Beton klassi-0,95 koeffitsient bilan kafolatlangan betonning biror bir xossasini belgilaydigan ko‘rsatkichdir. Bu degani betonning muayyan xossasi klass bo‘yicha 100 holatdan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 holatdagina chekinish bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
Betonlar quyidagi klasslarga bo‘linadi: V1; V1,5; V2; V2,5; V3,5; V5; V7,5; V10; V12,5; V15; V20; V25; V30; V40; V45; V50; V55; V60.
Betonning 7 klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati, normativ variatsiya koeffitsienti V13,5 bo‘lsa, RqV0,778 bo‘ladi, masalan,
V10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi Rsiq12,85 MPa.
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsienti aloxida namunalar mustahkamliklarini o‘rtacha mustahkamlikka, o‘rtacha kvadrat chekinishlarini o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik bo‘lib, oddiy betonlar uchun V13,5 % deb qabul qilinishi mumkin. Umuman variatsiya koeffitsienti 20% oshmasligi shart.
Betonning qotishi
Beton normal sharoitda uzoq muddat davomida sement va suv o‘rtasida bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar natijasida qotadi. Beton markadagi mustahkamlikka erishmasdan ilgari qurishi yoki muzlashi uning strukturasi buzilishiga va xossalarining yomonlashishiga olib keladi.
Beton qorishmasi qoliplangach, quruq issiq iqlim sharoitida namlikni saqlash maqsadida, turli plyonkalar, sepiladigan polimerlar yordamida suvning bug‘lanib ketishini chegaralash mumkin.
Kuz-qishki sharoitda betonni muzlashdan saqlash uchun isitish vositalarini qo‘llash, betonni issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan muhofazalash yoki beton tarkibiga suvni muzlatmaydigan kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shish mumkin.
Portlandsement asosida tayyorlangan va normal sharoitda qotayotgan beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishi taqriban logarifm qonuniyati orqali ifodalanishi mumkin:
lgn RnR28 lg28 ,
bu erda: Rn-n sutkadagi betonning mustahkamligi (kamida 3 sutka); R28-
betonning markadagi mustahkamligi; n-betonning qotishi kunlari. Bu usulda beton mustahkamligini aniqlash konstruksiyalarni qolipdan bo‘shatishni belgilashda ishlatiladi. Beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishini aniqroq bilish uchun avvaldan tayyorlangan, tajribalar asosida qurilgan grafiklar beton namunalarini 3,7,28, 90 sutkada sinab mustahkamligi aniqlanadi.
Portlandsement asosida tayyorlangan beton mustahkamligi normal sharoitda 7-14 sutkada 60-80% markadagi mustahkamlikka erishadi. Betonning dastlabki vaqtdagi mustahkamligini oshirish uchun tez yoki o‘ta tez qotuvchan portlandsement turlari ishlatish yoki issiqlik bilan qayta ishlash mumkin. Beton qotishini tezlashtirish qoliplarni aylanma qayta ishlatilishi yoki monolit beton ishlatilganda qurilish jarayonini tezlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Betonning kirishishi va shishishi
Beton asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalar ochiq havoda qurishi natijasida kirishadi. Betonning kirishishi natijasida o‘lchamlari o‘zgaradi, ichki zo‘riqishlar hosil bo‘lib, mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Betonning kirishishiga namligining kamayishi, karbonlanish va kontraksiya jarayonlari sababchi bo‘ladi.
Beton tayyorlanganda aralashtirilgan suvning bir qismi sement bilan reaksiyaga kirishib gidrominerallar hosil bo‘lishiga, ikkinchi qismi esa to‘ldirgichlar yuzasini xo‘llashga sarf bo‘ladi, ortiqcha suv asta-sekinlik bilan betondan bug‘lanib chiqib ketadi. Suvning bug‘lanishi va gidrominerallar hosil bo‘lishiga sarflanishi betonning kirishishiga va ichki mikrodefektlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Sement toshi tarkibidagi kalsiy ishqorining (Sa(ON)2) karbonlashishi natijasida kalsiy karbonatning (SaSO3) hosil bo‘lishi betonning kirishish jarayonini chuqurlashtiradi. Sement toshida yuz beradigan kontraksiya holati natijasida hosil bo‘ladigan betonning kirishishi umumiy kirishishning 510% tashkil qiladi. Demak, betonda hosil bo‘ladigan asosiy kirishish qorishma tayyorlanayotganda qo‘shilgan ortiqcha suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Betonning kirishishi natijasida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish tayyorlangan buyum yoki konstruksiyaning qalinligiga ham bog‘liq bo‘ladi. CHunki massiv konstruksiyalarda yuza qismlari qurib, ichki qismlari nam holda bo‘lishi betonda notekis kirishishni keltirib chiqaradi, natijada sement toshi va to‘ldirgichlar kontakt sohasida ichki mikroyoriqlar hosil bo‘ladi.
Betonda hosil bo‘ladigan kirishishni, ya’ni ichki zo‘riqishlarni kamaytirish uchun iloji boricha ortiqcha texnologik suv miqdorini kamaytirish, to‘ldirgichlar fraksiyalari uzluksizligini ta’minlash kerak. Beton, qorishma va sement toshining kirishishi 6.10-rasmda berilgan. Demak, sement toshi tarkibiga mayda va yirik to‘ldirgichlarning kiritilishi mutanosib ravishda kirishishini kamaytiradi.