Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Turli debitorlar va kreditorlar bilan



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə138/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

10. Turli debitorlar va kreditorlar bilan
hisob-kitoblar auditi

Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo debitor va kreditor qarzlarning paydo bo‘lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob-kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi.


Bu muomalalarni tekshirishga kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans -moddalari bo‘yicha to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma’lumotlari bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan schyotlar bo‘yicha qol-diqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So‘ngra hisob-kitoblar har qaysi turi bo‘yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo bo‘lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo‘lganligi, uni undirib olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya’ni de-bitorlar o‘z qarzlarini tan olgan xatlar yoki hisob-kitoblarni taqqoslash da-lolatnomalari mavjudligini, da’vo qilish muddatlari o‘tkazib yuborilma-ganligini, qarzlarni yopish yoki undirish uchun qanday choralar ko‘rilayot-ganligini aniqlashi lozim.
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi buyicha 4810-4890, 6910, 6920, 6930 va 6990 - schyotlarning hisob registrlari va hisobotlardagi buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda to‘rgan qarzlar tekshiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyati va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomala-larini tekshirishga o‘xshash.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilma-xilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish chog‘ida ushbu schyotlar qo‘llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (Yani 4810-4890, 6910, 6920, 6930 va 6990 schyotlarda boshka hisob-kitob schyotlarida hisobga olinadigan muomalalar aks ettirilmayotganligini aniqlaydi).
Auditor yil oxirida to‘lanmagan, deponentlanmagan summalar buyi-cha haqiqatda to‘langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur.
Ijro varaqasi bo‘yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va sh. k. ) to‘g‘-riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to‘lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tek-shiriladi. Bunday summalarni o‘tkazishning o‘z vaqtidaligi va to‘liqligi shaxslar bo‘yicha qarzlarning ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o‘tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Notijorat tashkilotlar (budjet tashkilotlari) bilan hisob-kitoblarni tek-shirishda shartnomalar mavjudligi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chi-qarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish man-balarini aniqlashning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o‘qi-tish, malaka oshirish bilan bog‘liq va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo‘lsa, o‘quv uchun to‘lovlar «Xarajatlar tarkibi . . . to‘g‘risidagi Ni-zom»ga muvofiq tannarxga qo‘shilishi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo‘lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko‘rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta’minot tashkilotlarida o‘tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da’vo muddatlari hamda debitor qarzlarni undirish bo‘yicha xo‘jalik sudiga murojaat qilish tartibi tekshiri-ladi. Shuningdek, debitor va kreditor qarzlarining inventarizasiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun auditor turli debitor va kre-ditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazi-shni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni umumlashtiradi va 4810-4890, 6910, 6920, 6930, 6990 - schyotlar bo‘yicha hisob hamda hisobot malumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to‘g‘riligini baholaydi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin