosidan chiqardi, ularning ishlab chiqarishga nisbatan tobeligini ko‘rsatib berdi. A.Smit pul-kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi, ularning ishlab chiqarishga teskari ta’sirini tushunmadi.


2.SMITNING QIYMATNING MEHNAT NAZARIYaSI

A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g‘oya yotadiki, unga ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo‘ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo‘jaligidagina samarali bo‘ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo‘jaligi va hizmat ko‘rsatish sohalari ) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o‘z tadqiqotlarining boshlang‘ich punkti deb qabul qildi.


A.Smit o‘z tadqiqotida nina-to‘g‘nog‘ich manufakturasidagi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u yerdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini ko‘p marta oshirish imkonini berdi. Mehnat taqsimoti bo‘lmagan holatda har bir ishchi o‘rtacha 20 ta to‘g‘nog‘ich yasashi mumkin ekan. O‘n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti o‘rnatiladi: biri simni tortadi, 2-si to‘g‘rilaydi, 3-si kesadi, 4-si uchini o‘tkirlaydi va hokozo. Bu kuniga 4800 ta to‘g‘nog‘ich yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat taqsimotining ahamiyati to‘g‘risidagi bu misol klassik bo‘lib ketgan va hamma yerda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va mohirligi oshadi;
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o‘tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);
3. Mehnat taqsimoti mashinalar Ixtiro qilishga imkon tug‘diradi, ya’ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo‘llashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi. Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to‘g‘ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste’moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan shug‘ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo‘lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog‘liqdir.
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil operatsiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon bo‘lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko‘rsatkichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatiddir. Faylasuf aravakashdan tug‘ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng bo‘lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo‘ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar cheklangan bo‘ladi va mehnat unumdorligining o‘sishi ham qiyinlashadi.
A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga nisbatan ancha chuqur va to‘laroq ishlab chiqdi (shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, keyingi Farb tadqiqotlarida qiymat o‘rniga qimmat tushunchasi ko‘proq ko‘llanilmoqda, marjinalizm nazariyasida ham shunday). U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat» so‘zi uningcha ikki xil mazmunga ega. Bu so‘z bilan buyumning foydaliligi (balki qimmati) hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste’mol va almashuv qiymatlarini farqlagan. Masalan, suv va olmosni olib, bu tovarlarning almashuv qiymatini ularning foydaliligi yoki iste’mol qiymati bilan tushuntirish bema’ni ekanligini ko‘rsatib beradi. Qiymatning yagona manbai va oxirgi o‘lchovi shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bo‘lib, bu mehnat sarflari jami uchun zarur o‘rtacha sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab mehnatdan oddiyga o‘tishga ma’lum koeffitsientlar yordamida bajarilishini uqtiradi.
Almashuv qiymati tovarning tabiiy xususiyati emas, tovarlarning tabiiy xususiyati, ularning iste’mol qiymatlari hisoblanadi. Agar tabiiy xususiyatlarni inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat qoladi: tovarlar inson mehnatining mahsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat faqat oltin yoki kumush ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. U ish vaqti va qiymat miqdori orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorlikni aniqladi, mehnat qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga o‘rindi.
A.Smit mehnatning ikkiyoqlama harakterini, ya’ni abstrakt va konkret mehnat borligini tushunmadi, qiymat o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy harakterga ega, tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradi va bir tovarning ikkinchisiga munosabati almashuv qiymati orqali aniqlanadi.
Smitning fikricha, qiymatni sotib olinadigan mehnatga qarab aniqlash shu tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlash usuliga qarama-qarshi emas.
Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni: bir hil miqdordagi mehnat aks etgan tovarlar almashadi. Shundan Smit tovar ishlab chiquvchi bir tovarni boshqasiga almashganda keng miqdordagi mehnatni sotib oladi, shu sababli tovar qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan bab-baravar aniqlash mumkin, degan xulosa chiqaradi. Bu holda qiymat o‘lchovi deb ish vaqti o‘rniga mehnatning almashuv qiymati keltiriladi.
Sotib olinadigan mehnat nazariyasida qiymat tushunchasi ishlab chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko‘chirilgan (bu esa xato), almashuv qiymati esa o‘z hisobiga faqat ma’lum miqdordagi mehnatni olish qobiliyati sifatida izohlagan, holos.
A.Smit kapitalist va ishchi o‘rtasidagi munosabatni tahlil etib, bunda ekvivalentlik qonunining bo‘zilganligini ko‘rdi. Kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to‘laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida o‘zlashtiradi. Olim kapitalizm davrida qiymat qonuni bo‘zilayotir, deb e’lon qildi va qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo‘lgan sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, qiymat faqat «jamiyatning dastlabki holatida», kapitalist va yollanma ishchilar bo‘lmagan, ya’ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to‘la mavjud).
Ma’lumki, oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar mehnat mahsulotini sotadilar va sotib oladilar, ishchi kuchi u yerda tovar emas. Tushunarliki, u sharoitda begona mehnat faqat mehnatning moddiylashgan shaklida «sotib olinadi». Kapitalizmda esa ishchilar ishchi kuchini tovar sifatida, sotuvchilar sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish vositalari egasi sifatida bu tovarni sotib oluvchilar sifatida ish yuritadilar, oqibatda jonli va moddiylashgan mehnat o‘rtasida doimiy almashuv ro‘y beradi. A.Smit ishchi kuchi degan kategoriyani bilmagan, u ishchi o‘z mehnatini sotadi deb o‘ylagan. Shu sababli u kapitalizmda haq to‘lanmagan mehnatning o‘zlashtirilishini qiymatning mehnat nazariyasi asosida tushuntirib bera olmagan.
A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning, xuddi shuningdek har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbaidir. Demak, Smit kapitalizmga xos yana bir qiymat - daromad nazariyasini o‘ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda va renta bilan aniqlanadi. Qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshidir. Bu g‘ayri ilmiy konsepsiya boshqa siyosiy iqtisod namoyandalari tomonidan keng foydalaniladi.
A.Smit kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasini baholashda fiziokratlarga nisbatan ancha ilgarilab ketdi. U ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar va yer egalari. Har bir sinf o‘zining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit turli qatlam va oraliq guruhlar mavjudligini ham aniqladi va asosiy sinflar deb atalmish daromadni oladilar, barcha boshqa guruhlarning daromadi esa qayta taqsimlangan yoki ikkilamchidir.
Ish haqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikri bo‘yicha mehnat mahsuloti bo‘lib, mehnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. Oddiy takror ishlab chiqarishda «ish haqi» ishchining butun mehnat mahsulotiga teng.
Smit ish haqi masalasini ilk klassik maktab vakili va fiziokratlaridan, ya’ni F.Kene va V.Pettilardan boshqacharoq xal etdi. Ma’lumki, V.Petti tirikchilik uchun zarur bo‘lgan minimum harajatlar nazariyasini ilgari surgan, fiziokratlar ham shunday fikrda edilar. Smit «tabiiy baho» tushunchasini ishlatgan va ish haqi tirikchilik uchun zarur minimum harajatlardan ancha ortiq bo‘lishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish haqi milliy boylik o‘sishiga bevosita bog‘liq degan fikrda edi.
Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va ishchi o‘rtasidagi munosabatda ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi. Ammo ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining hiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to‘g‘risida gap borganda esa tirikchilik harajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. U shuningdek, ish haqi miqdori o‘zgarishining mexanizmini o‘rganib, uning quyi chegarasi jismoniy tirikchilik minimumi bo‘lish kerak degan xulosa chiqardi.
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chihib, foyda yollanma ishchi mehnatiga to‘lanmagan mahsulotdir, degan xulosa chiqariladi. A.Smit qo‘shimcha qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashga yakinlashgan, chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog‘langan, bunda ishchi o‘z mehnat samarasini kapitalist bilan bo‘lishishga majbur bo‘ladi. Bu holatda foyda yangi paydo bo‘lgan hiymat bilan ish haqining farqi ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovarning bir qismi tegadi, xolos. Qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda qo‘shimcha qiymatdir. Fiziokratlardan farqli ravishda, A.Smit qo‘shimcha mahsulot faqat qishloq xo‘jaligida, iste’mol qiymatlarning ortishi hisobigagina emas, balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan to‘g‘ri xulosaga keldi (bu yerda ishlab chiqarish sohasining, ya’ni bu soha sanoatmi yoki agrar sohami, hizmatmi - ahamiyati yo‘q). Ammo boshqa holatda u foydani boshqacha tushunadi: yer egasiga rentani to‘lagandan keyin sanoat kapitalistida qoladigan daromad, pul kapitali egasi ssuda foizini to‘lagandan keyin qoladigan daromad. Bu yerda foyda hizmatchi kapitalistning korxona daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu xoldagi foydani korxonani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘rinishdagi ish haqi deb e’lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani boshqarishdagi mehnatning miqdori va murakkabligiga emas, balki avans (bunak) qilingan kapitalning xajmiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi.
Smit qo‘shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo bo‘lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital tufayli tug‘iladi, deb o‘yladi. Foyda normasining tekislanib borishini, o‘rtacha foyda paydo bo‘lishi jarayonini sezgan olim bu orada yuzaga keladigan qarama-qarshilikni ko‘ra olmadi. Agar qo‘shimcha qiymat to‘lanmagan mehnat mahsuli bo‘lsa, u kapitalga proporsional bo‘la olmaydi. Smit tarixiy rivojlanish tizimi «o‘zgaruvchi kapital - qiymat - qo‘shimcha qiymat»dan «yalpi avanslangan kapital - o‘rtacha foyda - ishlab chiqarish bahosi» tizimiga o‘tilganligini inkor etib, o‘rtacha foydani qo‘shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi. Oqibatda Smit qiymatga kapitalning unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati uchun to‘lanadigan haq sifatida qaraydigan bo‘ldi. Shu fikr bilan bog‘liq ravishda u foizni to‘lagandan keyin qoladigan foydaning bir qismi kapitalni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat va tavakkalchilik uchun to‘lanadigan mukofot ko‘p hollarda arzimas mukofot yoki haq deb gapira boshladi.
Smit foyda normasi va protsentning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va «millatning ravnaqi» ko‘rsatkichi deb harakterladi, ammo foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. U boy davlatlarda kapital ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda normasi pasayishiga sabab deb ko‘rsatdi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning haqiqiy tabiati ochib beriladi. Yer kapital kabi o‘zga mulk sifatida mehnatkashlarga qarshi turadigan moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka aylangach, xodim, ya’ni ishchi o‘z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga qaytarishga majbur. Renta yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi paydo bo‘lishining oqibatidir. Yer unumi va joylashuvining turli bo‘lishi ham rentaga sabab bo‘lishi mumkin, deydi Smit. Ammo absolyut va differensial renta tushunchasi unda bo‘lmagan (absolyut renta yerga xususiy mulk bo‘lgandagina paydo bo‘ladi, differensial renta esa har doim mavjud). Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta’siri ham e’tiborga olingan. Bu variantda rentani hosil qilishda qishloq xo‘jaligi ishlari va ishchi hayvonlari ishtirok etadi. Dehqonchilik kapital quyish uchun eng foydali, samarali soha deb hisoblangan. Smit Angliyaning kelajagi shu sohada , deb noto‘g‘ri o‘ylagan. Uning renta to‘g‘risidagi boshqa bir qancha fikrlari bor, lekin ular masalani o‘ta chalkash va noto‘g‘ri talqin etadi. Pettining rentani Smitdan yaxshiroq tahlil etganini hayot isbotladi.
Mehnat unumdorligi – bu qayta ishlanayotgan material qiymatining oshuviga olib keladigan mehnatdir.
Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning manbai u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi sohada bo‘lishining farqi yo‘q, balki umuman mehnat ekanligini ko‘rsatib berdi.
Smitning fikricha, qiymat va foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi.
Avvalo kapitalga almashuvni, ya’ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb e’lon qilinadi, maqsadidan qat’i nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashsa, ikkinchisi daromadga almashtiriladi.
Bu tushunchadan boshqa fikr ham kelib chiqadi. Mehnat metafizik ravishda qaralib, tarixiy bo‘lmagan hamma davrlarga xos kategoriya deb tushuniladi. Moddiy bo‘lmagan ishlab chiqarishning hammasi unumsiz mehnat deb qaraladi, masalan, hizmat sohalari . Unga davlat amaldorlari, armiya, flot, shuningdek, ruxoniy, huquqshunos, vrach, yozuvchi, har xil aktyorlar va boshqalar shu guruhga bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan toifa vakillari qo‘shiladi. Demak, tovarda o‘z aksini topgan mehnat unumli, hizmat sohalari unumsiz mehnat bo‘lib chiqadi. Smitning tasdiqlashicha, davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta’minlash uchun sarf bo‘ladi (bu gapda jon bor), shu sababli jamiyatda bunday guruhlar imkon boricha kam bo‘lish kerak, deydi u.
A.Smitning kapital va takror ishlab chiqarish to‘g‘risidagi nazariyasida ancha katta ziddiyatlar mavjud. U ba’zida kapitalga to‘g‘ri baho berib, kapital yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish tufayli foyda keltiruvchi qiymat, deydi. Boshqa hollarda masalaga tarixdan tashqarida turib qaraladi va kapital bu ishlab chiqarish vositalari zahirasi (zapasi) bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun kerakli deyilgan. Fiziokratlar faqat qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kapitalni unumli deb atagan bo‘lsalar, Smit sanoat kapitalini ham unumli deb uqtiradi (bu uning progressiv tomoni). U savdo kapitali ham unumli deb hisoblaydi, chunki u sanoat kapitaldan ajralib qolgan emas, balki moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo‘shimcha qiymat - savdo foydasining manbai.
Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zahira kerak ekanligi to‘g‘risidagi qoidasi asosiy va aylanma kapital haqidagi tushunchaning boshi edi, bu atamalarni ham u kiritgan. Fiziokratlar (F.Kene) boshlang‘ich va yillik avans (bunak) tushunchalarini dehqonchilik kapitaliga qo‘llagan bulsalar, Smit asosiy va aylanma kapitalni sohasidan qat’i nazar barcha amaldagi kapitalga xos deb tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar qo‘lidagi oziq-ovqat, materiallar va tayyor buyumlar hamda ko‘rsatilgan taqsimlash va muomalaga kiritish uchun kerak bo‘lgan pullar ham kirgan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo muomalada bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga xodimlarning mehnat malakasi va qobiliyatini qo‘shdi. Bu masalani ancha chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital deb e’lon qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo‘lib qoladi (ishchi har doim ham foyda egasi bo‘la olmaydi, uni kapitalist yoki yer egasi oladi). Asosiy S va aylanma Y kapitalni solishtirib, ular o‘rtasidagi farq shundaki, deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o‘tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi Y esa egasi qo‘lidan bir shaklda ketib, boshqa shaklda qaytib keladi va foyda keltiradi. Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmaydi, aylanma (oborot) kapital esa doimo muomalada bo‘ladi.
Haqikatda asosiy va aylanma kapital ishlab chiqarish kapitalining ikki ko‘rinishidir. Ular bir-birlaridan qiymatlarining aylanish usullari bilan farq qiladi. Asosiy kapitalning qiymati konkret mehnat bilan bo‘laklar buyicha ishlab chiqaruvchi tovarga ko‘chiriladi, aylanma kapitalning qiymati esa to‘laligicha shu tovarga o‘tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va o‘zgaruvchan kapitalga bo‘lish masalasi Smitga noma’lum bo‘lib qolaverdi.
Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari to‘g‘risida xato ta’limot yaratdi. Olimlar buni «Smit dogmasi» deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, foyda va renta yigindisiga teng, ya’ni daromadlar summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalari ham qo‘llanilishini tushungan holda, Smit shunga qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda va renta kabi daromadlarga bo‘lish mumkin, deb o‘yladi. Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot «qiymati»dan doimiy kapital S ni chiqarib tashlagan. Qiymatdan uning tarkibiy qismi bo‘lgan doimiy kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish imkonini yo‘qqa chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot go‘yo har yili to‘la iste’mol qilingan bo‘lib chiqadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, xatto oddiy ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qoladi (doimiy kapital S ko‘p yillar ish beradi).
Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun yo‘l qidirib o‘z nazariyasiga yalpi va sof daromad o‘rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo‘lsa, sof daromad yalpi daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi o‘z kapitalini sarflamay iste’mol zahirasiga qo‘yishi mumkin.
Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb o‘ylagan (milliy daromad). Lekin yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot qiymati ishlatilgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya’ni doimiy kapitalni ham o‘z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat to‘g‘risidagi ta’limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqqan.
Umuman, bu yerda gap kengaytirilgan emas, balki oddiy tarkor ishlab chiqarish to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Smit mehnatning ikkiyoklama harakterini tushunmasdan, abstrakt mehnat yangi qiymat hosil qilishini, konkret mehnat esa ishlab chiqarish vositalari qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazishini ko‘rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo‘qotib qo‘ygan Smit kapital jamg‘arilishini butun qo‘shimcha qiymatning qo‘shimcha ish xaqiga aylanishi bilan teng degan hato hulosa chiqardi. U o‘ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji bilan ishchilar va ularning iste’moliga talab ham bir hil sur’atda oshadi, chunki daromad va shahsiy iste’mol ishlab chiqarish bilan parallel o‘sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bulmoqda).



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin