9. Ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir hisob-kitoblar auditi
Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondlariga to‘lovlar hisoblanishi hamda to‘lanishini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagilar bajariladi:
– har bir fond turi bo‘yicha va sug‘urta turi bo‘yicha to‘lov (badal) hi-soblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchliligini aniqlash;
– tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallari stavkalarini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish;
– hisoblashlarni tekshirish;
– sug‘urta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.
Ma’lumotlarda tafovutlar bo‘lgan hollarda fondlar va debet yoki kredit oborotlari tekshirilib, tafovutlar ko‘lami aniqlanadi. Keyinchalik ushbu tafovutlarning sabablari aniqlashtirilishi lozim.
Moliyalashtirish manbayidan qat’i nazar barcha asoslar bo‘yicha xo-dimlar foydasiga hisoblangan, pul va (yoki) natura shakldagi to‘lovlarning barcha turlari ushbu fondlarga sug‘urta badallarini hisoblash uchun obyekt hisoblanadi.
Sug‘urta badallarini hisoblash uchun qo‘llaniladigan bazaning ishonch-liligini tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
– hisobot davrida hisoblangan va to‘langan mehnat haqi hamda bosh-qa to‘lovlar turlarini aniqlash;
– haqiqatda sug‘urta badallari hisoblangan to‘lovlar turlarini, tegishli ijtimoiy sug‘urta fondiga sug‘urta badallari hisoblanmaydigan to‘lovlar ro‘yxatiga muvofiq ular hisoblanishi yoki hisoblanmasligi lozim bo‘lgan to‘lov turlari bilan taqqoslash;
– tegishli fondlar bo‘yicha sug‘urta badallarining to‘liq to‘lanmagan (yoki oshiqcha to‘langan) miqdorini aniqlash.
Oldin hisoblanmasdan, korxona kassasidan berilgan har xil to‘lovlarni (moddiy yordam, mukofot) maxsus e’tibor bilan tekshirish kerak.
So‘ngra hisoblangan va to‘langan sug‘urta badallarining hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini aniqlash zarur. Bunda xodimlarga to‘langan to‘lov-larning sug‘urta badallarini hisoblash moliyalashtirish manbasi hisobidan aks ettirilayotganligiga e’tibor qaratiladi. Tekshiruv natijalari ishchi huj-jatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor aniqlangan tafovutlarning hisobot ko‘r-satkichlariga (tannarx va moliyaviy natijaga, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarzlar miqdoriga), jiddiyliklik darajasini hisobga olgan holda, qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi.