MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISHNING AUDITI 1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me’yoriy asoslari va xususiyatlari
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni audi-torlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad sodir bo‘lgan xo‘jalik muoma-lalarini hisobga olish va soliqqa tortishda qo‘llanilayotgan tartibning O‘z-bekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniq-lashdan iborat.
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mah-sulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to‘g‘riligini va mahsulot, ish hamda xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini nazorat qilish uchun quyidagilarni tekshirish lozim:hisobot davridagi haqi-qiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o‘z vaqtida, to‘-liq va ishonarli aks ettirilishi;ishlab chiqarishga xarajat qilingan xomashyolar, materiallar, yoqilg‘ilar, ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylash ma-teriallarini baholashning to‘g‘riligi;belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va mukofatlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta’minlanganligi; noishlab chiqarish sarflari va yo‘qotishlarning paydo bo‘lish sabablari hamda hisobdan o‘chirilishning asoslanganligi; ularni kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar;asosiy vositalar va no-moddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to‘g‘riligi; tovar-moddiy boylik-larning hisob bahosidan chetga chiqqan summalar (transport tayyorlov xa-rajatlari)ni hisobdan o‘chirishning to‘g‘riligi; tovarlar, YoMM va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o‘chirishning to‘g‘riligi;quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shishning to‘g‘riligi va asoslanganligi; ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shma korxonada ishlab chiqarishda bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar; xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt, turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borib qaytish yo‘l xarajatlari uchun tasdiqlangan me’yorlar doirasida, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq chet el xizmat safari xarajatlari.
Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xara-jatlarining to‘g‘ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini tekshi-riladi. Mahsulot (ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasi-ning to‘g‘riligini xarajat moddalari bo‘yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovutlar moddalar bo‘yicha tahlil qilinib, ta-fovutlar sababi aniqlanadi. Xomashyo va materiallarni sarflashning to‘g‘-riligi, baholar to‘g‘riligini tekshirish metodlari, mahsulot (ish, xizmat) bir-ligiga to‘g‘ri keladigan sarf me’yoriga rioya qilinishi tekshiriladi. Brak (yaroqsizlik)dan ko‘rilgan yo‘qotishlar va ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarini yopishning to‘g‘riligini tekshirish.
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo‘yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya bilan bog‘liq sarflar yig‘indisi kabi aniqlanadi.
Tannarx soliqqa tortish maqsadlarida hisob elementi sifatida esa so-liqqa tortiladigan bazani kamaytiradigan miqdor hisoblanadi. Ushbu ta’rifdagi tafovut faqat shaklan, ya’ni atamashunoslik nuqtai nazaridan emas, balki miqdor jihatidan hamdir. Chunki soliqqa tortish maqsadida hisoblanadigan tannarxga odatdagi faoliyat turlariga doir sarflar belgi-langan me’yor(limit)lar va cheklashlarni hisobga olgan holda qo‘shiladi. Mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlari to‘-langan vaqtidan qat’i nazar (oldin yoki keyinchalik to‘langan), qaysi hisobot davriga taalluqli bo‘lsa, shu davr tannarxiga qo‘shiladi. Xo‘jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoyili tannarxni to‘g‘ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, xizmat)lar qiymatining to‘-langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish(sarflash) fakti ahamiyatli eka-nini bildiradi. Masalan, auditorga tekshiruv o‘tkazish uchun taqdim qilin-gan hujjatlar mazmunidan ma’lum bo‘lishicha, tekshirilayotgan korxona tomonidan o‘tgan yili dekabr oyida keyingi yil uchun ishlab chiqarish binolarining ijara haqi to‘langan. Ushbu sarf shu vaqtning o‘zida ya’ni o‘tgan yili dekabr oyida mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu xo‘jalik muomalasini asossiz, ya’ni o‘tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini sun’iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig‘ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to‘langan ijara haqi keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o‘chirishi lozimligini tushuntirdi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq korxonada sodir etilgan barcha xo‘jalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib bo‘lingandan so‘ng tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylash-tirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlar-ni asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muo-malalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan, «Xarajatlar tarkibi. . . . to‘g‘risidagi Ni-zom»ga muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxigakiritiladigan xarajatlar:
a)bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v)boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqa-rish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmasdan, davr sarflari tarkibida hi-sobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xa-rajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqaruv xarajatlari(ma’muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumxo‘jalik faoliyatidan olin-gan foyda yoki ko‘rilgan zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadi-gan, uning moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlar: a) foizlar bo‘yicha sarflar;
b) xorijiy valuta muomalalari bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar.
4. Foyda(daromad) solig‘ini to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda yoki za-rarlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan favqulodda zararlar (19). Auditor xarajatlar tarkibini batafsil tahlil qilib chiqishi uchun har bir xarajat guruhidagi iqtisodiy elementlarni tekshirib chiqishi lozim.