ANGLIYaDAGI NAMOYoNDALARNING G‘OYaLARI
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muammolari to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib fikr yuritgan bo‘lmasa-da, «Nufus nazariyasi»ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo bo‘yicha barcha munozaralarda uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.a. 384-322) «Siyosat» asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya bo‘ladiki, aholi me’yordan ko‘p bo‘lsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. T. Maltus U nikoh to‘g‘risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand qurish taqiqlangan, uningcha aholi ko‘pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum etiladi.
F.Kene (1694-1774) «Aholi» (1756y.) maqolasida insonlar «boylik» manbai ekanligiga ancha yaqin fikrlarni ilgari surdi. «Mamlakatning buyukligi uning aholisi bilan», degan edi u. Aholi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari davlatning bosh iqtisodiy siyosati ob’ekti bo‘lishi kerak. Bu fikr A.Smit tomonidan rivojlantirildi.
V.Petti ham aholini ayniqsa uning mehnat qiladigan qismini ulug‘lagan, boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo‘lib «insoniy kapital» tushunchasini kiritgan.
T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug‘ildi, 1788 yil Kembridj universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo‘ldi. 1807 yildan boshlab «Ost-Ind» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar o‘qidi.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Maltus ancha kech, 39 yoshida turmush qurdi, uch ug‘il va bir qiz otasi bo‘lgan. Agar obrazli aytadigan bo‘lsak, o‘z ta’limoti va takliflariga amal qilgan. Taniqli iqtisodchi D.Yum va boshqalar bilan do‘st bo‘lgan.
T.Maltus yashagan davr Angliyada sanoat inqilobi amalga oshayotgan yillar bo‘lib, qayta ishlab chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar armiyasi ko‘paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning asosiy asarlari quyidagilar: «Aholi nufusi qonuni to‘g‘risidagi tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820 yilda yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar uning do‘sti D.Rikardoning «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan bo‘lib, nazariy metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist-fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo‘yilsa, ularning ikkalasini qo‘llab-quvvatladi, xukmron sinflarni oqladi, ommaning och-yalang‘ochligi va og‘ir ahvolida ularning hech qanday aybi yo‘qligini isbotlamoqchi bo‘ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish kerakligini u hayoliga ham keltirmadi, buni o‘ziga xos utopiya deb hisobladi.
Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiygina tushuntirishga harakat qilinadi.
Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo‘li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‘paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o‘sish muammosini aholining o‘sishi bilan bog‘lashga harakat qilingan. Avvalgi tadqiqotlarda aholi o‘sishi o‘z-o‘zidan milliy xo‘jalik rivojiga olib kelishi (va aksincha) masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, bu olim muammoga o‘ziga xos ravishda yondoshadi.
Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda, iqtisodiy o‘sish sur’atlari bilan aholi soni o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan isbotlashga o‘rinishning o‘ziga xos yo‘llari mavjuddir.
Jahonga ma’lum bo‘lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning qarashlari unga metodologik asos sifatida hizmat qildi.
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin, yashash minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o‘sish soni o‘rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga xarakat qilinadi.
M. Blaugning ta’kidlashicha, Maltus buyicha insoniy jamiyatni sotsial qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli takomillashtirishga urinish yengib bo‘lmas insonlar ommasi tomonidan surib tashlanadi va shu sababli har bir odam o‘zi haqida o‘zi jon kuydirmog‘i va o‘zining xatolari uchun to‘la javob berishi kerak.
Aholi nufusi nazariyasi Maltus guyoki tarixiy manbalarga asoslanib, insoniyatning nihoyatda tez o‘sganligini isbotlashga o‘rinadi. Bu o‘sish tirikchilik vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni o‘ldirish, tug‘ilishni ihtiyoriy tartibga solish yo‘li bilan sekinlashtirilmaganda ahvol bundan ham yomon bo‘lar ekan.
Maltus tabiat bilan hamohang o‘simlik va xayvonlarning cheksiz ko‘payishi va yashash uchun kerakli mablag‘lar o‘sishi yo‘nalishlarini tadqiq etadi. Agar insonlar har 25 yilda ikki marta ko‘payib, geometrik progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256 va hokazo), tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham arifmetik progressiya asosidagina ko‘payishi mumkin (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 va hokazo).
Bunday sharoitda 200 yildan so‘ng aholi sonining tirikchilik vositalariga nisbati 256 : 9, 300 yildan so‘ng esa 40096 : 13 bo‘ladi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |