Reja
XIX asrning II-III choragidagi ijtimoiy iqtisodiy vaziyat
Angliyadagi namoyondalarining g‘oyalari
Fransiyadagi namoyondalarning g‘oyalari
XIX ASRNING II-III ChORAGIDAGI IJTIMOIY IQTISODIY VAZIYaT
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to‘ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta’limotini turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablarni shakllanishiga yetarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga muxolif bo‘lib uch asosiy yo‘nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoliy sotsiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo‘nalishida rivojlandi. Bularning asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan birga ulardan o‘zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar.
Ma’ruzaning shu va keyingi soatlarida klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi g‘oyalarning ba’zilari bilan yaqindan tanishamiz.
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo‘lgan sharoitda sanoat to‘ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatini nisbatan bergan iqtisodchilarni paydo bo‘lishi tabiiy bir xol edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga ham, hayoliy-sotsialistlarga ham bab-barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy ta’limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni sqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar.
XIX asrning 1- choragida iqtisodiy ta’limotlarda, shuningdek, ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko‘rsatila boshlandi. Chunki aynan mana shu davrdan boshlab sanoat ishchilari rasman shakllandi va ularga xos muammolar ko‘zga tashlana boshlagan edi.
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari «iqtisodiy romantizm» ga xos isloxotchilik harakatlarini targ‘ib qilib, o‘z rivojida bir necha bosqichni bosib o‘tdi. Agar birinchi bosqichni vakili hali kapitalizmdan voz kechishni orzu qilgan, uni cheklab qo‘yishga intilgan ishchilarning kulafatlari xususida astoydil ko‘z yoshi qilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich maktabi vakili esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib «kichik kapitalizm» ni saqlab qolish tarafdori edi. Lekin shuni alohida ta’kidlash zarurki, markscha-lenincha ta’limotdan farq qilib, «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»da alohida yo‘nalish hisoblangan islohotchilikka xos bu maktab vakillari ijodini, ta’limotlarini o‘rganish nihoyatda zarurdir. Chunki ilmiy maktab vakillari o‘z davrlarida klassik iqtisodiy maktab vakillarini tanqid qilib, hayoliy sotsialistlar g‘oyalariga qarshi kurashdilar, marksizm ta’limoti ommalashuVIga qarshilik qilishga urindilar.
Dostları ilə paylaş: |