Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar sonining yig‘indisi bo‘yicha hisobdan o‘chirish usuli (kumulyativ usul)



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə105/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar sonining yig‘indisi bo‘yicha hisobdan o‘chirish usuli (kumulyativ usul) muayyan asosiy vositaning foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar yig‘indisi asosida aniqlanib, ushbu yig‘indi hisob-kitob koeffitsienti uchun maxraj qilib olinadi. Foydali xizmat qilish muddati davomidagi yil-lar soni esa surat qilinib, kamayib borish tartibida teskari joylashtiriladi. Masalan, avtomobilning xizmat muddati 5 yil. Xizmat yillari yig‘indisi (kumulyativ son) 15 ga teng (1Q2Q3Q4Q5 q 15). Har yil uchun amor-tizatsiya hisoblash koeffitsienti esa quyidagicha:


Kumulyativ usul bo‘yicha hisob-kitob jadvali.



Yillar

1 - y

2 – y

3 - y

4 - y

5 – y

Koeffitsiyenti

5
15

4
15

3
15

2
15

1
15

So‘ngra har bir koeffitsient (kasr) amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirilib, tegishli yil uchun amortizatsiya summasi aniqlanadi.




4. Kamayib boruvchi qoldiq usuli kumulyativ usuldagi tamoyilga asoslangan bo‘lib, istalgan qat’i stavka (%) qo‘llanilishi mumkin. Bunday stavka (%) sifatida ko‘p hollarda bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usulda qo‘llaniladigan amortizatsiya me’yorining ikkiga ko‘paytirilgan miqdori olinadi va har yil boshidagi qoldiq qiymatidan shu yil uchun eskirish summasi hisoblab chiqariladi.
Auditor korxonada qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ham tekshirishi zarur. Shuning-dek, asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisob-lash usulidan qat’i nazar, yil davomida har oyda yillik summaning 1/12 qismi hajmida hisoblab borilganligini aniqlash kerak. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari qaysi hisobot davridan hisoblangan bo‘lsa, buxgalteriya hisobi va hisobotda shu davrda aks ettirilishi hamda korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar (foyda yoki zarar) hisoblanishini ham nazarda tutish zarur.
Bulardan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan, ishlab chi-qarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati va foydali xizmat qilish muddati (biroq xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat qilish muddatidan oshmagan muddat)dan kelib chiqib hisoblan-gan, me’yorlar bo‘yicha har oyda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib boriladigan eskirish summalari ham ushbu elementga kiradi. Bunda audi-tor foydali xizmat qilish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish me’yori besh yil muddat hisobidan kelib chiqib aniqlanishini, biroq bu muddat xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat muddatidan oshib ketmasligini nazarda tutishi kerak.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin