Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


Avlodni Aholining o‘sish potensiali



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə39/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

Avlodni

Aholining o‘sish potensiali



Aholi o‘sishini cheklovchi omillar

davom

Oldini olish choralari:
tug‘ilish kamayishi

Real omillar:
O‘lim ortishi

ettirish


instin-

Ahloqiy
harakterdagi cheklashlar

Sog‘liq
pastligi

Noo‘rin
hayot



Kambag‘allik

kti

Tirikchilik vositalarining cheklanganligi

Shunday qilib, Maltus ta’limoti bo‘yicha, jamiyat illatlari insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jihatdan bu fikrlarda hech qanday ilmiylik va yangilik yo‘q. Bu «qonun»dagi asosiy g‘oyalar ungacha bo‘lgan olimlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ug‘rilangan (plagiat), chunki o‘z davrida Styuart, Uolles, Taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu nihoyatda reaksion xulosalari qattiq tanqidga uchradi. Tug‘ilishni kamaytirish uchun u nikoh yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafaqalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi.


Maltus bu tanqidlardan xulosa chiqarib, 1820 yilda o‘z asarini qayta ishlab chiqdi va unda o‘z fikrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa ustiga dam-badam yog‘ilib turadigan va aholini o‘limga mahkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim so‘radi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib o‘tdi, ammo u o‘zining bosh fikrini inkor etmadi.
Maltus markaziy g‘oyasi, ya’ni aholi soni o‘sish sur’atlarining jamiyat farovonligiga ta’siri prinsipda to‘g‘ri va dolzarbdir. Ammo olim tomonidan berilgan prognoz (istiqbol) lar baxtimizga normal bo‘lib chiqdi. Har 20-25 yilda aholining ikki marta ko‘payishi insoniyatni to‘la qashshoqlikka mahkum etishi kerak edi.
Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik jihatdan xato edi, chunki hech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo‘llaniladi, vaholanki insonlar o‘simlik va xayvonot dunyosidan farqli o‘laroq faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni eslab o‘tish joizki, o‘z davrida Petti va Smit mamlakat boyligining asosi unumli mehnat bilan shug‘ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab berganlar. Maltus klassiklarning bu fikrini inkor etadi. Undan tashqari, Maltus o‘zi ochgan qonunni abadiy deb e’lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida ortiqcha ishchi kuchi hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi, bu yerda aholining nisbiy ortiqchaligi aholining absolyut ortiqchaligi deb ko‘rsatilgan.
Maltus progressiyalari esa statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochiqdan-ochiq sohtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma’lumotlar AQShning XVI-XVIII asrlardagi aholi o‘sishiga nisbat sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining emmigratsiyasi hisobiga ko‘payganligi haqidagi «arzimas» fakt esa hisobga olinmagan (tabiiy o‘sish bor, emmigratsiya bor).
Maltus o‘z fikrini «isbotlash» uchun «tuproq unumdorligining pasayib borishi» nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, yerga sarflangan qo‘shimcha kapital go‘yoki mahsulotni proporsional tarzda ko‘paytirishga imkon bermas emish, binobarin odamlar o‘zlarini oziq-ovqat va boshqa tovarlarga bo‘lgan etiyojlarini qondiradigan mahsulotlarni to‘la hajmda yetishtira olmaydilar. Shu tarika mahsulotlarning yetishmasligi tabiatning tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlab beriladi. Bu «qonun»da jon bor albatta, masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib bo‘lmaydi, lekin ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli ko‘pgina davlatlar yerdan nihoyatda unumli foydalanib oziq-ovqat va boshqa muammolarni xal etmoqdalar. Demak, bu «qonun» ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi. Bunga «ko‘k inqilob»ni misol keltirish mumkin.
«Ko‘k inqilob» 1960 yillarning oxirida paydo bo‘ldi, u qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnika taraqqiyotini qo‘llash yo‘li bilan uning maxsuldorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950 yillarning o‘rtalarida donning yuqori xosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bog‘liq.
Bir qancha mamlakatlar «ko‘k inqilob»dan foydalanib ancha katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70 yillarning oxiri va 80 yillarning boshida o‘zini o‘zi don bilan ta’minlashga erishdi. Bu yerda 1976 yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950 yilga nisbatan 2.5 marta ko‘pdir, 1989 yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi, shundan 165 million tonnasi guruch va bug‘doydir.
Filippinda 1965-89 yillarda sholi xosildorligi bir necha marta, ya’ni 1.7 mln tonnadan 9.5 mln tonnaga o‘sgan bo‘lsa, Indoneziyada bu ko‘rsatkich gektariga 18.1 sentnerdan 42.3 sentnerga o‘sdi. XXR da yiliga 430-465 mln tonna don olinishi natijasida bu yerda 1 mlrd 250 mln kishilik aholi uchun oziz-ovqat muammosi asosan hal etilgan.
Qiymat va daromad nazariyasi.
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari bo‘yicha ham o‘z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, daromad, foyda va realizatsiya buyicha g‘oyalari diqqatga sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda D.Rikardoning g‘oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi. Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mehnat bilan aniqlanadi. Maltus g‘oyasining «yangiligi» shu «qimmat o‘lchovi»ni izohlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mehnat, uni ishlab chiqarishga ketgan mehnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mehnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bilib, bu ko‘rsatkich tirik va jonsiz mehnat plyus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda qiymatning hosil bo‘lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga ko‘chiriladi, iste’mol qiymati esa almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish harajatlaridangina iborat deb ko‘rsatadi va haridor tovar sotuvchiga ish haqidan tashqari foydani ham to‘lashi kerak, deb uylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal qo‘shimcha, deb hisoblanadi. Foyda mehnatdan ajratib qo‘yiladi, ya’ni kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovarni o‘z qiymatidan ortiqcha sotish tufayli paydo bo‘ladi, noekvivalent ayirboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g‘oyalariga qaytish ro‘y beradi, qiymatning hosil bo‘lishida mehnatning roli ikkinchi darajali qilib ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish harajatlari konsepsiyasidan realizatsiya nazariyasi (takror ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda yer egaligi, ruhoniy, chinovnik, soldat va boshqa shahslarning mavjudligi oqlanadi. Aslini olganda bunda inqirozlar muammosi izohlanib, «uchinchi shahslar» nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni tushunish mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlarni sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning ta’rifiga ko‘ra jami ish haqi ishlab chiqarilgan barcha maxsulotning qiymatidan foyda miqdoriga kamdir. Bu holatdan chiqish yo‘li jamiyatda ishlab chiqarmaydigan sinflar, ya’ni «uchinchi shahslar»ning borligidir, ortiqcha mahsulotlar ular tomonidan sotib olinadi. Maltus yetarli talabni qondirish uchun yer aristokratiyasini ulug‘laydi, yuqori renta, soliq va boshqa yig‘imlarni oqlaydi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas, deydi T.Maltus. ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to‘g‘urisida fikr yuritib, bu jarayon umumiy bo‘lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida permanent (uzluksiz) yoki vaqtincha bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Oxir-oqibat shuni aytish mumkinki, D.Rikardo va boshqa klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo‘yicha nafaqat xususiy, balki umumiy inqirozlar bo‘lishi bashorat qilinadi (bu tarixan isbotlandi). Ammo barcha inqirozlar vaqtincha bo‘lib, ular o‘tkinchi deb qaraladi.
Maltus «Nufus nazariyasi»ga ko‘ra, ishchilarning sonini kamaytirishni taklif etgan bo‘lsa, ishlamay yeydiganlarning sonini oshirishni jamiyat uchun foydali deb hisoblaydi.
Bu g‘oyalar aslida Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo‘lsa, Maltus kapitalizmdan voz kechmagan holda, avvalo yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini ta’minlashni qo‘llaydi.
Maltus g‘oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlardagi og‘ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi rivoji harakterlidir. Agar bu yerda 1950-60 yillarda aholining o‘sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda iqtisodiy rvojlanish past bo‘lgan bo‘lsa, 90 yillarda aholining o‘sishi 1 foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham aholining o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish muammolarini xal etishda bu olimning ba’zi g‘oyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Maltusning «Nufus nazariyasi» XIX asrda juda keng tarqaldi va mashhur bo‘lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltuschilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning «ikki progressiya» to‘g‘risidagi dastlabki qarashlarini biroz o‘zgartirib, «aholining qarib borishi», «aholining eng maqbul miqdori», «qimmatli» va «arzon» kishilar kabi turli-tuman g‘oyalarini ilgari surmoqdalar. Bu konsepsiyalarda ilmiy-texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni muxofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida «ortiqcha» odamlar ko‘payib ketdi, deb ularning sonini turli yo‘llar bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi.
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2.5 mlrd edi) va bu ko‘rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o‘sish tez bo‘lib, aholining 75 foizi shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir. Bugungi kunda bu muammoni xal qilish maqsadida hatto oilani rejalashtirish chora-tadbirlari taklif qilinmoqda.
London dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so‘nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug‘ ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g‘oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg‘arilgan mehnat yoki kapital «ishi» tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da’vo qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to‘la quvvatladi.
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo‘lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o‘rtasida klassik maktabdan ochiqdan-ochiq aloqani o‘zishga intilish paydo bo‘ldi. Bu davrda sanoat to‘ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya amalga oshdi.
Sinfiy ko‘rash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm, Fransiyada Lion tkuvchilarining qo‘zg‘oloni, 1848 yil inqilobi va boshqalar) xukmron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapitalizmni tanqid qilish va ishchilarning ijtimoiy talablarini asoslab berish uchun ko‘pincha foydalanadigan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta’limoti va boshqa g‘oyalari katta xavf tug‘dirar edi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin