Jarima summasini hisoblash uchun jarima solish to’g’risida qaror chiqarilgan sanadagi eng kam oylik ish haqi miqdori asos qilib olinadi.
Byudjetdan tashqari va xayriya jamg’armalarining amaldagi tushumlari (a’zolik badallarini ham qo’shgan holda) jarima hisoblashda asos bo’ladigan yalpi tushum hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar jarima solish to’g’risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 11-mod-dasiga muvofiq: «Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjat-larida nazarda tutilgan tartibda o’tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari o’rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risidagi shartnomada belgilab qo’yiladi». [3]
Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaroriga ko’ra o’tkazi-ladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o’tkazishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z oldiga asosan quyidagilarni maqsad qilib qo’yishi mumkin:
buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaldagi qonun-chilikka muvofiqligini aniqlash;
butun buxgalteriya hisobi tizimini yoki uning ayrim bo’limlarining ahvolini nazorat va tahlil qilish;
buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining me’yoriy ta’minlanganligini aniqlash;
hisobni kompyuterlashtirishda qo’llaniladigan vosita va uslublarni baholash;
soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir hisob-kitoblar ahvolini tekshirish va h. k.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi har xil sabablarga ko’ra o’tkazilishi mumkin. Birinchidan, bozor iqti-sodiyotiga o’tish munosabati bilan xususiylashtirilgan va aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan ko’plab sobiq dav-lat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi barham topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabatlarning yangi turlari hisob obe’ktlariga aylandi. Ikkinchidan, mulk egalari, investorlar va aktsiyadorlarning korxona moliya-xo’jalik faoliyatining ahvoli to’g’risidagi xolis axborotlarni talab qilishlari. Shuningdek, buxgalter xodimlarining beqarorligi ya’ni o’zgarib (almashlanib) turishi, ular malakasining pastligi va boshqalar. Uchinchidan, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va islohotlarning chu-qurlashtirilishi munosabati bilan me’yoriy hujjatlarning tez-tez o’zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va h. k. Bunday muammolar bilan to’qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik tashkilotlariga yordam so’rab murojaat qilmoqdalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, majburiy auditorlik tekshiruvi to’liq (kompleks) o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya’ni ixtiyoriy audit esa to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin. Shuningdek, tashabbus tarzidagi auditda tekshiruvlar chuqurligi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan: hisob ma’lumotlarini dastlabki hujjatlardan boshlab to’la va yoppasiga tekshirish; dastlabki hisob ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab tekshirish.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 15-mod-dasiga muvofiq auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik tashkiloti tomonidan, ular o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan o’tkaziladi (3).
Shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha ishlarga haq to’lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari (tergov organlari, sud va arbitraj sudi) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga topshiriq berishlari mumkin. Bunday topshiriq huquqni muhofaza qilish organlarida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganida beriladi:
qo’zg’atilgan ( qayta ko’rilayotgan) jinoiy ishlar;
fuqarolik ishini qabul qilish (qayta ko’rish);
arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan bunday topshiriqlar mazmuni jinoiy ish qo’zg’atish (qayta ko’rish), fuqarolik ishini qabul qilish (qayta ko’-rish), arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar uchun asos bo’lgan holatlarga mos kelishi lozim. Bunday topshiriqlarga muvofiq o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlar muddati auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan holda aniqlanib, odatda 1 oydan oshmasligi lozim.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazishga topshiriq bergan hu-quqni muhofaza qilish yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruv o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari, zarur hollarda auditorlar va ular oila a’zolarining shaxsiy xavfsizliklarini ham ta’minlashi lozim. Shuningdek, oldin tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati aynan bir xil asoslarga ko’ra oldingi tekshiruvni o’tkazgan auditorlik tashkiloti tomonidan qayta tekshirishga ruxsat etilmaydi.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma’lumotlar faqat mazkur organlar ruxsati bilan va ular ruxsat qilgan hajmda oshkor qilinishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari bo’yicha tuzilgan au-ditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protses-sual kodeksiga muvofiq taynlangan sud-buxgalteriya ekspertizasi xulosasiga tenglashtiriladi.
Sud-buxgalteriya ekspertizasi ayrim o’ziga xos xususiyatlari bilan auditorlik tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi. Ko’p hollarda ekspertiza ekspert muassasalarining maxsus xonalarida o’tkaziladi. Zarur hollarda ekspertiza o’tkazish joyi ekspert tomonidan, ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Xulosa tuzish uchun zarur bo’lgan dastlabki va yig’ma buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obektlari bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, ekspertiza o’tkazish jarayonida taftish dalolatnomasi, ekspert xulosalari, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko’rsatmalari va ishdagi boshqa materiallarda keltirilgan ma’lumotlardan ham foydalanish mumkin.
Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni aniqlashga doir masalalar hal etiladi:
tovar-moddiy zahiralar, pul mablag’larining kamomadi yoki oshiqcha chiqishi va moddiy zarar summalari bilan bog’liq ma’lumotlarning haqqoniyligi;
tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablag’larining harakatiga doir muomalalarni rasmiylashtirishning to’g’riligini;
moliya-xo’jalik faoliyatiga doir muomalalarni hujjat-larda aks ettirishning buxgalteriya hisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshqa tegishli me’yoriy huj-jatlarga muvofiqligi;
tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko’rsatmalarining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga muvofiqligi;
materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va pul mablag’-larini kirimi, chiqimi hamda hisobdan o’chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi; hisobga olinmay qol-gan mahsulotlar hajmi va qiymatini texnologlar, tovarshunoslar va boshqa mutaxassislar xulosalarini hisobga olgan holda aniqlash;
fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da’volarga doir summalar miqdorining hujjatlar bilan asoslanganligi;
tovar-moddiy zahiralar va pul mablag’lari kamomadi yoki oshiqcha chiqishi vujudga kelgan davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, hamda ekspertiza jarayonida buxgalteriya hisobi va nazorat talablariga rioya qilinma-ganligi aniqlanganda, buning uchun mas’ul shaxslar;
moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan yoki uning o’z vaqtida aniqlanishiga to’sqinlik qilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining kamchiliklari.
Auditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti(AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Bunday xizmatlarga quyidagi-lar kiradi:
a) buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish
b) moliyaviy hisobotni tuzish;
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;
g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish;
j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin. [3]
Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro’yxati kengaytirilishi va to’ldirilishi mumkin, ammo hozirgi ko’rinishda ham auditorlik tashkilotlari tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning qanchalik xilma-xil ekanligini ko’rsatmoqda.
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish;
o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish printsipiga rioya qilish va hokazo.
Mijoz-korxona rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin.
Ta’kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murojat qilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini alohida ko’rib chiqamiz.