3.2.Qoyani shakllantiruvchi minerallar: Minerallarni agregatsiya bo’lishi va qoyalarning xususiyati bularni yuzaga keltiruvchi moddalarning xususiyatlari bilan chambarchas bog’liqdir.Ular fizikaviy xususiyatlariga ko’ra o’rganilib chiqiladi va bunda bir qancha belgilar masalan qattiqligi,yorilishi.xususiyati,rangi,yaltiroqligi,o’ziga xos tortishish kuchi va kristallarning shakllari tekshirib chiqiladi.Ba’zi minerallarning xususiyati juda kuchlidir, xususan qattiq va kimyoviy qarshiligi juda kuchlidir (kvarts), ba’zilariniki esa kuchsiz va suvni shimish xususiyati juda kuchli (gips), ba’zi minerallarni yorilish tendensiyasi juda kuchli bo’lib tezda bir yoki bir necha shakllarga bo’linib ketadi ((sluda) shunday qilib qoyalar kuchining pasayishiga tom ma’noda ularning ham hissalari bor albatta.
Minerallarning muhim xususiyatlari quyida batafsil berilgan:
Qattiqlik ehtimol minerallarni baholashni muhim xususiyatlaridan biridir.Bu sinov odatda qattiq modda sifatida mashhur bo’lgan bir necha moddalarni tirnatish orqali baholanadi.
Yorilishi ba’zi minerallarning Kristal yuzalar bo’ylab parallel yorilish qobilyatini belgilash orqali aniqlanadi.Minerallarda yorilishning turli xil ko’rinishlari uchrab turadi masalan prizmatik tarzda yorilish, kubik shaklda yorilish,rom shaklda va boshqa ko’rinishlari mavjud.
Rang xususiyati ham minerallning muhim xossalaridan biridir.
Kukun shakli: B’zi minerallarni rangi ularning kukunidagi rangidan butunlay farq qiladi lekin bu ayrim holatlarda ruda-minerallarini aniqlashda qo’l keladi.
Rang metal minerallarda qimmatli xususiyatlardan biridir, lekin metal bo’lmagan minerallar uchun ikamroq xususiyatga egadir.
Yaltiroqlik minerallning yuza qismini yaltirashi va uning oynaga o’xshagandek, marvariddek va ipakday yorug’likda aks ettishida ko’rinadi.
Kristal: Mineralning tabiiy shakli rivojlanishi va o’sishi uchun imkoniyati bo’lganda uning shakli muhim ahamyatga ega bo’ladi.Bu qoyalarning shakllanishida noramall holat emasdir4.