Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Qo‘shilgan kapitalni tekshirish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə148/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
Qo‘shilgan kapitalni tekshirish
\
№21 BHMS ga muvofiq 8400-«Qo‘shilgan kapitalni hisobga oladigan schyotlar»da oddiy va imtiyozli aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan emission daromadlar (8410) va ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo‘lgan kurs tafovutlari (8420) aks ettiriladi. Auditor ushbu kapital tarkibining to‘g‘ri shakllanishi va o‘zga-rishlarini tegishli asos bo‘luvchi hujjatlarga muvofiq tekshirib, natijalarini o‘zining ishchi hujjatlarida qayd qilib borishi zarur. Jumladan, aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar kirimi, nominal va birja (bozor) bahosi o‘rta-sidagi farqni aniqlash hamda hususiy kapital tarkibida qo‘shilgan capital-ning shakllanishini to‘g‘ri aks ettirish va h. k. Bunda asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
1). Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng ishtirokchilar (ta’-sischilar) qo‘shadigan ulushlar (obuna bo‘lingan aksiyalar) summasi ustav kapitalida aks ettirilganda:
Debet 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarz-lari»(agar aksiyaga obuna bo‘linsa-obunachilar bo‘yicha ochilgan analitik schyotlar);
Kredit 8310-«Ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schyotlardan tegishlisi, agar aksiyaga obuna bo‘linsa, uning nominal qiymatiga Kt-8310, 8320-schyotlar )
Kredit 85420-schyot – aksiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan qismiga (emission daromad)
1). Ta’sischilar (ishtirokchilar) tomonidan ta’sis shartnomasiga muvo-fiq ulushlar (moddiy, nomoddiy, pul mablag‘lari va h. k ko‘rinishida) te-gishli dastlabki hujjatlar (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, naklad-noylar, kassa kirim orderlari, bank ko‘chirmalari)ga asosan, topshirilgan-da:
Debet 0110-0199, 0440-0490, 0710, 0720, 0810, 1010-1090, 1110, 1120, 2810, 2820, 2910, 5010, 5110, 5210 –schyotlardan tegishlilari.
Kredit 4610-schyot (ta’sischilar bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar)
Auditor 8410-«Emission daromadlar» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo‘yicha analitik hisobning tashkil etilishi va yuritilishining to‘g‘riligini tekshirishi lozim. Bunda qo‘-shimcha to‘langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha alohida yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. Shuningdek, hisobdan chiqarilgan va sotilgan aksiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va hissadorlarning shaxsiy schyotlari bo‘yicha axborot-larni yetkazib berish imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin