Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


-Mavzu. Klassik iqtisodiy maktabningto‘la shakllanishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə24/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

5-Mavzu. Klassik iqtisodiy maktabningto‘la shakllanishi


REJA



  1. Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari

  2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi

  3. XVII-XVIII asrlarda Fransiya taraqqiyotining xususiyatlari va uning P.Buagilber qarashlarida aks etishi

  4. Fiziokratizm. F.Kene va A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limotlari



1. ANGLIYa VA FRANSIYaDA KLASSIK IQTISODIY MAKTAB VUJUDGA KELIShINING ShART-ShAROITLARI

XVII-XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropada sanoatning tez rivojlanishi manufaktura davridagi (tashqi savdo rivojiga to‘siq) proteksionizm siyosati va (tadbirkorlik tashabbusini bo‘g‘uvchi) davlatning iqtisodiy homiyligiga muhtojlik yo‘qoldi. Angliyadagi XVIII asr o‘rtalaridagi sanoat inqilobi jamoatchilik diqqatini savdodan industriyaga jalb etdi. Ishlab chiqarish tadbirkorlarni daromad olishning asosiy manbai sifatida yanada ko‘proq qiziqtira boshladi. Avvaldan ma’lum inqilobiy g‘oyalar amaliy talablarga javob bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish konsepsiyasi yangi g‘oyaning asosi edi.


Merkantilizm o‘rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki avvalgi ta’limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo‘ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo‘layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo‘nalish tarafdorlari zimmasiga to‘g‘ri keldi. Uning namoyandalari o‘z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo‘yicha dastlabki muhim qadamni qo‘ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro‘y bera boshladi. Feodalizm yemirilib, uning zaminida kapitalistik, ya’ni bozor munosabatlari shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi urniga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo‘ldi. Tarix, xalq xo‘jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o‘qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xom ashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo‘q, manufakturada esa (manu - qul, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo‘ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo‘liga o‘ta boshladi) ro‘y berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular yerni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo‘llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o‘zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan bog‘liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to‘qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab qilindi. Xom ashyo esa jun bo‘lib, qo‘ylardan olinardi. Manufaktura rivojiga jun kerak, buning uchun qo‘ylar sonini oshirish talab etildi, ko‘p qo‘y bokish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda chakalakzor, botqoq, bo‘z yerlar chegaralanib («yerlarni chegaralash» degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, dehqon (yomen)lar o‘z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib, yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura (sanoat) uchun xom ashyo ko‘paydi; 2. sanoatga ko‘p va arzon ishchi kuchi yetkazib berildi (yerdan mahrum bo‘lgan, haydalgan dehqonlar ish qidirib shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o‘sa boshladi, yangi sinflar paydo bo‘ldi. Demak, sanoatdagina emas (manufaktura), qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar g‘alaba qozondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo‘l ochib berildi. Lekin ko‘plab dehqonlarning ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ularni zo‘rlik yo‘li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj yo‘q) qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660 yillarda Angliyada inqilob bo‘lib o‘tdi. XVII asrdagi Niderlandiyadan keyingi ikkinchi bu inqilob burjua inqilobi bo‘lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek qo‘ydi. Angliya respublika deb e’lon qilindi, parlament vujudga keldi, demokratik jarayon kuchaydi.
Angliya iqtisodiyotida, sohibkorlarning boyishida mustamlakachilik siyosati katta o‘rin egalladi. Gollandiya, keyinchalik Fransiya ustidan dengizda erishilgan g‘alaba tufayli Angliya jahondagi eng yirik va kuchli dengiz davlatiga aylandi. Inqilobgacha va to 1830 yillargacha bu yerda proteksionizm (savdoda chetga ko‘proq chiqazib, chetdan kamroq kiritish) siyosati (eksport importdan ko‘p) o‘tkazilgan, bu esa savdoning (ayniqsa o‘z mustamlakalariga) keskin o‘sishiga olib keldi. Demak, savdo, tovar-pul munosabatlari ham keskin oshdi.
Xalq xo‘jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlarni taqozo etdi. Shu davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexaniqa, astronomiya va fizika tez rivoj topdi. Bu davrning eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643-1727yy.), Tomas Gobs (1588-1679yy.) ingliz faylasufi, mexanistik materializm sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, jamiyat mexanizmga o‘xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan g‘oya yotadi. «Inson insonga bo‘ri» iborasi shu olimga tegishli, uningcha egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir (bu fikr Smitda yaxshi berilgan). Bu olimda tarixga zid fikrlar mavjud bo‘lishiga qaramay , uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi tabiatdagi kabi ob’ektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday sharoitda klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm ta’limoti talabga javob bermay qo‘ydi va uning buzilishi ro‘y berdi.
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o‘rniga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik bozor munosabatlarning ichki iqtisodiy aloqalarini o‘rgandilar va o‘z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko‘chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta’limot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini o‘rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning boshlovchilari bo‘lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo‘nalishi bo‘lgan fiziokratlar vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u A.Smit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo‘l ochib berdi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikricha («Ekonomika dlya vsex»), ishlab chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, yer va kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo‘lmagan. Hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi ta’limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab avvalo shuki, hozirgi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko‘pgina nazariya va metodologik qoidalarning haqiqiy ilmiy harakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab namoyondalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan darajasiga ko‘tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta’limot to‘la laisser faire (ya’ni tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o‘tishga va voqealarning boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX asrning oxirlarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiyalarining doimiy kengayishi ro‘y berdi. Bu ta’limot namoyondalari Angliyada V.Pettidan to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX asrning o‘rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq etdilar. Ularning fikricha, erkin xo‘jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S.Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma’lum shart bilan) 4 bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri – XVIII asr boshiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbai va o‘lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala sohasi emas, balki ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko‘rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o‘rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va A.Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sof mahsulot (milliy daromad) manbaini qidirish orqali asosiy e’tiborni mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to‘la ajratib qo‘yilgan.
2-bosqich XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to‘g‘ri kelib, A.Smit asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarda aks etgan.
3-bosqich XIX asrning 1-yarmiga to‘g‘ri kelib fransiyalik J.B.Sey va F.Bastiya, inglizlar D.Rikardo, T.Maltus va N.Senior, amerikalik G.Keri va boshqalar asarlaridagi g‘oyalar bilan bog‘liq.
4-yakunlovchi bosqich XIX asrning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi va J.S.Mill g‘oyalarida o‘z nihoyasiga yetadi. K.Marks ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi lekin bizning fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Bu bosqichlarning hususiyatlari tegishli mavzularda yoritiladi.
Bizning ma’ruzada sotsialistik g‘oya vakillari bozor iqtisodiyotiga muholif ta’limotlar guruhida qarab chiqiladi, chunki bu olimlarning asosiy fikri xususiy mulkchilikka va bozor stixiyasiga qarshi chiqib, yangi sotsialistik va kommunistik jamiyat yaratish bo‘lgan.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin