Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik t



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə102/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

2. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik t
ekshiruvidan o‘tkazish.

Ushbu xarajatlar guruhi iqtisodiy mazmuniga ko‘ra mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo‘linadi:



  1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiy-mati chegirilib tashlangan holda).

  2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat haqi xarajatlari.

  3. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari.

  4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomod-diy aktivlar eskirishi.

  5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.

Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari»elementi tarkibiga ishlab chi-qariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tay-yorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xomashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi. (1. 1. 1-1. 1. 10 bandlar)
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o‘rash materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo‘lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan mod-diy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. (1. 1. 11-band). Shuningdek, mazkur element bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish narxidan, shu jumladan barter kelishuv-larida, qo‘shimcha narx(ustama)dan, ta’minlovchi, tashqi iqtisodiy tashki-lotlarga to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmat-lari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig‘imlardan, yuklash-tushirish hamda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur (1. 1. 12-band).
Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib bo-rilgan moddiy resurslarni baholashning to‘g‘riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO) bi-rini tanlaydi va hisob yuritish siyosatida aks ettiradi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin