Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va no-moddiy aktivlar eskirishi. Ushbu element bo‘yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo‘shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo‘shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisob-langan eskirish) summalari kiradi.
Ta’kidlash joizki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
1. Bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usul.
2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul(ishlab chiqarish usuli).
3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig‘indisi bo‘yicha hisobdan o‘chirish usuli (kumulyativ usul).
4. Kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniq-lashi lozim. Shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili davomida o‘zgar-maganligiga, agar o‘zgargan bo‘lsa sababini va bu haqda hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa o‘zgartish kiritilganligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar obyektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida aniqlanadi. Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar obyektlarining butun foydali xizmat qilish muddati davo-mida to‘xtatilmaydi. Faqat korxona rahbarining qaroriga muvofiq qayta jihozlash (rekonstruktsiya) va zamonaviylashtirish(modernizatsiya) uchun o‘tkazilgan hamda konservatsiyaga qo‘yilgan asosiy vositalar bundan mustasno. Amortizatsiya ajratmalari hisoblash yillik summasi quyida-gicha aniqlanadi:
bir tekis(to‘g‘ri chiziqli) usulda – muayyan asosiy vosita obyekti-ning dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yori va foydali xizmat qilish muddatidan kelib chiqib aniqlanadi.
bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul(ishlab chiqarish usuli) bo‘yicha amortizatsiya hisoblash faqat asosiy vositadan foydalanish natijasiga asoslanib, uni hisoblash chog‘ida vaqt oralig‘i rol o‘ynamaydi. Faraz qilaylik, avtomobilning dastlabki qiymati 1000000 so‘m, qoldiq qiy-mati 100000 so‘m va foydali xizmat qilish muddati davomida bosib o‘tishi lozim bo‘lgan masofa esa 90000 km. Bunda 1 km. ga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya xarajatlari quyidagicha aniqlanadi:
Dastlabki qiymat - qoldiq qiymat q 1000000 – 100000 q 10 s
ish birligi hajmi 90000
Har yilgi bosib o‘tadigan masofa 10 so‘mga ko‘paytirilib, bir yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Masalan, avtomobil birinchi yili 30000 km yo‘l yurishi rejalashtirilgan. Demak, birinchi yil uchun amortizatsiya summasi:
30000 km x 10 s q 300000 so‘m.
Dostları ilə paylaş: |