Ma’ruzalar matni


-rasm. Struktura turlari (sxemasi)



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə17/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

3.1-rasm. Struktura turlari (sxemasi)


a) notekis donador; b) tekis donador.


Kvars (SiO2) kristall tuzilishga ega bo‘lib, o‘ta zich, mustahkam va agressiv muxitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi. Qattiqligi jixatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Erish harorati 17000S. Kvars qum sifatida cho‘kindi tog‘ jinsini asosini tashkil etadi.
Dala shpati magmatik jinslarning 60-70% tashkil etadi. Dala shpatining Ortoklaz (K2O.Al2O3.6SiO2) va Plagioklaz (Na2O.Al2O3.6SiO2albit, SaO.Al2O3.2SiO2-anortit) turlari mavjud. Dala shpatining mustahkamligi (120-170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi. Dala shpati emirilishidan glina kabi cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi.
Temir-magnezialli silikatlarga olivin, piroksenlar, amfibolalar, magnezialli silikatlarga ikkalamchi minerallar-serpentinlar, xrizotil asbest va boshqalar kiradi.
Alyumosilikatlarga muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalargidromuskovit, gidrobiotit kiradi. Temir magneziallarni va alyumosilikatlarni rangli minerallar (yashil, to‘q yashil, qoramtir va h.k.) deb yuritiladi. Slyudalardan tashqari bu gurux minerallar tog‘ jinslariga yuqori mustahkamlik va nurashga chidamlilikni beradi.
Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning chuqurlikda asta-sekin sovushidan to‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi. Donalar o‘lchamiga qarab yirik donali (5mm ko‘p), o‘rtacha donali (1-5mm) va mayda donali (0,5-1mm) hamda notekis donador va tekis donador bo‘ladi (3.1-rasm).
Magmatik jinslar asosan massiv teksturaga ega bo‘lib, o‘ta yuqori zichlikka ega bo‘lganligi sababli mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda kam bo‘ladi. Ularning siqilishga mustahkamligi 100300 MPa, o‘rtacha zichligi 2600-3000 kgm3, suv shimuvchanligi 1% kam (hajmiga nisbatan), issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 3 Vt (m.0S) atrofida bo‘ladi.

2.2 CHo‘kindi tog‘ jinslari


CHo‘kindi jinslar magmatik va boshqa jinslarning nurashi, emirilishi, kimyoviy o‘zgarishlari va o‘simliklar chirishi natijasida hosil bo‘lgan. CHo‘kindi jinslar tarkibi va hosil bo‘lishi xarakteriga ko‘ra mexanik, kimyoviy va orgonogen turlarga bo‘linadi.
Mexanik cho‘kindilarga giltuproq, qum, shag‘al singari sochiluvchan jinslar, konglomeratlar, brekchinlar va qumtosh singari sementlangan jinslar kiradi. Bu cho‘kindilar suv, shamol, muz ko‘chkilari yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi mumkin. Kimyoviy cho‘kindilar (gips, dolomit, magnezit va boshqalar) tog‘ jinslarining kimyoviy o‘zgarishlari natijasida hosil bo‘lib, suv vositasida eritma holda ko‘chgan bo‘ladi.
Orgonogen cho‘kindilar o‘simliklar, suv o‘tlari, hayvonot dunyosi chirishidan hosil bo‘lgan. Ularga bo‘r, chig‘anoqli ohaktoshlar, diatomitlar va boshqalar kiradi. CHo‘kindi jinslar nisbatan g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi sababli mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo‘ladi.
CHo‘kindi jinslarni hosil qiluvchi minerallarga kvars, karbonatlar, giltuproqli minerallar, sulfatlar guruxlari kiradi.
Kvars guruxiga opal, xalsedon va cho‘kindi kvars kiradi.
Opal (SiO2.nH2O)-amorf mineral bo‘lib, tarkibida 2-14% (34% gacha) suv bog‘langan. Zichligi 1,9-2,5 gsm3, qattiqligi 5-6, rangi oq, sariq, havo rang yoki qora bo‘lishi mumkin.
Xalsedon (SiO2) tolasimon yoki yopiq kristalli kvars turi bo‘lib, oq,
kulrang, och sariq, qo‘ng‘ir, yashil ranglidir. Zichligi 2,6 gsm3, qattiqligi 6.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin