Zarbga qarshilik. Tabiiy va sun’iy tosh materiallarni (beton, asfaltbeton) avtomobil yo‘llari, trotuar, aerodrom qoplamalari, pol va poydevorlarga ishlatilganda ularni zarbga qarshiligi aniqlanadi. Tosh materiallarning zarbga qarshiligini aniqlash uchun namunaning diametri va balandligi 25 mm bo‘lgan silindr shaklidagi koper tagiga o‘rnatiladi. Zarbga qarshilik (Jm3) namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki hajm birligiga sarflangan solishtirma ish bilan ifodalanadi. Materiallarning zarbga bo‘lgan mustahkamligi ayniqsa seysmik aktivlik yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyo sharoitida katta ahamiyatga egadir.
Qattiqlik. Materiallarga o‘zidan qattiq jism botirilganda qarshilik ko‘rsatish xususiyati uning qattiqligi deyiladi. Materiallarning qattiqligi turli usullar bilan aniqlanadi va o‘lchov birligi ham turlichadir.
Bir jinsli tosh materiallarning qattiqlik ko‘rsatkichi 2.4-jadvalda keltirilgan Moos shkalasi yordamida topiladi.
Ishqalanishga qarshilik. Pol, zinapoya, yo‘l singari ishqalanish kuchi ta’sirida bo‘lgan joylarda ishlatiladigan materiallar ishqalanishga sinab ko‘riladi. Buning uchun kub plita yoki diametri 25 mm ga teng bo‘lgan silindr kabi namunalar tayyorlanadi. Materiallarni edirilish doirasida 1000 marta aylantirilganda namunaning 1 m2 yuzasidan (F)yo‘qotilgan massaga ishqalanishga qarshiligi (I) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
I(m1-m2)F, kgm2 ,
bu erda: m1 va m2 namunaning ishqalanishdan oldingi va keyingi massalari.
Deformativlik Elastiklik-kuch olingandan keyin materialning avvalgi shakli va o‘lchamlarini tiklash xususiyatidir.
Material tashqi kuch ta’sirida qoldiq deformatsiyaning eng avvalgi nuqtasi elastiklik chegarasi deyiladi. Elastiklik chegarasida nisbiy uzayish kuchlanishga to‘g‘ri proporsional bo‘lgani uchun kuch olingach material avvalgi shakli va o‘lchamlarini qoldiq deformatsiyasiz tiklay oladi.
Elastiklik moduli E (YUng moduli). Guk qonuniga binoan ichki
zo‘riqishni (b) nisbiy uzayish yoki qisqarishga () nisbatidir:
E, MPa
Siqilish yoki cho‘zilishdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish bRF
formula yordamida topiladi. Bu erda, R-ta’sir etayotgan kuch; F-ko‘ndalang kesim yuzasi.
SHisha elastik mo‘rt deformatsiyalanadi va elastiklik chegarasida sinadi. Po‘lat, kristall tuzilishli polimerlar yuqori kuchlanishlarda ham elastiklik xususiyatini yo‘qotmaydi va plastik zonada sinadi. Beton, qorishma va shu kabi kompozitsion materiallarga mustahkamlik chegarasining 20% qadar kuch qo‘yilganda chiziqsiz bog‘lanishli elastik deformatsiyalanish yuz beradi. Kauchuk, rezina va shu kabi elastomerlarda elastik deformatsiya 100% dan ham oshishi mumkin. Materialda kuch ta’sirida bo‘ylama va ko‘ndalang deformatsiyalar hosil bo‘lib, ularning nisbati Puasson koeffitsienti (M) bilan ifodalanadi.
Plastiklik materialning tashqi kuch ta’sirida shakli va o‘lchamlarini buzilmasdan o‘zgartirish va kuch olingach avvalgi holatini to‘la tiklay olmaslik xususiyatidir. Bunday materiallarga po‘latning ayrim turlari, plastmassalar, bitumlar va boshqalar kiradi. Plastiklik ko‘p xollarda harorat o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Mo‘rtlik-materialga tashqi kuch ta’sir etganda sezilarli deformatsiyalanmagan xolda buzilishi uning mo‘rtligidir. Mo‘rt materiallar siqilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatib, egilishga va cho‘zilishga yomon ishlaydi. Mo‘rt materiallarga tabiiy tosh, shisha, beton, silikat va shu kabilar kiradi.