Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


a). Bank kreditlari bo‘yicha hisob-kitoblar auditi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə140/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

a). Bank kreditlari bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.
Bank kreditlarini jalb qilish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha manbalaridan hisob-lanadi.
Korxonalar bilan bank o‘rtasidagi kredit munosabatlari tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va mas’uliyatlarini belgilaydigan, kredit shartnoma-lariga asosan tartibga solinadi.
Tekshiruv chog‘ida auditor kredit shartnomalarining haqiqatda mav-judligini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq kredit shartnomalari kredit munosabatlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari bilan tuziladi.
Auditor shartnomalarni tahlil qilib, ularda quyidagi masalalar o‘z aksini topganligini aniqlaydi:

  1. kredit berishning maqsadi;

  2. kredit muddatlari;

  3. kreditni berish va qaytarish tartibi hamda shartlari;

  4. majburiyatlarni ta’minlash shartlari;

  5. foiz stavkalari, foizlarni to‘lash tartibi va muddatlari;

  6. kreditni berish va qaytarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va mas’uliyatlari;

  7. bankka taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxati va taqdim qilish mud-datlari;

  8. boshqa shartlar.

Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarz-larini qaytarish tartibini (pul mablag‘lari ko‘rinishida, veksel berish yo‘li bilan, o‘zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarish-ning to‘liqligi va o‘z vaqtidaligini auditor bank ko‘chirmalari bo‘yicha tekshiradi.
7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo‘yicha uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to‘lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko‘rsatiladi.
Auditor kreditlar bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko‘rilayotganligini aniqlaydi. Bunda bank ssudalari bo‘-yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjud bo‘lganida kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko‘tarilib borganini aniqlashi zarur. Chunki bu kor-xona daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlari bo‘yicha 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» bilan bog‘langan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kredit-larning o‘z vaqtida qaytarilishini tekshiradi.
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta o‘zaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko‘rilgan zararlar-ning hajmi to‘g‘risida fikr bildirishi lozim.
Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga ham e’tibor qaratishi zarur. Kafillik, kafolat xati, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo‘yish kredit ta’minotining asosiy turlaridir. Shulardan garov to‘g‘risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda quyida-gilarni tekshirish zarur: garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo‘yilgan mulklarning qancha-lik aniq ko‘rsatilganligi va hokazo.
Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valuta schyotidan pul o‘tkazish hamda qimmatli qog‘ozlarni berish yo‘li bilan qaytarilishi mumkin.
Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi.
Foizlar to‘lanishini tekshirishda ular tannarxga qo‘shilganligini aniq-lash zarur. Umuman olganda bu moliyaviy natijani buzib ko‘rsatmaydi, le-kin uslubiyatdan chetga chiqishga olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl)da aks ettirilgan, foyda tarkibi shakllanishini, bunday summalar katta bo‘lganida esa «To‘langan foizlar» moddasi ko‘rsatkichlarining buzib ko‘rsatilishiga olib keladi. Qoidabuzarliklarning bunday turini aniqlash va yetarli darajada auditorlik dalillariga ega bo‘lish uchun hujjatlarni tekshirish va kredit uchun foiz summalarining arifmetik hisob-kitobi kabi usullardan foydalanish maqsad-ga muvofiqdir. Tekshiruvda axborot manbalari sifatida kredit shartnoma-lari, analitik hisob registrlari va hisob-kitoblar hamda foizlarni aks ettirish bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalaridan foydalanish zarur.
Korxonalar amaliyotida qarz mablag‘lar hisobidan sotib olingan mulk-larni baholashda xatolarga yo‘l qo‘yish hollari uchrab turadi.
Auditor tomonidan aniqlangan, baholash tamoyillarining buzilish hol-lari uzoq muddatli aktivlar(asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va shunga o‘xshashlar)ni sotib olish qiymatiga, kapital mablag‘ bilan ta’minlashga olingan kreditlar uchun foizlar, ushbu obyektlar balansga qabul qilingani-dan so‘ng qo‘shilgan hollarda yuzaga keladi.
Me’yoriy hujjatlarda kapital xarajatlarni amalga oshirishda kreditlar-ning foiz to‘lovlarini obyektlarning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shishga, ular balansga qabul qilinishiga qadar amalga oshirishga ruxsat etilgan. Obyektlar balansga qabul qilinganidan so‘ng to‘langan kredit uchun foizlar dastlabki qiymatga qo‘shilmaydi, balki moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Kredit va qarzlarni tekshirish doirasidagi budjet bilan hisob-kitoblar tekshiruvi bilan kesishadigan amallar bo‘yicha kapital xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlashga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz summalari asoslanadi.
Agar asosiy vositalar kredit hisobidan sotib olingan bo‘lsa, auditor korxonaning mazkur imtiyozlardan foydalanganligini tekshirishi lozim. Bunda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlanishi mumkin:

  1. imtiyozning bankdan tashqari olingan kreditlar uchun qo‘llanil-ganligi;

  2. hisoblangan, ammo hisobot davrida to‘lanmagan foiz to‘lovlari ham imtiyozga kiritilganligi. Soliq qonunchiligiga muvofiq foyda solig‘i bo‘-yicha imtiyoz summasini hisoblashda faqat haqiqatda qilingan xarajatlar va chiqimlar hisobga olinishi mumkin. Kapital xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida olingan va ishlatilgan bank kreditlarini qaytarish uchun imtiyoz, kapital xarajatlarga yo‘naltirilgan summalar doirasida, ya’-ni imtiyoz summalarini hisoblash uchun faqat haqiqatda bankka to‘langan foizlar doirasida beriladi;

  3. foizlar oldindan kapital xarajatlar tarkibida hisobga olinib qo‘yil-ganda, qayta qo‘shilishi;

  4. nomoddiy aktivlar yoki qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun sarflangan kredit mablag‘lari uchun foizlarning imtiyozga qo‘shilishi. Soliq qonunchiligiga muvofiq nomoddiy aktivlarni sotib olish yoki yara-tish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kapital xara-jatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun imtiyoz berishda hisobga olin-maydi.

Foizlarni aks ettirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar moliyaviy natijalar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Auditor korxonaning o‘z mablag‘ manba-larining hisobiga hisobdan o‘chirilgan quyidagi dalillarni aniqlashi lozim:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkalari pasay-gan holda, kredit uchun foizlarning undan oshgan qismi (agar shartnomada foizlar o‘zgarishi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa);

  2. joriy faoliyat uchun olingan kreditlar bo‘yicha uchta punktga oshi-rilgan, hisob stavkasidan oshgan foizlar hamda valuta kreditlari bo‘yicha belgilangan stavkalardan oshgan foizlar;

Shunday qilib, kredit shartnomalarini tekshirish chog‘ida auditor quyi-dagilarga e’tibor qaratishi lozim:

  • kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining hajmi;

  • kreditlar bo‘yicha foizlar stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki qaytadan mablag‘ bilan ta’minlash (remoliyalashtirish) stavkasiga nisbati;

  • kredit shartnomalari bo‘yicha foizlar stavkalarini O‘zbekiston Res-publikasi Markaziy Banki qaytadan mablag‘ bilan ta’minlash stavkalari-ning o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgartirish ko‘zda tutilganligi. Bu «Xara-jatlar tarkibi … to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kreditlari bo‘yicha yangidan o‘rnatilgan stavkalar yangi-dan tuzilgan va muddati o‘zaytirilgan shartnomalarga hamda hisob stav-kalarining o‘zgarishi ko‘zda tutilgan, oldin tuzilgan shartnomalarga ham qo‘llaniladi. Mazkur qoida kapital xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun olingan kreditlarga qo‘llanilmaydi.

Korxonalar amaliyotida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasini kredit shartnomasida begilangan foiz stavkalaridan pasay-tirganida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining yangidan belgi-langan stavkasidan oshgan qismini, ko‘rsatilgan foizlarni o‘z manbalari hi-sobiga hisobdan o‘chirib, o‘z manbalari hisobiga olib borish hollari uchraydi. Bunda korxona o‘z faoliyati natijalarini shakllantirish tamoyillarini buzadi.
Xorijiy valutada olingan kreditlarga doir muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi milliy valutadagi, ya’ni so‘mda olingan kre-ditlarni aks ettirishga o‘xshash. Ammo bunday kreditlarni tekshirish cho-g‘ida auditor ularning olinish xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Chunki ular valuta muomalalari qatoriga kiritilib, xususan, norezidentlardan jalb qilingan kreditlar ko‘rinishida olingan valuta mablag‘lari kirimi majburiy sotilmaydi. Bunda valutada olingan kreditlar bo‘yicha kurs tafovutlarini aniqlash va aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish zarur.
Kurs tafovutlarini hisoblash «Chet el valutasida amalga oshiriladi-gan muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotda aks ettirish TARTIBI»ga muvofiq amalga oshiriladi.
Shuningdek, auditor kreditlarning turlari bo‘yicha schyotlar rejasining to‘g‘ri qo‘llanilishini, ushbu schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob-ning qanday tashkil etilganligini, analitik hisob ma’lumotlarining sintetik hisob registrlari va Bosh daftar ma’lumotlariga mosligini tekshiradi.
Analitik hisobning tashkil etilishi har bir shartnoma bo‘yicha va kre-ditlarning turlari bo‘yicha tekshiriladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin