Ma’ruzalar matni



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə21/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

CHo‘kindi tog‘ jinslari. CHaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari-qum va shag‘al beton uchun to‘ldiruvchi, temir-yo‘l qurilishida ballast sifatida va yo‘l qoplamlarida ishlatiladi. Qum shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xom ashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida ishlatiladi.
Gilli cho‘kindi tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqa minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi.
Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular yog‘lik va olovga bardoshli bo‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir.
Qumtoshlar-kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Konglomerat va brekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho‘kindi tog‘ jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi.
Kimyoviy (xemogen) cho‘kindi jinslarga karbonatlar, sulfatlar va allitlar kiradi.
Karbonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50% ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50% ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza dolomitga qadar o‘zgaradi.
Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar mergel deyiladi. Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi.
Ohaktosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, xattoki qora rangda, dolomit esa oq, sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi.

3.4 Toshlarni qayta ishlash


Toshlarni karyerlash:Tabiiy toshlarni ishhlab chiqarishda yagona kashf etilgan uslub bu toshlarni karerlash jarayonidir.Tabiiy qoyalarning ochiq qismi karyer sifatida belgilanadi.Karyer joyi tanlab olinayotganda bir qancha belgilar masalan yetarli darajadagi sifatli toshni borligi, tashish qulayliklari, arzon ishchi kuchi,yomg’ir suvini miqdori va boshqalar aniqlanib chiqiladi.
Toshni karyerlash asboblari: Toshni karyerlash asboblari bir nechta bo’lib ular ponalar,shpilkalar,bolg’a,tirnovchi qoshiq va boshqa asboblar kerak bo’ladi.
Karyerlash uslublari: Qoyalarning tosh ishlab chiqaraishga qulay bo’lgan qismi foydali minerallar deb ataladi va bu minerallarni ishlab chiqarish konchilik sanoati deb ataladi.Konchilik jarayonida bosh joylarni ochish qazish deb ataladi va ochilgan konlar karerlanadi.Karyerlash bir necha xil maqsadlarda olib boriladi masalan turli xil qurilishda ishlatiladigan toshlarni toppish ham bu maqsadlar qatoriga kiradi.Turli xil karyerlash malakasiga ega bo’lish muhimdir lekin qurilish ishlarida maxsus toshlarni ajrata bilish malakasini bermaydi.Qoyalarning tabiiy va ustki qatlamiga bog’liq holda va qaysi toshlar muhimligi jihatidan karyerlash qazish ponalash qizdirish yoki portlatish yo’llari bilan amalga oshiriladi.




Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin