Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


B). Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini tekshirish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə132/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

B). Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini tekshirish.
Auditor korxona shtatidagi xodimlardan, shuningdek, pudrat shartno-masi va mehnat bitimi bo‘yicha ishga jalb qilingan shaxslardan daromad solig‘i olishning to‘g‘riligini tanlov usuli bilan tekshirishi kerak. Auditning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi talablariga rioya qilinayotganligini tekshirish va yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklarni tu-gatish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. Yillik umumiy daromad bilan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromad jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadini tashkil qiladi. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik hollarda jami daromadni hisoblash va imtiyoz-larni qo‘llashda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xususan, ko‘pchilik hollarda xo-rijiy valutada olingan daromadlar asossiz ravishda so‘mga hisoblab o‘tka-zilmaydi, bunday hisoblab o‘tkazish esa daromad olingan vaqtida amalda bo‘lgan, O‘z. R. MB kursi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Ayrim hol-larda O‘zbekiston Respublikasi Nafaqa fondiga ushlangan summaga jami daromad kamaytirilmaydi. Ko‘pgina hollarda xizmat safari xarajatlarini qoplash normalaridan oshgan summalar va natural shaklda olingan daro-madlar soliqqa tortiladigan daromadga kiritilmay qoladi. Natural shaklda olingan daromadlar yillik jami daromad tarkibida davlat bahosi bo‘yicha hisobga olinishi lozim, ular bo‘lmaganda esa daromad olingan kundagi bozor bahosi bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Jismoniy shaxsning yillik umumiy daromadiga mehnat haqi shaklida olingan daromadlar, jismoniy shaxslar mulkidan oladigan daromadlari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad kiradi.
Soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri aniqlash uchun jami daromaddan quyidagilar chegirib tashlanadi:

  1. ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir davlat nafaqalari (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan nafaqadan tashqari): xizmat va-zifalarini bajarish bilan bog‘liq xodimlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun berilgan summalar;

  2. ishdan bo‘shaganda to‘lanadigan nafaqalar, Shuningdek, ishdan bo‘-shatilayotgan xodimlarga korxonadan ketayotganda to‘lanadigan barcha turdagi pullik kompensatsiyalar;

  3. olinadigan alimentlar;

  4. davlat zayomlari, davlat majburiyatlari, lotoreyalardan tushadigan daromadlar;

  5. bir yil davomida oylik minimal ish haqining 12 barobar miqdo-rigacha bo‘lgan moddiy yordam summasi,

  6. boshqa bir qator daromadlar (ularning ro‘yxati amaldagi qonunchi-likka asosan belgilanadi).

Soliq xodimning kalendar yilining boshidan boshlab olgan, jami daro-madining belgilangan chegirma va beriladigan imtiyozlarni ayirishdan qol-gan qismidan hisoblanib, har oyda ushlab qolinadi.
Auditor Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiq-langan «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga muvofiq belgi-langan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligini va soliqning hisoblanishi to‘g‘-riligini tekshirish kerak.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin