Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Budjet bilan hisob - kitoblar auditi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə130/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

6. Budjet bilan hisob - kitoblar auditi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga muvofiq ko‘pchilik korxonalar budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yigimlar to‘laydilar.


Soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi - tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida hamda soliqqa tor-tishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan bog‘liq sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat.
Budjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e’tibor berishi lozim bo‘lgan murakkab obyekt hisoblanadi. Birinchidan, byud-jetga to‘lanadigan soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanganligi va to‘langanligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Ikkinchidan, hi-sob-kitoblarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. Keyingi holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik xulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir.
Agar auditor xulosasi davlat budjeti manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilgan-ligi aniqlansa, amaldagi qonunchilikka muvofiq sanksiyalar kuchga kira-di. (S. K. 135-m). Bunday hollarda auditorlik firmasi aditorlik faoliyati bi-lan shug‘ullanishga huquq beradigan litsenziyadan mahrum qilinishi mum-kin. Soliqlar to‘lanishini tekshirishdan oldin soliqqa tortiladigan obyekt bo‘yicha ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi, tekshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslangan korxo-nalarning budjet bilan o‘zaro munosabatlari kengaymoqda. Respublika-mizning barcha hududlarida byujetga to‘lanadigan to‘lovlarning to‘g‘rili-gini aniqlaydigan va ularning o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat’i nazo-rat o‘rnatadigan soliq xizmatlari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida davlat soliq qo‘mitasiga katta huquqlar berilgan. Xususan, Respublika soliq qo‘mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi soliq inspeksiyalariga quyidagi huquqlar beryl-gan: foyda va boshqa soliqqa tortiladigan obyektlarni yashirganligi yoki kamaytirib ko‘rsatganligi uchun barcha yashirgan yoki pasaytirilgan sum-malarni va shu summa miqdorida jarima undirish uchun korxonalarga nis-batan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash. Bunday xato ikkinchi marta takror-langanida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni taqdim qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga olinmagan-ligi yoki bu hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasidan o‘n foizi undi-riladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh baro-baridan yetti barobarigacha ma’muriy jarima solinadi.
Shuning uchun auditor budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda mala-kali maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to‘liq hamda o‘z vaqtida bo‘lishi uchun xayrixoh bo‘lmog‘i lozim. Budjet bilan hisob-kitoblarda korxona bux-galterlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish bilan auditor ushbu korxonaga soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘llaniladigan moliyaviy jazo cho-ralari bilan bog‘liq bo‘lgan zararlardan qutilib qolishga yordam beradi.
Shunning uchun u budjet to‘lovlariga doir hisob-kitoblarning to‘g‘ri-ligi va ularning O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka mu-vofiq o‘z vaqtida o‘tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Budjetga to‘lanadigan to‘lovlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respubli-kasining Soliq qo‘mitasi bilan, ayrim to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi esa Davlat Soliq Qo‘mitasi va Moliya vazirligining tegishli yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Soliqlar bo‘yicha qarzlar yuridik shaxslarning budjet oldidagi majbu-riyati hisoblanadi va odatda, ma’lum sanada to‘lanadi. Soliq qonun-chiligining tez-tez o‘zgarishi va me’yoriy hujjatlar ayrim qoidalaridagi zid-diyatlar soliqlarga doir hisob-kitoblarda tasodifiy xatolarni keltirib chiqari-shi mumkin. Soliqlar bo‘yicha qarzlar sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilga-nida quyidagi xatolar aniqlanishi mumkin:

  1. soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun hujjatlari va yo‘riqnomalarning noto‘g‘ri qo‘llanishi;

  2. soliq stavkalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi;

  3. soliqqa tortiladigan bazaning noto‘g‘ri aniqlanishi;

  4. penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi.

Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish;

  2. soliq organlariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning buzib ko‘rsa-tilishi yoki yashirilishi;

  3. budjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni no-to‘g‘ri turkumlash yoki hisob-kitob qilish;

  4. soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun bosh va korxo-nalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish.

Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo‘llash, soliq solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to‘lash muddatlari, hisobot-larni tayyorlash va hokazo talablar aks ettiriladi.
Soliq majburiyatlarining noto‘g‘ri aniqlanishi katta moliyaviy yo‘qo-tishlar keltirib chiqarishini hisobga olib, auditorlar ushbu uchastkada tek-shiruvlarni tashkil etish va o‘tkazish texnologiyasiga alohida e’tibor be-rishlari lozim. Tekshiruvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  1. budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishga yuqori malakali muta-xassislarni jalb qilish;

  2. xodimlarni soliqqa tortish masalalariga oid tezkor axborotlar va me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash;

  3. auditorlar oddiy kundalik muammolar ustida takroran ishlamas-liklari uchun, korxona ichida soliqqa tortishning dolzarb masalalariga doir axborotlar va ishlanmalarni almashishini tashkil etish;

  4. mijoz tomonidan taqdim qilinadigan, soliqqa tortish masalalariga doir yozma axborotlar sifatini samarali nazorat qilish;

  5. korxona ichida soliq bo‘yicha maslahat berish texnologiyasini bar-po qilish va budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirish natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan ishchi hujjatlarining maxsus shakllarini ishlab chiqish.

Budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditorlik amallariga shak-lan rioya qilinishigagina tayanish mumkin emas. Shuning uchun budjet bilan hisob-kitoblar ahvoli to‘g‘risida yakuniy xulosani auditorlar guruhi-ning rahbari qilishi kerak. U asosiy soliqlar bo‘yicha aniqlangan barcha ta-fovutlarni va ularning soliqqa tortiladigan baza shakllanishiga ta’sirini ba-holash imkoniga ega.
Foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i korxonaning moliya-xo‘-jalik faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatib, hisob-kitob qilishda ham, tekshiruv o‘tkazishda ham qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan umum davlat soliqlaridan shu ikkalasiga batafsil to‘xtalib, qolgan soliqlar va yi-g‘imlar bo‘yicha esa auditorlar tomonidan qo‘llaniladigan umumiy tek-shiruv qoidalarini bayon qilamiz.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin