Egilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallarning egilishga sinaganda namuna ikki tayanchga qo‘yiladi va simmetrik ravishda eguvchi kuch ta’sir ettiriladi.
2.2-jadval
Ba’zi qurilish materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi
Egilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallarning egilishga sinaganda namuna ikki tayanchga qo‘yiladi va simmetrik ravishda eguvchi kuch ta’sir ettiriladi.
To‘g‘ri to‘rt burchak kesimli namunaning o‘rtasiga qo‘yilgan bitta yig‘indi kuch ta’siridan uning egilishdagi mustahkamlik chegarasi (Reg, MPa) quyidagicha topiladi:
3Pbuz l Reg 2bh2 Agar ikkita yig‘indi kuch namunaning o‘qiga nisbatan simmetrik ravishda qo‘yilgan bo‘lsa, formula quyidagicha bo‘ladi:
3Pbuz (l a)
Reg b 2 ,
h bu erda: Rbuz-buzuvchi kuch, N; l-tayanchlar orasidagi masofa, m; a-kuchlar orasidagi masofa, m; b va h-kesim yuzasining eni va balandligi, m.
Material egilishga sinalganda neytral o‘qning yuqori qismi siqilishga, pastki qismi esa cho‘zilishga ishlaydi. Odatda materiallarning buzilish alomatlari (darz, yoriq va sh.k.) ularning cho‘ziluvchi qismida boshlanadi.
CHo‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallar cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab uch guruxga bo‘linadi:
1)cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan ko‘p bo‘lgan tolali materiallar (yog‘och, shisha tolasi);
2)cho‘zilishdagi va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi o‘zaro teng yoki oz farq qiluvchi materiallar (po‘lat);
3)cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan kam bo‘lgan materiallar (tosh materiallar, shisha, cho‘yan va sh.k.).
Materiallarning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun undan davlat standartida ko‘rsatilgan namunalar tayyorlanadi.
Mo‘rt materiallarning (tabiiy toshlar, beton, sementli qorishma, keramika va sh.k.) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagi
mustahkamlikning 110-150 qismini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda materiallarning mustahkamligini ultratovush impuls usulida aniqlash joriy etilmoqda. Bu usul namunada ultratovushning tarqalishi, so‘nishi va rezonans holatlarga asoslangan.
Materiallarning mustahkamligini aniqlash standart usullari namunalari 2.3 jadvalda berilgan.
2.3-jadval