Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə40/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

Nassau Vil’yam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo‘ldi.
N.Senior g‘oyalari «Siyosiy iqtisod fani ocherklari» (1836) va «Fabrika qonunchiligi to‘g‘risidagi xatlar»da bayon etilgan.
U o‘zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb hisoblaydi va qiymat talab bilan taklifga bog‘liq, deydi. U mehnat (ishchilarning «qurboni») bilan bir qatorda kapitalistning «tiyilishi»ni ham qiymatning manbai deb e’lon qiladi.
«Tiyilish» nazariyasi. Bu nazariyada N.Senior kapitalni kapitalistning berayotgan «qurboni» deb hisobladi. Uning ta’kidlashicha kapitalist o‘z kapitalini ishlab chiqarish sohasiga qo‘yganda (investitsiya) o‘zining shahsiy iste’molidan go‘yo ma’lum davr «tiyilib» turadi, mehnat esa o‘z navbatida ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan «qurboni» deb qabul qilinadi. Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va ishchi bergan tegishli «qurbonlar» uchun bab-baravar mukofot emish. N.Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti bilan belgilashiga qarshi chiqadi, uningcha foyda kapitalistning «mehnati»dan, foiz esa uning sabr-qanoatidan hosil bo‘lishini kashf qildi.
N.Seniorning yana bir «kashfiyoti» uning «so‘nggi soat» nazariyasidir. Sanoat to‘ntarilishi va mashinalarning kirib kelishiga qaramasdan, ishchilarning ish soatlari nihoyatda yuqori bo‘lib, shu sababli XIX-asrning 30 yillarida Angliyada 10 soatlik ish kuni uchun ko‘rash kuchayib ketdi. N.Senior esa o‘sha davrda mavjud bo‘lgan 11.5 soatlik ish kunini qisqartirishning «ilojsizligini» nazariy jihatdan asoslashga urinib, shu ish kunining 10.5 soatida sarflangan kapitalning qiymati yangidan vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina foyda yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10 soatgacha qisqartirish foydaning yo‘q bo‘lib ketishiga, bu bilan birga esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga har qanday qiziqishning yo‘q bo‘lib ketishiga olib borgan bo‘lar edi, deb da’vo qildi. Bu bilan u sohibkorlarni ochiqdan-ochiq himoya qiladi.
Angliyada klassik maktabni boshqa tarzda izohlovchilar orasida Jeyms Mill (1773-1836) muhim o‘rinni egallaydi. Bu olimni Jon Syuart Mill o‘g‘li bilan adashtirib yubormaslik kerak, uning iqtisodiy g‘oyalari ham quyida ko‘riladi.
«Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana shu qimsadan boshlanadi».
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o‘ziga xos yo‘l bilan talqin etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yo‘lidagi iqtisodiy kurashi o‘rinsizligini iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo‘ladi.
J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni rad etib, yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta to‘g‘risidagi nazariyasini davom ettirib, yer rentasining davlat tomonidan qo‘shib olinishi, ya’ni haqiqatda yerni milliylashtirish (natsionalizatsiya) qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang). J.Mill o‘zining «Siyosiy iqtisod elementlari» (1821) asarida qiymatning mehnat nazariyasiga bo‘tunlay qarshi chiqdi va qiymatning manbai sifatida faqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo‘lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu xulosaga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib, ularni «teng tovar egalari» sifatida qabul qilishni taklif qildi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan maxsulotning o‘ziga tegishli foyda ulushini olishining to‘g‘ri ekanligini isbotlashga asos bo‘ldi.
Ingliz Jon Styuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so‘nggi nomoyondalaridan biri deb qaraladi. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham iqtisodchi bo‘lgan va ug‘lining tarbiyasi bilan jiddiy shug‘illangan, oqibatda yoshligidayok dastlabki tadqiqotlari e’lon qilindi. Ammo 1848 y. bosib chiqarilgan «Siyosiy iqtisod asoslari» (5 jilddan iborat) kitobi unga shuhrat keltirdi. Amaliy hayotda Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bog‘langan edi (1858 y yopilgan). 1865-1868 y. Parlament a’zosi bo‘lgan (D. Rikardoni eslang). So‘nggi yillarda Fransiyaning AVInon shahrida yashab ijod etdi.
Tadqiqot predmetida D. Rikardo g‘oyalariga yaqin turadi va birinchi o‘ringa «ishlab chiqarish qonunlari»ni qo‘yadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy rivojlanishda «Qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari» bilan hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi.
Tadqiqot usulida pulning «neytrollik» konsepsiyasiga amal qiladi, ammo pulning miqdoriy nazariyasini ham qo‘llaydi. Boylik to‘g‘risida ancha sodda fikrda bo‘lib, boylik bu bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalarning summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida 1) ishlab chiqarish qonunlarini 2) taqsimot qonunlariga qarshi quyish harakterlidir. Birinchilari o‘zgarmas bo‘lib, texnik sharoitlar bilan belgilanadi, bu «fizik xaqiqatlar» kabidir, ular «tabiiy fanlar xususiyatlari» harakteriga ega, ularda inson irodasiga bog‘liq hech narsa yo‘q. Ikkinchilari esa, ularni «inson intuitsiyasi» boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlarning fikri va hohishiga bog‘liq bo‘lib, nihoyatda turlicha bo‘ladi.
«Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari» taqsimot qonunlariga bevosita ta’sir etadi va «jamiyatdagi asosiy uch sinflar» o‘rtasida daromadlarning taqsimoti mulkning shahslar o‘rtasidagi taqsimotini belgilab beradi. Insoniy qarorlarning taqsimot qonunlari shakllanishidagi ahamiyatidan kelib chiqib, J.S. Mill jamiyatni sotsial jihatdan isloh qilish bo‘yicha o‘z takliflarini ishlab chiqadi. Olimning tadqiqotlarida «statika» va «dinamika» tushunchalari kiritiladi. Avvalgi olimlarda jamiyatning «statsionar va o‘zgarmas» iqtisodiy qonunlari o‘rganilgan bo‘lsa, endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo‘shish kerakligi aytiladi.
Ammo M.Blaugning fikricha, Millda «dinamika» tarixiy o‘zgarishlarni tahlil sifatida qaraladi, «statika» deganda esa hozirgi satik tahlil tushuniladi. Demak, hozirgi davrdagi dinamik tahlildan keskin farq qiladi, chunki endilikda iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarish zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik modellashtirish orqali amalga oshiriladi.
Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste’mol qiymatlari» , qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o‘sishi mumkin emas degan xulosa chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi.
Pul to‘g‘ridagi g‘oyasida miqdoriy masala birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ya’ni pulning ko‘payishi yoki kamayishi tovarlarning nisbiy bahosi o‘zgarishiga ta’sir etadi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda «pulning qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir», pulning har qanday kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi. Pulning neytralligi to‘g‘risida fikr yuritilib, pul vaqtni va mehnatni iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne’matlar faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki, mulkni qo‘riqlash malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat agar u jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini ko‘paytirishga olib kelsa, unumli iste’molga ega bo‘ladi.
Aholining iqtisodiyotdagi roli to‘g‘risida so‘z yuritilib, Angliyada 1821 y. Keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalari ishlab chiqarish sur’atlari aholi o‘sishidan yuqori bo‘lmagan. Aholi sonini kamaytirish bo‘yicha takliflar beriladi (Ixtiyoriy tug‘ulishni kamaytirish, ayollar emansipatsiyasi). Bu masalada Mill Maltus bilan hamohangdir.
Kapital deganda «avvalgi mehnat bilan ilgari to‘plangan mahsulotlar zahira» lari tushuniladi. Kapital jamg‘arish investitsiya uchun asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns ta’limotiga qarang).
Daromadlar to‘g‘risida gapirilib, bunda avvalgi olimlar fikri qo‘llanadi, uni mehnatga haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq deyiladi. Minimal ish haqi g‘oyasiga amal qilib, «ishchi fondi» doktrinasi ilgari suriladi, unga ko‘ra, sinfiy kurash ham, kasaba qo‘mitalari ham ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning oldini ola olmaydi. Ammo 1869 yil bu doktrina g‘oyasi inkor etiladi va kasaba qo‘mitalari haqiqatan ham ish haqiga ta’sir etadi, bu «mehnat bozoridagi raqobat oqibatlari» kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda past jozibali mehnatda ish haqi kamroq bo‘ladi. Mill «minimum ish haqi» bilan «fiziologik minimum» ni farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. Ish haqi manbai sifatida allaqanday «kapital zahira» keltiriladi.
Renta to‘g‘risidagi fikrda, renta bu yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya deb qaraladi.
Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanish shakliga qarab. Bu renta mavjud bo‘ladi yoki foydani yo‘q qiluvchi harajat bo‘lishi mumkin.
Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan sotsializm va sotsialistik qurilish to‘g‘risida ham fikr yuritiladi. Sotsial tengsizlikning xususiy mulk bilan bog‘liqligini inkor etadi. Masala bunda xususiy mulk bilan bog‘liq individualizm va suiste’molchilikka barham berishdir, degan xulosa chiqariladi.
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat rolini faollashtirish masalalari qarab chiqilgan, bunda davlat markaziy bankining foizlari oshirishga intilishi maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu xorij kapitalini mamlakatga kirib kelishini rag‘batlantiradi, milliy valyuta kursi mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan oltin chiqib ketish oldi olinadi. Davlat harajatlarining ko‘payishi tanqid etiladi.
Erkin savdo munosabatlari (laisser faire) ni qo‘llash bilan birga, «bozor kuchisiz» ayrim sohalarda (infra tuzilma, fan, qonunlarni chiqarish, bekor qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb hisoblanadi.
Mill ayniqsa ta’lim sifatiga alohida e’tibor qiladi, xususiy maktablar tarafdori (faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo‘l beriladi), davlat imtihonlari tizimi yomon qo‘iganlar uchun jarima taklif etiladi.
Boshida aytilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlari o‘zgartirish mumkin emas, balki taqsimot qonunlarini o‘zgartirish kerak degan aqidaga amal qiladi.
Bu olimning katta hatosi bo‘lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga o‘zaro va har tomonlama bog‘liq.
Millning sotsial islohoti huquqidan uch pazitsiyani o‘z ichiga oladi:
Kooperativ ishlab chiqarish assotsiatsiyasi yordamida yollanma mehnatni tugatish;
Yer solig‘i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish;
meros’ho‘rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin