Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə150/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Takrorlash uchun savollar



  1. Ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisoblashishlarni audit qilishda qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?

  2. Ustav kapitalini shakllantirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  3. Ustav kapitali hisobi va hisoboti auditi qanday o‘tkaziladi?

  4. Auditor ta’sis hujjatlari bilan tanishtirishida qanday ma’lumotlarni tekshirishi lozim?

  5. Ustav kapitalini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo‘lib xizmat qiladi?

  6. Ustav kapitalini shakllantirshida va ta’sischilar bilan hisoblashish-larda soliqqa tortish tekshirish xususiyatlari qanday amalga oshiriladi?

  7. Fondlar va rezervlarni audit qilishda qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?

  8. Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini nazorat qilish qanday tashkil etiladi?

  9. Rezerv fondini tashkil qilish va undan foydalanishning qanday qoyidalari mavjud?

  10. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobining holati va yuritish tartibi qanday tekshirladi?

  11. Fondlar va rezervlar muomalalarini audit qilishda qaysi hujjatlar va buxgalteriya hisobi schyotlari tekshirish manbalari hisoblanadi?



IX bob. MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI


1. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo‘nalishlari
2. Davr sarflarini tekshirish.
3. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar) larni tekshirish.


1. Moliyaviy natijalarni tekshirishning asosiy yo‘nalishlari

Qoidaga ko‘ra, foyda (daromad) korxonalar tomonidan quyidagi maq-sadlar uchun ishlatiladi: foyda (daromad) solig‘ini to‘lash; boshqaruvning tegishli qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo‘shiladigan, o‘tgan yilgi foyda hisobidan ustav kapitalini ko‘paytirish; dividendlar to‘lash.


Qo‘shma korxonalar foydasiga keladigan bo‘lsak, u budjetga to‘lanadi-gan summalar va zaxiralar yaratish ularni to‘ldirishga yo‘naltirilgan summalar chegirib tashlanganidan so‘ng, qo‘shma korxona ishtirokchilari o‘rtasida, ularning ustav kapitalidagi hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi, agar ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Qo‘shma korxonaning xorijiy ishtirokchilariga korxona faoliyatidan olingan foydani taqsimlash natijasida tegishli bo‘lgan, so‘m va chet el va-lutalaridagi summalarni, Shuningdek, taqsimlangan erkin muomaladagi valutada olingan daromadning tegishli ulushini ularning mamlakatlariga o‘tkazib berish kafolatlanadi.
Auditor korxonaning foydasi (daromadi)ni va moliyaviy holatini tek-shirishda quyidagilarni puxta o‘rganishi lozim: tayyor mahsulotlar, tovar-lar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foydalar yoki ko‘rilgan za-rarlar; davr sarflari, ularning asoslanganligi, tasdiqlangan smetaga muvo-fiqligi va moliyaviy natijaga ta’siri.
Bunda, jumladan, quyidagilarni tahlil qilish zarur: asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi (bino va inshootlarni buzish va bo‘laklash, qurilma-larni demontaj qilish va shunga o‘xshashlar), asosiy vositalarni boshqa tashkilotlar va korxonalarga sotish yoki berishda paydo bo‘lgan zararlar; nomoddiy aktivlarni boshqa korxona va tashkilotlarga sotish yoki berishda paydo bo‘lgan zararlar; aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan ko‘rilgan zararlar; jarimalar, peniyalar va neustoykalar to‘lash bilan bog‘liq zararlar; asosiy faoliyatdan olinadigan foyda, boshqa daromadlar va boshqa tushu-mlar hisobidan zaxira qilinib, boshqa korxonalar va tashkilotlar (chet ellik-larni ham qo‘shib), shuningdek, ayrim shaxslar bilan hisob-kitoblarga doir shubhali qarzlar summalari; «Boshqa daromadlar va tushumlar» ga quyi-dagilar kiradi: korxonaning asosiy fondlari va boshqa mulklarini sotishdan olingan daromadlar; da’vo muddati o‘tib ketgan, kreditor va deponentga o‘tkazilgan qarzlarni hisobdan o‘chirishdan olingan daromadlar; undirilgan jarimalar, peniyalar, neustoykalar va xo‘jalik shartnomasining boshqa shartlari buzilganligi uchun undiriladigan boshqa turdagi sanksiyalar; korxona ichidagi oshxonalar, yordamchi xo‘jaliklar va boshqalardan olina-digan daromadlar va tushumlar; moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va sarflar. Bunda moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga oladigan schyolar (9500) guruhi bo‘yicha 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590 schyotlar ochilib, daromadlar tegishli tarzda hisobga olib bo-rilganligi tekshiriladi. Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlarni tekshi-rishda auditor moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oladigan 9610, 9620, 9630 va 9690 schyotlarning ma’lumotlarini ham tekshiradi.
Shuningdek, favqulodda olingan foydalar va ko‘rilgan zararlar ham tekshirilishi lozim. Bunda auditor 9710«Favqulodda olingan foyda» va 9720«Favqulodda ko‘rilgan zarar» schyotlarining analitik hisobi va dast-labki hujjatlar ma’lumotlarini tekshirishi zarur. «Mahsulotlar (ishlar, xiz-matlar) tannarxiga qo‘shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakl-lantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning sharhlarida ko‘rsatilishicha, xori-jiy davlatlar amaliyotida favqulodda zararlarga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatdan ko‘rilgan katta yo‘qotishlar; urush va boshqa siyosiy notinchliklar natijasida ko‘rilgan yo‘qotishlar; mamlakatda qonunchiligining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan yo‘qotishlar, masalan, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish (natsionalizatsiya) haqida qaror qabul qilish, ayrim faoliyat turlarini ta’qiqlash va boshqalar. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: favqulodda yo‘qotishlar meteorologik, seysmik va boshqa tegishli xizmatlarning sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi; korxona mulklari favqulodda hodisalardan sug‘urta qilin-ganligi va boshqalar.
Auditor moliyaviy natijalarni tekshirishda quyidagilarni ham aniqlashi lozim: budjetga soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi; shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiralar yaratilishining to‘g‘riligi; foydaning korxona ishtirokchilari o‘rtasida o‘z vaqtida va to‘g‘ri taqsimlanishi; aksiyadorlarga dividendlar to‘lashning to‘g‘riligi.
Agar hisobot yilining oxiriga kelib debitor qarzlarning inventarizat-siya materiallarini tahlil qilish natijasida shubhali debitor qarzlar aniq-lansa, unda korxona shu miqdorda shubhali qarzlar bo‘yicha zaxira yara-tishi mumkin. Bunda qarzdorning moliyaviy holati, to‘lov qobiliyati va qarzni to‘liq yoki qisman summada qoplay olish ehtimoliga qarab zaxira hajmi har bir shubhali qarz bo‘yicha alohida aniqlanadi. Yaratilayotgan zaxiralar summasi 9430«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti(joriy yilning yakuniy hisob-kitobi bo‘yicha) yoki 8710-«Hisobot yilining taq-simlanmagan foydasi» schyoti (oldingi yildagi foyda hisobidan) debeti va 4910 «Shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiralar» schyoti kreditida aks ettiriladi.
Ushbu masalani ko‘rib chiqishda auditor quyidagilarni tekshirishi lo-zim: shubhali qarzlar bo‘yicha zaxira yaratish uchun zarur hujjatlarning mavjudligi (korxona debitor qarzlarining inventarizatsiya ro‘yxati, solish-tirish dalolatnomalari, to‘lovga layoqatsizlik haqida ma’lumotnoma va b); shubhali deb tan olingan qarzlarni hisobdan o‘chirishning to‘g‘riligi; ish-latilmagan shubhali qarzlar bo‘yicha zaxira summalarining tegishli yil foy-dasiga qo‘shilishi.
Ayrim tarmoqlarning korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan ta’mirlash ishlari o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxi-rasi yaratadilar. Agar ta’mirlanadigan asosiy vositalar ishlab chiqarish uchun tayinlangan va shu jarayonda ishlatiladigan bo‘lsa, bu zaxiraga qili-nadigan ajratmalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘r-satish) xarajatlari tarkibiga «boshqa xarajatlar» elementi bo‘yicha qo‘shi-ladi. Zaxira hajmi ta’mirlash ishlari uchun kutilayotgan xarajatlar qiymati-dan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Auditor ta’mirlash ishlari uchun zaxiralarning to‘g‘ri tashkil etilishi va ishlatilishini tekshirishi zarur. Bunda quyidagilar tekshiriladi: zaxira yara-tish uchun Moliya vazirligining ruxsati borligi; ta’mirlash o‘tkazish uchun smeta va titul ro‘yxati; zaxiralardan foydalanishni hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi; to‘laligi va o‘z vaqtidaligi; foydalanilmagan zaxira qoldig‘i qolganda «storono» qilish yo‘li bilan zaxiralarni yopish; debet 2010, 2310, 2510 kredit 8910 «Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar zaxirasi» («Asosiy vositlarni ta’mirlashga doir kelgusidagi xarajatlar zaxirasi» analitik schyoti).



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin