T.Kampanella Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko‘rgan. U o‘zining «Oftob shahri» (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shoxona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to‘g‘risidagi o‘z tasavvo‘rini ham beradi, ular T.Morga uxshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati qo‘llanilganligi tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug‘ullanish shart qilib qo‘yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo‘lgan, keyinchalik esa (1582) roxib bo‘lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil kamokda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, meditsinaga oid o‘nlab asarlar yozgan. Uning «Oftob shahri» asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim koxinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo‘ladi, xususiy mulk va oila bo‘lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan).
Faylasuflarning bergan bahosiga ko‘ra, bu olimlarning jamiyati «xomaki ishlangan» «qo‘pol kommunizm»dir. Ular asosan hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo shunisiga e’tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta’minlangan, bilimli davlat arbobi bo‘lganlar, kommunistik jamiyat g‘oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina g‘oyasi emasligini ham eslatib o‘tish zarur. Xayoliy sotsializm to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy, Germaniyada Tomas Myunser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va Qur’oni karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu Bakr KalaVIy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar).
Keyinchalik Abduraxmon Jomiy va A.Navoiy, asarlarida ham bunday g‘oyalar bor.
Milliy iqtisodiy tafakkurning shakllanishida Markaziy Osiyodagi donishmandlarning hamda, xalq og‘zaki ijodi namunalarining ahamiyati shubhasiz muhim o‘rin tutadi. Bunday g‘oyalar shakllanishining asosini «Avesto» dagi tarixiy boy manba tashkil etadi. Keyingi bosqichni esa islom ta’limotining O‘rta Osiyoga yoyilishi bilan bog‘lash mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy g‘oyalarning ravnaq topishida Burxoniddin al-Marg‘inoniyning «Xidoya» asaridagi iqtisodiy fikrlar ahamiyatlidir. Keyingi bosqichda esa, 9-10-asrdagi iqtisodiy g‘oyalar rivojida muhim hissa qo‘shgan qomusiy allomalar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy hamda Yusuf Xos Xojibning fikr va qarashlari muhim hisoblanadi.
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixiy ijtimoiy saboqlar davri hisoblanadi. Bu davrda Amir Temur boshchiligida yagona tug‘ ostida markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Bu davlatni idora etish va boshqarish uchun Amir Temur asosiy qonun-qoidalar to‘plami «Tuzuklar»ni yaratdi. «Tuzuklar» islom dini mafkurasiga asoslangan bo‘lib, mamlakatni obod etishga hizmat qildi. Xo‘jalik asosi bo‘lgan dehqonchilik hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo kengaydi, fan va madaniyatning ravnaqi uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratildi.
Amir Temurdan keyin uning o‘g‘li Shoxrux Mirzo va nabirasi Mirzo Ulug‘bek davridagi islohotlar iqtisodiyotning barqarorlashuvi va ravnaq topishiga shart-sharoit yaratdi. Ayniqsa, 1428 yilda Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. XV asrdagi iqtisodiy g‘oyalar majmuasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning iqtisodiy qarashlari muhim o‘rin tutadi. Navoiy dastlabki iqtisodiy qarashlari «Xiloliya» (1469) asarida o‘z aksini topgan. keyinroq «Vaqfiya» (1482) asarida ham boylikning to‘planishi va taqsimlanishidagi adolatlilik va haqgo‘ylik jamiyatning farovonligiga bevosita ta’siri ayniqsa ijtimoiy manfaatlarning ustuvorligi mamlakat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining asosi ekanligi alohida ta’kidlangan. «Maxbub-ul qulub» asarida esa ijtimoiy tabaqalarga tavsif berilgan. Har bir kasb hunarning jamiyat ijtimoiy tuzilishidagi o‘rniga baho berilgan. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g‘oyalarning negizini islom ta’limotidagi mezonlar tashkil etadi. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob», «Mubayyin» kabi asarlar shular jumlasidandir. 1601 yilda chop etilgan «Akbarnoma» kitobida soliq tartibi hamda murakkab iqtisodiy muammolar yechimiga qaratilgan qator fikrlar ilgari surilgan.
Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g‘oyalari tarkib topdi. Aslida bu g‘oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo‘lgan. Yangi yo‘nalish tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib chiqadi, deb o‘ylashgan. Ular boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy mulkchilik sharoitida hosil qilinsa, xususiy mulk esa tekis taqsimot yo‘li bilan (pulsiz) amalga oshirilsa, barchaning farovonligi ta’minlanadi degan fikrda edilar.
Dostları ilə paylaş: |