Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə90/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

hisob davrining cheklanganligi -moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga qabul qilish va hisobdan chiqarishga doir barcha muomalalar tegishli hisob davrida hisobga olingan;

  • taqdim qilish va bayon qilish - barcha moliyaviy qo‘yilmalar to‘g‘ri turkumlangan va buxgalteriya hisobotida mohiyati ochib berilgan:

  • moliyaviy qo‘yilmalar turlari va qaytarish muddatlariga ko‘ra tur-kumlangan;

  • moliyaviy qo‘yilmalarni sotish va qaytarish bilan bog‘liq daro-madlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda to‘g‘ri tur-kumlangan;

  • moliyaviy qo‘yilmalar to‘g‘risidagi axborotlar buxgalteriya hiso-botlariga beriladigan tushuntirishlarda ochib berilgan;

    Tekshiriladigan masalalar bo‘yicha yetarli dalillarga ega bo‘lish ko‘r-satilgan faktlarni mustaqil baholash, yo‘l qo‘yilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar va buxgalteriya hisobi qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi.


    Moliyaviy qo‘yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida hal etiladigan vazifalar.



    Auditorning vazifalari

    Tekshiriladigan masalalar

    1. Moliyaviy qo‘yilmalarni hisob-ga olish va nazorat qilishning ho-latini tekshirish.

    Korxona aktivlarini moliyaviy qo‘yilmalar qatoriga olib borishning to‘g‘riligi.
    Muomalalarni hujjatlashtirishni tekshirish.
    Moliyaviy qo‘yilmalarni baholashning to‘g‘riligi.
    Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiya qilish.
    Buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining sintetik va ana-litik hisob ma’lumotlariga mosligi.

    2. Moliyaviy qo‘yilmalar haraka-tini buxgalteriya hisobida aks et-tirishga doir muomalalar sintetik hisobining to‘liqligi va to‘g‘riligi hamda soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish.

    Moliyaviy qo‘yilmalar kirimi va hisobdan chiqarilishini sin-tetik hisob registrlarida aks ettirish.
    Qimmatli qog‘ozlar analitik hisobini tashkil etish.
    Moliyaviy qo‘yilmalarni hisobdan chiqarishga doir muo-malalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishi.
    Qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishining oldini olish maq-sadida rezerv tashkil etishga doir muomalalarni aks ettirish.
    Qarz shartnomasi bo‘yicha berilgan mablag‘lar hisobi.

    3. Moliyaviy qo‘yilmalarga doir daromadlarning to‘liq aks ettiri-lishi va ularning soliqqa tortilishini tekshirish.

    Hisoblangan daromadlarni aks ettirish.
    Ushbu muomalalarni soliqqa tortishning to‘g‘riligini tek-shirish.




    Yüklə 3,24 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin