E). Qishloq xo‘jalik korxonalarida to‘lanadigan yagona yer so-lig‘ini tekshirish. Auditor yagona yer solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni tek-shirishi uchun soliqning mohiyatini va uni tartibga soluvchi me’yoriy bazani bilishi zarur.
Yagona yer solig‘i yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish uchun 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab joriy qilingan.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishga egalik qilish va foydala-nish uchun berilgan yoki ijaraga olingan yer maydonlari soliq obyekti hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari va agrofirmalar yagona yer solig‘ining to‘lovchilaridir.
O‘rmon, baliq va ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklari, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yordamchi qishloq xo‘jaligi ham-da «Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘zda tutilgan soliqqa tortish shartlari saqlab qolingan dehqon xo‘jaliklari yagona yer solig‘i to‘lamaydi.
Yagona yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 1998-yil-ning 10 oktabrida qabul qilingan «Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqa-ruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26 dekabridagi 539-sonli qarori-ga asosan joriy qilingan. Yagona yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lgan, qish-loq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining shu soliq bo‘yicha davlat budjeti bilan hisoblashish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasining Ad-liya vazirligi 1999-yilning 22 yanvarida 609- tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan “Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomada belgi-langan. Yagona yer solig‘i soliqqa tortiladigan yer maydoni, baza stav-kalari va tuzatish koeffitsiyentlariga asosan, soliq to‘lovchilar tomonidan mus-taqil ravishda hisoblanadi.
Soliqqa tortish maqsadida erlar sug‘oriladigan erlar, lalmikor erlar , o‘tloq va yaylovlar, jamoat binolari va xonadonlar bilan band bo‘lgan erlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo‘llar bilan band bo‘lgan erlar hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa erlarga bo‘linadi. Har bir yer guruhi bo‘yicha tegishli baza stavkalari va tuzatish koef-fitsiyent-lari qo‘llaniladi.
Sug‘oriladigan erlar bo‘yicha bali «0» don 10 gacha bo‘lgan birinchi sinfga kiradigan erning 1 gektari uchun absolut summada belgilangan so-liq stavkasi baza stavkasiga qabul qilingan. Baza stavkalari tuman va sha-harlar bo‘yicha belgilangan. Yer maydonlarining qaerda joylashganligiga, sifati (ball-boniteti) va suv bilan ta’minlanganligiga qarab baza stavkalari tegishli tuzatish koeffitsientlariga asosan o‘zgartiriladi.
Lalmikor erlar hamda o‘tloq va yaylovlar uchun viloyatlar bo‘yicha belgilangan baza stavkalari qo‘llaniladi.
Jamoat binolari va xanodonlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo‘llar bilan band bo‘lgan erlar hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmay-digan boshqa erlar bo‘yicha tegishli tuman va shaharlarning sug‘oriladigan erlarining birinchi sinfi uchun belgilangan stavkalar baza stavkasiga qabul qilingan.
Qishloq xo‘jaligi uchun belgilangan erlarning maydoni yer tuzish xiz-mati tomonidan olib boriladigan erlarni hisobga olish va erlar inventari-zatsiyasining ma’lumotlari bilan qishloq xo‘jalik ekinlari va yer may-donlarini o‘lchash ma’lumotlari hamda maxsus loyihalash va qidiruv tash-kilotlari olib borgan tekshirish ma’lumotlari balan tasdiqlanishi kerak.
Auditor qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar soliqni hisoblash varaqasini soliq inspeksiyasiga joriy yilning 1-fevraligacha taqdim qil-ganligini, Shuningdek, soliq yilda ikki marta, ya’ni yillik soliqning 30 % dan kam bo‘lmagan qismi 1 iyulgacha, qolgan qismi 1 dekabrgacha to‘lan-ganligini aniqlashi lozim.
Yagona yer solig‘ining hisoblangan summasi davr xarajatiga olib bori-ladi. Budjet bilan olib boriladigan hisob-kitob 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik (turlari bo‘yicha)» hisob schyotining «Yagona yer so-lig‘i» analitik schyotida olib boriladi. Hisoblangan soliqning summasi shu schyotning kreditidan 9439-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga olib boriladi.
– Yagona yer solig‘ining to‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq soliqning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javogardirlar.