Ma’ruzalar matni


-rasm Toshlarni qayta ishlash asboblari



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə22/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

3.3-rasm Toshlarni qayta ishlash asboblari
Qazish:Yerlarga ko’milgan toshlar yoki ustki qatlamdagi toshlar qoshbosh, iskana, bolg’a yordamida qaziladi.
Pona qoqish:Karyerlashning bu uslubi qiymati arziydigan, yumshoq va qavatlarga bo’lingan qoyalar masalan qumtosh,ohaktosh,marmar va slaneslarda qo’llaniladi.
Qizdirish karyerlash uchun qulay bo’lgan kichgina, ingichka va qoyalarning toshlarini masalan granit va gneissni ajratib olgan holda amalga oshiriladi.Bir joyda to’plangan yoiqlg’i qoyaning kichgina maydonining yuza qismida yondiriladi.Shundan keyin qoyalarning ustki qatlami birin-ketin ajraladi.Keyin boshab qolgan qoyalarning qismlari xohlagan shaklda bo’laklarga bo’linadi
Portlatish:Portlovchi moddalar masalan portlovchi kukun, portlovchi paxta,dinamit va kardit vositalaridan foydalaniladi.
Parmalash: Qoyadagi teshiklar teshiladi va parmalanadi.Vertikal teshiklar uchun parmalovhi metallardan foydalaniladi.Bu jarayon davom etib turgan paytda teshikka to’xtovsiz suv qo’yib uni yumshatib turiladi.Bu jarayon paytida loyli gillar chiqadi ularni oradan olib tashlash talab qilinadi.
Portlatish Dastlab o’ralar butunlay quritiladi va o’ralarga talab qilingan hajmda portlovchi narsalar qo’yiladi.O’ralarni quritish uchun eski latta-puttalar bog’lab chiqiladi va agar namlik mavjud bo’lsa bular namlikni shimib oladi.
Portlashda ehtiyot chorasi:Har xil falokatlar portlatish paytida yuz beradi.Quyidagilar bu jarayon uchun foydali ko’rsatmalardir:
1) Portlatish kechqurun va ertalabki soatlarda amalga oshirilmasligi kerak. Portlatish soatlari ma’lum bir ogohlantiruvhi signallar orqali ishlovchilarga va yaqin atrofda turuvhi aholiga bildirib quyilishi kerak.
2) Xavfli zona hududi taxminan 200 m radius hajmda bo’lib m’lum belgilar bilan belgilanishi kerak.
3) Birinchi yordam berishga barcha sharoitlar qilingn bo’lishi kerak.Portlatishlar soni yozib borilishi kerak.
4) Portlovchi moddalar omborlarda ehtiyotkorlik bilan saqlanishi kerak.
5) Detonator va portlovchi moddalar bir joyda saqlanmasligi kerak.
6) Katridjlar qo’lda rezina yoki politelin qo’lqoplar bilan tashilishi kerak.
7) Eng ko’pi bilan 10 ta o’ra bir vaqtda portlatilishi kerak, undan ortig’i xavfli bo’lishi kerak5.
Ohaktosh va dolomit zaxiralari hamma qit’alarda uchraydi, qazib chiqarish va qayta ishlash oson. SHu tufayli ular qurilishda poydevor va devorlarda, binolarni bezashda, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida, ohak va sement bog‘lovchilari olishda ishlatiladi. Dolomit bog‘lovchi va olovbardosh materiallar, sement, shisha, keramika va metallurgiya sanoatida ishlatiladi.
Sulfatli jinslarga gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan yumshoq bo‘ladi. Angidrit oq, yashilsimon, och kulrang va kulranghavorang ranglarda bo‘ladi. Gips va angidrit tosh xolatida qurilishda bog‘lovchilar olishda ishlatiladi. Gips konlari Markaziy Osiyo tog‘larida ko‘plab uchraydi va tozaligi bilan farqlanadi.
Magnezit asosan magnezit minerallaridan iborat bo‘lib, olovga bardoshli materiallar, bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Magnezit bog‘lovchi yog‘och chiqindilari asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi.
Allit jinslariga glinozyomlar-boksitlar va lateritlar kiradi. Boksit-alyuminiy gidroksidi qizil, qo‘ng‘ir, jigarrang, yashil-kulrang ranglarda bo‘lib, olovbardosh, qum qayroq, alyuminiy ishlab chiqarishda xomashyodir. Laterit kaolinit va temir gidrookisdan iborat. Qizil, qo‘ng‘ir va sariq ranglarda bo‘ladi. U agressiv muxitlarda ishlatilishi mumkin.
Orgonogen cho‘kindi jinslarga ohaktosh, bo‘r, trepel, opoka, diatomit kabilar kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli suv o‘tlari va ohaktoshning aralashishidan paydo bo‘lgan. Orgonogen ohaktoshning bir turi bo‘r hisoblanadi. Bo‘r oq rangli, yumshoq jins bo‘lib, bo‘yoq, zamazka uchun pigment, ohak va sement kabi bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
CHig‘anoqli ohaktosh zichligi 0,8-1,8 gsm3, engil arralanuvchan, teksturasi chiroyli jins bo‘lgani uchun qurilishda ichki, tashqi devor va pollarni qoplashda ishlatiladi. Uning chiqindilari beton uchun to‘ldiruvchi sifatida foydalaniladi.
Diatomit, trepel va opokalar asosan diatomitli suv o‘tlari qobiqlari, toshga aylangan mikroorganizmlardan, amorf kremnezemdan iborat uvalanadigan tog‘ jinslaridir. Ular issiqlik izolyasiyasi materiallari olishda, sement uchun mineral aktiv qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin