Yo). Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni tekshirish. Mol-mulk solig‘ini tekshirish. Bu soliq korxonalarni mavjud aktivlar-dan samarali foydalanishga va keraksiz mulklar to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikni rag‘batlantirish uchun joriy qilingan. Bu soliqni soliqqa torti-ladigan mulki, bankda muddatsiz depozit schyoti bo‘lgan va mustaqil ba-lansdagi huquqiy shaxslar to‘laydi.
Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq huquqiy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i u qaysi manbadan olinganidan qat’i nazar, korxona balansida turgan barcha asosiy vositalar va nommoddiy aktivlarning yillik o‘rtacha qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bunda auditor soliqqa tortiladi-gan obyektlarning summasini va har choraklikda yil boshidan o‘sib boruv-chi jami bilan hisoblanadigan soliq summasining to‘g‘riligini tekshirishi lozim. Jismoniy shaxslar uchun esa, ularning mulki hisoblangan kvartira-lar, chorbog‘ va bog‘ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va insho-otlar qiymati, shuningdek, avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq obyekti hisoblanadi. Auditor jismoniy shaxslarning mol-mulkini soliqqa tortishni tekshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan belgilangan soliq stavkalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor be-rishi lozim.
Soliq stavkasi korxonaning balansidagi asosiy vositalar (lizing shart-nomasi bo‘yicha olinganlari ham qo‘shilgan) va nomoddiy aktivlarning eskirishi ayrilmagan o‘rtacha yillik qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Mulk summasi uning o‘tgan har oyning 1sanasiga bo‘lgan qoldig‘i bo‘yicha hisoblanadi. Bunda choraklikning boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlarning yarmi bilan qolgan oylarning 1-sanasiga bo‘lgan qoldiqlar qo‘shilib, 12ga taqsimlanadi.
IV chorak uchun to‘lanadigan soliq yillik balansning tegishli mod-dalari bo‘yicha o‘rtacha qoldiqlardan hisoblangan soliqdan 9 oy uchun to‘-langan soliq summalarini ayirish bilan aniqlanadi.
Auditor huquqiy va jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqlar bo‘yicha belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini tekshiradi. Bun-da u Soliq kodeksining 92 va 93-moddalariga rioya qilinganligini aniq-lashi lozim. Auditor huquqiy va jismoniy shaxslarning mulkiga solinadi-gan soliqni hisoblash va to‘lash tartibiga qanday rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor berishi zarur. Bunda u Soliq kodeksining 94-mod-dasiga muvofiq huquqiy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘-yicha joriy to‘lovlar budjetga har oyning 20-kunidan kechiktirmasdan, yillik to‘lov summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lanib ke-linayotganligini aniqlashi kerak. Shu bilan birga soliq to‘lovchilar tomoni-dan mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisoblash varaqalarini soliq organlariga yilning choraklari bo‘yicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshirilishini ham o‘rganish zarur.
Jismoniy shaxslarning imorat, bino va inshoatlari uchun mol-mulk so-lig‘i ularning har yil 1 yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat ko‘r-satish idoralari beradigan inventarizasiya qiymatiga doir ma’lumotlar aso-sida, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa mazkur obyektlarning majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun qo‘llani-ladigan baholar asosida hisoblanishi tekshiriladi.
Auditor, agar korxonadagi mol-mulklar bir necha mulkdorlarning ulushbay asosida umumiy mulki bo‘lgan holatlarni tekshirganda mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib ravishda to‘langanligini aniqlashi lozim. Yangi qurilgan imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan boshlab to‘lanishini e’tibordan chiqarmaslik kerak.
Bulardan tashqari, meros bo‘lib o‘tgan yoki bir mulkdordan ikkinchi-siga o‘tgan mol-mulklarning soliqqa tortilish tartibi ham tekshiriladi
Tabiiy ofat yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qolgan mol-mulklar bo‘-yicha soliq undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan boshlab to‘xtatiladi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va to‘-lov muddatlariga rioya qilinishi ham tekshirilishi zarur.