Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


) muomalalarni hisobda aks ettirmaslik



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə96/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

1) muomalalarni hisobda aks ettirmaslik. Bunday muomalalar kre-ditor qarzlarni tekshirish chog‘ida aniqlanishi mumkin. Masalan, buxgal-teriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan, olingan moddiy qiymatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langanlikni isbotlovchi schyotlar, shartnomalar, isbotlovchi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan so-lishtirib, auditor ayrim schyotlarning buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilmay qolganligini aniqlashi mumkin.
2) muomalalar noto‘g‘ri turkumlangan.
Masalan, tovar-moddiy zaxiralarning sotib olish qiymati ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlardan iborat. Lekin bunday sarf-larning bir qismi yoki ayrim turlari (masalan, sotib olinayotgan xomashyoning sifatini aniqlashga doir ekspert xizmati qiymati) tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga qo‘shilmasdan, birdaniga sarflarga olib boril-gan bo‘lishi mumkin.
Xaridlar hajmi qalbaki xaridlar yoki muomalalarni aks ettirish kabi xarajatlar noto‘g‘ri turkumlangan hollarda oshirib ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday faktlarni aniqlash uchun xarajatlarni tanlab tekshirish va zarur analitik amallarni bajarish lozim.


3. Tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va saqlanishini nazorat qilishni tekshirish uslubiyati

Ombor xo‘jaligining ahvoli va tovar-moddiy zaxiralar saqlanishini tekshirish eng muhim auditorlik amallaridan biri hisoblanadi. Korxona faoliyatining ushbu sohasini har tomonlama o‘rganish uchun auditor om-borlar, sexlar va ishlab chiqarish zaxiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab chiqarish zaxiralarini saqlash sharoitlari, yong‘in xavfining oldini olish, omborlarning qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning to‘g‘ri ishlatilishi, ombor binolarini qo‘riqlash holati ham o‘rganiladi. Ombor xo‘jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi.


O‘rganish jarayonida moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishga aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e’tibor qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni qabul qilish va berish hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural o‘lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari ko‘rsatilgan standartlar yoki yo‘riqno-malarni ishlab chiqish va moddiy javobgar shaxslarga taqdim qilish mod-diy qiymatliklarni saqlashni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisob-lanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylarini ko‘zdan kechirish chog‘ida moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo‘yicha ular qiymatliklarni qabul qilish va berishni rasmiylashtirish hamda omborxona hisobi daftari yoki kartochkalariga yozishni o‘z vaqtida amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yo‘llar bilan vujudga kelishi mumkin:

  1. tayyor mahsulotlarni tayyorlash chog‘ida xomashyolarni almashti-rish; xomashyo va materiallarni topshiruvchilarning og‘irlikdan urib qoli-shi, namligini oshirib ko‘rsatish va ularning navlarini pasaytirish; tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish chog‘ida o‘lchovdan, hisobdan va tarozidan urib qolishlar;

  2. moddiy qiymatliklarni yuklash-tashish-tushirish yoki saqlash cho-g‘ida yo‘qolgan deb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o‘xshash.

Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar, odatda, alohida saqlanadi. Ularni aniqlash uchun omborxona hisobi daftari yoki kartochkalari ma’lu-motlaridan foydalaniladi. Agar hisobga olinmagan oshiqcha materiallar bo‘lsa, alohida turdagi materiallarning ma’lum davrlardagi chiqimi, qoi-dagi ko‘ra, ularning kirimidan oshib ketadi (qizil bilan chiqish). Bunday oshiqcha sarflashlar shu nomdagi materiallarning keyingi tushumlari va kirimlari hisobidan qoplanadi.
Ombor xo‘jaligini ko‘zdan kechirish va moddiy qiymatliklar saqlani-shining nazoratini hujjatlar asosida tekshirish bilan izchil amalga oshirish tovar-moddiy zaxiralarning saqlanishi to‘g‘risida asoslangan xulosalar qilish va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik tekshiruvdan o‘tkazish jarayonini ikki qismga bo‘lish mumkin:
1. Inventarizatsiya o‘tkazish orqali ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash.
2. Moddiy qiymatliklarni hisob va hisobotda to‘g‘ri baholashni hamda aks ettirishni tekshirish.
Auditorlik amallari inventarizatsiyagacha, inventarizatsiya vaqtida va undan so‘ng bajariladigan amallarga bo‘linadi. Inventarizatsiyani boshlagunga qadar auditor oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab olib, zaxiralarning tarkibiy va miqdoriy o‘zgarishlarini tahlil qiladi, zaxiralarni saqlash joylari haqida hamda in-venttarizatsiya ishlarining tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdi.
Moddiy boyliklarni omborxona va boshqa saqlash joylarida hisobga olinishini tekshirish ularni inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Tekshi-rishni boshlashdan oldin auditor moddiy boyliklar saqlanadigan barcha joylarni aniqlash va tanlab inventarizatsiya o‘tkaziladigan boyliklar ro‘y-xatini alohida tuzishi lozim.
Ish boshlanishidan oldin auditor korxona rahbari bilan inventarizatsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida kelishib oladi. Korxona rahbari bu haqda buyruq chiqaradi. Uning bir nusxasi inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasi a’zoliriga beriladi, komissiya raisiga nazorat so‘rg‘ich (plomba)lagichi topshiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga, odatda, moddiy javobgar shaxslardan tashqari, korxona rahbariyati vakillari, mutaxassislar ham kiritiladi.
Agar moddiy javobgar shaxs mehnat ta’tilida yoki uzoq vaqtdan beri kasal bo‘lsa, ayrim auditorlar inventarizatsiya o‘tkazishni o‘sha shaxssiz bajarishga qaror qilib katta xatoga yo‘l qo‘yishadi. Vaholanki, moddiy boyliklar yetishmovchiligi aniqlangan taqdirda moddiy javobgar shaxs keyinchalik uni tan olmasligi va uning natijalariga e’tiroz bildirishi mumkin.
Agar moddiy javobgar shaxs uzrli sabab bilan ishda bo‘lmasa, auditor omborxonani muhrlab qo‘yib, inventarizatsiya o‘tkazishni u ishga tush-gandan so‘ng bajarishi lozim.
Auditor inventarizatsiya qilishni boshlashdan oldin omborchidan in-venttarizatsiya boshlanadigan sana uchun moddiy boyliklarning kirimi va chiqimi bo‘yicha hisobot tuzib, uning bir nusxasini tashkilot buxgal-teriyasiga topshirtiradi va ikkinchi nusxasini auditor o‘ziga oladi. Bundan tashqari, auditor moddiy javobgar shaxsdan boyliklarning kirimi va chi-qimiga doir barcha hujjatlar buxgalteriyaga topshirilganligi va ularda kirim qilinmay qolgan yoki chiqimga hisobdan o‘chirilmagan hech qanday mod-diy boyliklar yo‘qligi haqida tilxat oladi. Moddiy boyliklarni sotib olish uchun hisobdorlik summasi yoki ularni olish uchun ishonchnomaga ega shaxslardan ham shu mazmunda tilxat olinadi.
Shundan so‘ng komissiya a’zolari moddiy boyliklarni tekshirishga kirishadi, ya’ni ularni tarozida tortish, qayta sanash yoki o‘lchab ko‘rish yo‘li bilan haqiqiy qoldiqlarini aniqlaydi. Auditorlar inventarizatsiyani boshlashdan oldin tarozilar va boshqa o‘lchash asboblarining aniq ish-lashiga ishonch hosil qilishlari lozim. Ayrim auditorlar tortish, o‘lchash, sanash ishlarini o‘zlari bajarishga harakat qilishadi, hisobchi xodim yoki moddiy javobgar shaxs bu vaqtda o‘lchash natijalarini qayd qilib turadi. Biroq, bunday qilish noto‘g‘ri. Auditor tortish, sanash, o‘lchash ishlarini to‘g‘ri bajarilayotganligini kuzatib turishi va natijalarini o‘zi yozib borishi lozim. Shuningdek, tushunmovchiliklar ro‘y bermasligi uchun moddiy javobgar shaxs ham tekshiruv natijalarini yozib borishi kerak. Vaqti-vaqti bilan bu yozuvlar solishtirilishi zarur.
Moddiy boyliklarning har qaysi turi bo‘yicha inventarizatsiya qilish natijalari inventarizatsiya ro‘yxatida qayd qilinadi; bunday ro‘yxat moddiy boyliklar turgan yoki saqlanadigan joylar yoki ularning but saqlanishi uchun javobgar shaxslar bo‘yicha alohida-alohida tuziladi.
Ular ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobga olishda qabul qilingan o‘lchov birliklarida (!) aks ettiriladi. Agar moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilish vaqtida moddiy javobgar shaxs ba’zi narsalar bu korxonaga tegishli emasligini, ular bu yerda vaqtinchalik saqlanayotgan-ligini aytsa, auditor baribir ularni ro‘yxatga kiritishi lozim. Auditor bunday moddiy boyliklarning alohida ro‘yxatini tuzib, keyin qarama-qarshi tekshi-ruvda ular kimga tegishli ekanligini, Shuningdek, 002 balansdan tashqari schyotda hisobga olinishini aniqlashi lozim.
Auditor tekshirish chog‘ida moddiy boyliklarning raqami, rusumi, nomiga alohida e’tibor berishi kerak. Chunki amaliyotda mavjud boylik-larning raqami va rusumlarini kirim hujjatlari hamda pasportlariga solish-tirib, bir yangi avtomobil dvigatelini boshqa eskisiga yoki kamyob avto-mashinani boshqa arzoniga almashtirib qo‘yish hollari ham uchraydi.
Ba’zi moddiy boyliklar bo‘yicha namuna olish usulini qo‘llash tavsiya etiladi. Namunalar ikki nusxada olinadi va muhr bilan surg‘uchlanadi. Na-munaning bir nusxasi tegishli idishga solinib laboratoriyaga tahlil uchun topshiriladi. Ikkinchisi tilxat bo‘yicha korxonada qoldiriladi. Tilxat esa tekshiruvchiga beriladi. Tahlil uchun olingan namunalarga dalolatnoma tuzilib, unda korxonaning nomi, namunaning og‘irligi, hajmi, olingan joyi, saqlanayotgan joyning harorati ko‘rsatiladi. Namuna olish dalolatnomasini tekshiruvchilar va moddiy javobgar shaxslar imzolaydi.
Inventarizatsiya ma’lumotlari bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi, ularni bar-cha komissiya a’zolari imzolaydi, moddiy javobgar shaxs esa har qaysi ro‘yxat bo‘yicha quyidagi mazmunda tilxat yozib beradi: «Ushbu invent-tarizatsiya ro‘yxatida qayd qilingan barcha moddiy boyliklarni ko-missiya mening ishtirokimda aslidan tekshirdi va ro‘yxatga kiritdi, bu borada inventarizatsiya komissiyasiga e’tirozim yo‘q. Ro‘yxatda qayd qilingan barcha boyliklar mening javobgarligimda saqlanmoqda»
Auditor hisobot yilining oxirgi yoki yangi yilning dastlabki kunlarida tekshirilayotgan korxona xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan inventari-zatsiyada qatnashishi mumkin. Biroq, inventarizatsiya ma’lum bir sana oralig‘ida o‘tkazilgan bo‘lsa, auditor inventarizatsiya o‘tkazilgan paytdan hisobot sanasigacha o‘tgan davrda zaxiralarning kirimi va chiqimini ko‘z-dan kechirib chiqishi zarur. Bu holda nakladnoylar, schyot-fakturalar, boj-xona deklaratsiyalari va shunga o‘xshash hujjatlar hisob ma’lumotlari bi-lan taqqoslanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralari bir necha omborlarda saqlanishi mumkin. Bu holda kamomadni yopish maqsadida zaxiralarni bir ombordan ikkin-chisga o‘tkazib qo‘yishning oldini olish uchun inventarizatsiyani barcha omborlarda bir vaqtning o‘zida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Agar qan-daydir sabablarga ko‘ra bunday qilishning imkoni bo‘lmasa, auditor birin-chi omborda inventarizatsiya boshlangan paytdan boshlab, u oxirgi om-borda tugagunga qadar vaqt oralig‘ida zaxiralarning bo‘linmalar (ombor-lar) o‘rtasida biri-biriga o‘tishini ko‘zdan kechirib chiqishi zarur.
Agar barcha omborlarni bir vaqtning o‘zida inventarizatsiyadan o‘t-kazish imkoni bo‘lmasa, ularning hammasini muhrlab qo‘yib, so‘ngra bir-ma-bir inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish mumkin.
Inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida auditorda zaxiralar to‘g‘risida da-lil-isbotlar olishda, texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chi-qadigan murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun ayrim hol-larda mutaxassislar maslahatiga zarurat seziladi.
Shuningdek, zaxiralarning miqdorini aniqlash bilan bog‘liq dalil-is-botlarni olishda ham murakkabliklar vujudga kelishi mumkin. Ular quyi-dagi shart-sharoitlardan kelib chiqadi:
a) tanlash usulining qo‘llanilishi. Ma’lumki, bitta tekshiruv doirasida barcha zaxiralarni yoppasiga tekshirishning imkoni yo‘q, ammo zaxiralar to‘g‘risidagi hisob yozuvlari ularning haqiqatdagi qoldiqlariga yaqqol mos kelmagan hollarda barcha tovar-moddiy zaxiralar tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur;
b) auditorning zaxiralar saqlanadigan barcha joylarda bir vaqtning o‘zida ishtirok eta olmasligi;
v) nazorat amallarining xususiyatlari - takroran hisobga olish, taso-difan yoki ataylab hisobga olinmagan qiymatliklar yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur. Nazorat uchun o‘tkazilgan tekshiruvlar qiymatliklarni jamlash to‘g‘ri amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi;
g) inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklarning xususiyatlari (masa-lan, fermalarda pichan g‘arami, elevatordagi don uyumi va h. k. ). Bunday hollarda auditor maxsus o‘lchash, baholash usullaridan foydalanib, bu vaqtda zaxiralarning bir qismi o‘lchanadi va so‘ngra ularning umumiy miqdori aniqlanadi.
Bunday tekshiruv natijalarining to‘g‘riligi ularni buxgalteriya hisobi va ombor hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Ayrim turdagi zaxiralar mavjudligini oddiy hisob-kitob yo‘li bilan tekshirish mumkin emas. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz ke-chadigan - qayta ishlash, sanoat ishlab chiqarishi kabilarda. Bunday holda auditor ichki nazorat amallariga tayanishi hamda bunday moddiy qiymat-liklarni inventarizatsiya qilish uchun mijoz ruxsati bilan ekspertlar jalb qilishi mumkin.
Ayrim hollarda bir qator sabablarga ko‘ra inventarizatsiya o‘tkazish imkoni bo‘lmaydi. Masalan, audit o‘tkazish uchun shartnoma tuzish pay-tiga, yil oxirida mijoz tomonidan inventarizatsiya o‘tkazib qo‘yilgan va uni takroran o‘tkazishdan bosh tortsa yoki inventarizatsiya o‘tkazish juda qimmat bo‘lgan hollarda. Bu holda auditor matematik metodlarni qo‘llashi mumkin. Ular ma’lum darajadagi ehtimol bilan zaxiralar miqdorini baho-lashga imkon beradi. Shunday holat yuzaga kelishi mumkinki, mijoz yoppasiga inventarizatsiya o‘tkazishni istaydi, ammo auditorning iltimo-siga ko‘ra tovar-moddiy zaxiralarning bir qismi inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya ishlari yakunlanib, tegishli tarzda rasmiylashtirilgan-dan so‘ng inventarizatsiya ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobi ma’lu-motlari taqqoslanib, tafovutlar aniqlanishi lozim. Bu ish taqqoslash qayd-nomalari tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar inventarizatsiya natijasida mavjud boyliklar qoldiqlarining bux-galteriya hisobi ma’lumotlaridan farq qilishi aniqlansa, auditor rasmiylash-tirilgan ro‘yxatni taqqoslash qaydnomasi tuzish uchun buxgalteriyaga top-shiradi.
Taqqoslash qaydnomalari faqat hisobga olish ma’lumotlaridan farq qilganligi aniqlangan moddiy boyliklar bo‘yicha tuziladi. Ularni auditor, bosh buxgalter va moddiy javobgar shaxs imzolaydi. Agar kamomadlar yoki oshiqchaliklar aniqlansa, moddiy javobgar shaxs bu haqda yozma tu-shuntirish beradi. Boyliklarning tabiiy kamayishidan ortiq kamomadi ayb-dor hisobiga yoziladi, oshiqcha chiqqan boyliklar esa kirim qilinadi. Bir tekshiriladigan davr ichida bir moddiy javobgar shaxsga tegishli bir xil nomdagi moddiy boyliklar qayta xillash (navlarga ajratish) natijasida aniq-langan oshiqchaliklar va kamomadlarning o‘zaro o‘rnini qoplashga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Moddiy boyliklarning tabiiy kamayish me’yori-dan ortiqcha kamomadlari va buzilishdan yo‘qotishlari aniq aybdorlari no-ma’lum bo‘lgan hollarda korxona daromadi hisobidan qoplanadi.
Taqqoslash qaydnomasini mazkur korxona buxgalteriyasi tuzsa ham auditor uning to‘g‘ri tuzilganligini va unda buxgalteriya xodimlari tomoni-dan qayd qilingan raqamlar buxgalteriya ma’lumotlariga mos kelish-kel-masligini tekshirib ko‘rishi lozim.
Shuningdek, inventarizatsiyada aniqlangan, tovar moddiy zaxiralar ka-momadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliq-qa tortish masalalari ham o‘rganiladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin