Moliyaviy investitsiyalar auditining qanday xususiyatlari mavjud?
Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda qanday ma’lumot manbalari qo‘llaniladi?
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va oldin o‘tkazilgan inventarizatsiyalar to‘g‘riligini tekshirish qanday amalga oshi-riladi?
Korxona aktivlarini moliyaviy investitsiyalar qatoriga qo‘shishning to‘g‘riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Moliyaviy investitsiyalar hisobiga doir dastlabki hujjatlarning ras-miylashtirilishini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Qimmatli qog‘ozlarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlariga mosligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Qimmatli qog‘ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir muomalalarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Moliyaviy investitsiyalarning daromadliligi, olingan daromadlar-ning to‘liq aks ettirilishi va soliqqa tortilishini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
1. Tovar-moddiy zaxiralarini Auditning maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o‘tkazish tartibi
Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maq-sadi ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko‘rsatkich-larining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayot-gan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va bux-galteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o‘tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo‘lgan korxonalarda audit-ning asosiy qismi deb qaraladi.
Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarining haqqo-niyligini tekshirishda boshqa audit obyektlaridagi kabi, dastavval, balans-ning «Ishlab chiqarish zaxiralari»(120-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqa-rish (130-satr)», «Tayyor mahsulot»(140-satr), «Sotish uchun olingan to-varlar»(150-satr) degan moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo‘zg‘atishning o‘z vaqtidaligi va to‘g‘riligi hamda yo‘ldagi (korxo-naga yetib kelmagan) materiallar qoldig‘ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak.
Yo‘ldagi moddiy boyliklarni tekshirishning vazifalari: yo‘ldagi mod-diy boyliklar sifatida hisobda turgan har bir jo‘natishning asosliligini aniq-lash, yuklarni yetkazib berishi muddatlarining o‘tib ketmaganligini aniq-lash, xo‘jalik tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko‘rilishini aniq-lash, bosh buxgalter va ta’minot xodimlari tomonidan yo‘ldagi moddiy boyliklarni hisobga olish ustidan nazorat o‘rnatilishi kabilarini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob ma’lumotlarining haqiqatda ishlab chiqa-rilgan mahsulotlarga mos kelishi va tovar mahsulotlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisobotlarda qo‘shib yozish faktlari aniqlanadi.
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
zaxiralarning haqiqatda mavjudligi;
zaxiralar bilan bog‘liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi;
barcha zaxiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;
zaxiralarni va ular bilan bog‘liq majburiyatlarni baholashning to‘g‘-riligi;
tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanil-ganligi va qo‘llanilishining to‘g‘riligi.
Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manba-laridan foydalaniladi:
Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador me’yoriy hujjatlar.
Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq.
Tovar - moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalarni rasmiylashti-rishga doir dastlabki hujjatlar.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari.
Bularni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Auditor tekshiruvga kirishish chog‘ida tekshiruvning ushbu sohasi bo‘yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to‘g‘risida axborot-ga ega bo‘lishi lozim. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq korxonaning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘ida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish-ning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettiri-lishi lozim:
asosiy vositalar bilan inventar va xo‘jalik ashyolari o‘rtasidagi che-garalar;
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish (tayyorlash)ni hisobga olish;
tovar-moddiy boyliklarni ularning turlari bo‘yicha hisobdan o‘chi-rish chog‘ida baholash usullari.
Mijoz-korxona rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoyili moliyaviy natijaga ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlarning zarurligiga ko‘p hollarda yetarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqi-batida har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ularni qo‘llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishda qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlar shakllari korxonadagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruh-lariga bog‘liq. Qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizit-lar bo‘lishi shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo‘jalik ashyolarini kirimga olish va hisobdan o‘chirish dalo-latnomalari, limit-zabor kartalari, talabnoma-nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari.
Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyida-gilar kiradi:
korxona rahbarining buyrug‘i (yoki farmoyishi) direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig‘ilish qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o‘zgartirish chog‘ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo‘jalik ashyo-lari, tovarlar qo‘shilgan bo‘lsa, shuningdek, agar dividendlar yoki daromad-lar moddiy qiymatliklar bilan to‘lansa ushbu hujjatlarni o‘rganish auditor uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi;
korxonada o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o‘tgan yillardagi hi-sobotlari;
tovarlar, materiallar, xomashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari;
moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar.
Auditorning korxona xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgal-teriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi suhbat-lari tekshiruv uchun zarur qo‘shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalarni tekshirishda foy-dalaniladigan axborotlar korxonaning buxgalteriya hisobotlari va hisob registrlarida aks ettiriladi. Bulardan «Buxgalteriya balansi» (1-shakl)da - tovar-moddiy zaxiralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar balans aktivining II-«Ay-lanma mablag‘lar» bo‘limida joylashgan «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi (120 satr) va «tugallanmagan ishlab chiqarish» (130-satr) mod-dalarining ma’lumotlari tekshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ular korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va usullariga hamda mavjud tovar-moddiy zaxiralarning tur-lari va guruhlariga bog‘liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 schyotlar bo‘yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, saldo vedomostlari, omborxona hisobi kartochkalari, daftar-lar, inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarish-lar (2010, 2110, 2310-schyotlar) bo‘yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.