4. Zaxira kapitalini tekshirish
№21 BHMS ga muvofiq korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq foy-da hisobidan yaratilgan zaxiralar, aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘lgan inflatsion zaxiralar, qaytarib berilmaslik sharti bilan olingan mol-mulklar zaxira kapitalini tashkil etadi. Zaxira kapitalining mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi.
8510-«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»;
8520-«Zaxira kapitali»
8530-«Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklar»
Auditor zaxira kapitalini tekshirishda, dastavval, uni shakllantirish uchun asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar mavjudligi va ularga rioya qilinayotganligini aniqlaydi. Balansning «Zaxira kapitali» moddasi bo‘yicha mavjud summaning tegishli sanaga tuzilgan sintetik va analitik hisob registrlaridagi (8510, 8520 va 8530 schyotlar bo‘yicha kredit) qoldiqlariga tengligi tekshiriladi.
So‘ngra har bir schyot bo‘yicha qoldiq summalar, debet va kredit oborotlar mohiyatan tekshiriladi.
Masalan, 8510-«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti bo‘yicha qoldiq summa qachon paydo bo‘lganligi, mulklarni qayta baholash to‘g‘risida hukumat qarorlari, uslubiy ko‘rsatmalar, korxona hisob siyosati va boshqa asoslar mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, qayta baholash bo‘yicha bajarilgan hisob-kitoblar to‘g‘riligi (har bir analitik hisob obyekti bo‘yicha), qayta baholash natijalarining tegishli analitik hisob registrlarida aks ettirilishi va schyotlar bog‘lanishi (provodkalar) to‘g‘ri belgilanganligi tekshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar va boshqa xo‘jalik yuri-tuvchi subyektlarda yaratilgan zaxira kapitalining mavjudligi va o‘zgarishi 8520-«Zaxira kapitali» schyoti ma’lumotlari bo‘yicha tekshiriladi. Bunda auditor, zaxira kapitalini shakllantirishga doir O‘zbekiston Respublikasi-ning amaldagi qonunlari va ta’sis hujjatlarining tegishli qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi.
Zaxira kapitaliga foydadan ajratmalar, uning korxona ta’sis hujjatlari-da ko‘zda tutilgan korxona ustav kapitalining 10 % etmaguncha ajratila-veradi.
Auditor ushbu kapitalning to‘g‘ri tashkil etilishi va to‘ldirilib bo-rilishini tekshirishda ajratmalar hisobiga yaratilgan zaxira kapitali ustav kapitalining 10% dan oshmaganligi, mulklar (asosiy vositalar)ni qayta baholashda hosil bo‘lgan inflatsion zaxiralarning hammasi 8531-schyot kreditiga olib borilganligini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |