Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobini tekshirishning xususiyatlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə99/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

4. Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobini tekshirishning xususiyatlari

Tovar-moddiy zaxiralarining to‘liq kirim qilinishini tekshirish cho-g‘ida auditor mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, tanlangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo‘yi-cha QQSni qoplash tartibini hisobga olishi zarur.


Tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (to-var-transport nakladnoylari, schyot-fakturalar, qodoqlash (upakovka) yor-liqlari, sifat guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) asosida tek-shiriladi.
Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish omborxonada sodir bo‘lgan kirim muoma-lalarini tekshirishning umumiy usuli hisoblanadi.
Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik tekshiruvning obyekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish jurnalidan moddiy qiymatliklarning assortimenti va yetkazib berish mud-datlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mol yetkazib beruvchilar bo‘yicha olish mumkin. Auditor bunday hisobning mijoz-korxonada qanday tashkil etil-ganligini o‘rganadi. Xususan, har bir mol yetkazib beruvchi bo‘yicha shartnomada materiallarning yetkazib berilish muddatlari va assortimenti ko‘rsatilayotganligi, hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimen-ti, olinish sanasi ko‘rsatilgan holda qabul qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol yetkazib berish shart-nomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo‘yicha auditor tek-shirilayotgan davr ichida qanday mol yetkazib berishlar amalga oshiril-ganligini aniqlashi mumkin.
Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo‘lsa, auditor xarid dalolatnomalarining mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtiril-ganligiga e’tibor qaratadi. Xarid dalolatnomasida quyidagi majburiy rekvi-zitlar bo‘lishi lozim: sotuvchining pasport ma’lumotlari, moddiy qiymat-liklarning nomi, miqdori va qiymati.
Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yuk-ni qabul qilib oluvchi shtampasi bosilgan mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga ko‘ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi.
Sotib olingan moddiy boyliklarning to‘g‘ri baholanishi va to‘liq kirim qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy boyliklarni hisobga ola-digan vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob regist-rlari ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi.
6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudrat-chilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo‘yicha sintetik hisob registrlari ma’lumotlari hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo‘yicha auditor olingan materiallarning miqdorini va yuklarni qabul qili-shning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini aniqlaydi. Buning uchun mol yetkazib beruvchilarning puli to‘langan schyotlari va boshqa to‘lov hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari hamda omborxona hisobi kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Moddiy boyliklarning to‘liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol yetkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol yetkazib beruvchilardan kreditor qarzlarning haqqoniyli-giga e’tibor qaratadi. Buning uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan schyotlar, shartnomalar va mol yetkazib be-ruvchilarga to‘langanlik to‘g‘risidagi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan so-lishtiradi.
Tovar-moddiy zaxiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo‘yicha tekshirish chog‘ida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; qabul qilish dalolatnomalari, tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan tafovut dalolatnomalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxslar hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar reestrlarining buxgalteriyaga o‘z vaqtida taqdim qilinishi aniqlanadi. Tafovutlar aniqlan-ganida hujjatlarni qarama-qarshi tekshiruvdan o‘tkazish zarur.
Moddiy boyliklarning to‘liq kirim qilinganligini tekshirishda ichki hujjatlar mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. Auditor olingan moddiy boyliklar sifati va miqdoridagi tafo-vutlarning dalolatnomalar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va mol yet-kazib beruvchilarga yoki transport tashkilotlariga (masalan, avtobaza, te-mir yo‘l kompaniyasi) o‘z vaqtida da’vo qo‘zg‘atilganligini o‘rganadi. Ay-rim hollarda bunday tafovutlar moddiy boyliklarni o‘zlashtirish va kamo-madni yashirish maqsadida qalbaki dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqi-batida yuzaga kelishi mumkin.
Zarur hollarda auditor moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni ularning mol yetkazib beruvchilarda saqlanayotgan nusxalari bilan solishtirib, qarama-qarshi tekshiruv ham o‘tkazadi.
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, ammo uning ixtiyorida saqlanayotgan yoki ishlatilayotgan tovar-moddiy zaxiralar shartnomalar shartlariga mu-vofiq, shartnomada ko‘rsatilgan bahoda balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
Mas’ul saqlash uchun qabul qilingan moddiy boyliklar hamda buyurt-machining xomashyosi sifatida qayta ishlashga qabul qilingan xomashyo va materiallar korxonaning o‘ziga tegishli ishlab chiqarish zaxiralaridan alohida saqlanishi va hisobga olinishi lozim. Bunday moddiy boyliklar №21 BHMS ga muvofiq 002 - «Mas’ul saqlashga olingan tovarmoddiy boyliklar» va 003-«Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar» degan ba-lansdan tashqari schyotlarda hisobga olinishi lozim.
Hujjatsiz (schyot-fakturasiz) olingan materiallarni tekshirish ayrim xu-susiyatlarga ega. Ular 6010 - «Mol yetkazib beruvchilarga va pudrat-chilarga to‘lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qis-mi) schyoti bo‘yicha yuritiladigan hisob registrida har bir olingan material-lar bo‘yicha alohida so‘nggi kirim qilingan partiya bahosi bo‘yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o‘rniga «N» harfi (fakturlanmagan) qo‘yi-ladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki keyingi oyda mol yetkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu yozuvlar mol yetkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan material-larni haqiqiy sotib olish bahosi bo‘yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o‘zida tuzatilishi (storno qilinishi) kerak.
Hujjatsiz mol olingan holatlar mavjud bo‘lganida auditor quyidagi-larni tekshiradi:

  1. qabul qilish dalolatnomalarini tuzish tartibiga qanday rioya qilina-yotganligi;

  2. hujjatlarsiz olingan moddiy boyliklarni kirim qilishning to‘liqligi va to‘g‘riligi;

  3. baho belgilashning to‘g‘riligi;

  4. mol yetkazib beruvchilarning qarama-qarshi hujjatlari kelib tush-ganda qilingan tuzatish (korrektirovka) larning to‘g‘riligi (buning uchun auditor qabul qilish dalolatnomalaridagi yozuvlarni keyinchalik olingan mol yetkazib beruvchilar hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirishi zarur).

Agar mijoz-korxona hisobida yo‘lda kelayotgan ya’ni puli to‘langan, lekin hali oy oxirigacha kelib tushmagan moddiy boyliklar mavjud bo‘lsa, u holda auditor bunday moddiy boyliklar qiymatini buxgalteriya hisobi va balansda aks ettirishning ishonchliligini tasdiqlashi uchun ular keyinchalik olinganligi va puli to‘langanligi yoki balans tuzilayotgan sanaga kreditor qarzlar tarkibiga kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur.
Auditor korxonada bunday moddiy boyliklarni hisobga olishning mavjud ikkita variantidan qaysi birisi qo‘llanilayotganligini aniqlashi ke-rak. Birinchi variant qo‘llanilganda ushbu materiallar qiymati har oy oxirida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 1510 - «Materiallarni tayyorlash va sotib olish» schyoti Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyot-lar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudrat-chilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi).
Auditor bunday mol yetkazib berishlar bo‘yicha kreditor qarzlar mavjudligini tekshiradi. Chunki keyingi oyning boshida ushbu yozuv tuzatilishi (storno qilinishi) lozim. Yetib kelmagan yuklar uchun mol yet-kazib beruvchilarga to‘langan summalar yuk yetib kelgunga qadar debitor qarz sifatida hisobda turishi davom etishi lozim.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin