Ma’ruzalar matni


-jadval Havoyi ohakka qo‘yilgan texnik talablar



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə53/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

5.1-jadval
Havoyi ohakka qo‘yilgan texnik talablar

Ko‘rsatkichlar

Kalsitli ohak navlari

Magnezialli va dolomitli ohak navlari

Gidratli ohak navlari

1

2

3

1

2

3

1

2

3

Aktiv SaOMgO miqdori

90

80

70

85

75

65

67

60

50

So‘nmagan zarrachalar miqdori

7

11

14

10

15

20

-

-

-

Ohakni tashish, saqlash va ishlatish. So‘ndirilmagan donador ohak temir yo‘l vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik ta’siridan saqlash zarur. Ohak pushonka va kukun ohak jips yopiladigan metall konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda va bitumlangan yoki yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli avtosamosvallarda, ohak suti esa avtotsisternalarda tashiladi.
Ohak pushonkani qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarga joylab qisqa muddat saqlash mumkin. Ohak kipelkani qurilish maydonlarida usti yopiq holda uzoq muddat saqlash va zarurat bo‘lganda undan ohak qorishmasi tayyorlash mumkin. Kukun ohakni bir oydan ortiq saqlash mumkin, aks holda havodagi namlik ta’sirida aktivligi asta-sekin kamayadi.
Havoyi ohak keramik g‘isht va bloklar terishda, suvoqchilikda ishlatiladigan murakkab va oddiy qorishmalar tayyorlashda, bo‘yoq tarkiblari uchun bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.
Havoyi ohak namlik va suv muhitiga chidamsizligi tufayli u asosidagi qorishmalar va buyumlarni poydevorlar qurishda, yog‘in-sochin ta’sirida bo‘ladigan joylarda ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Havoyi tuyilgan ohak va ohak pushonka asosida ohak putssolanli va ohak-shlakli gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-shlakli bog‘lovchilar donador domna shlaki va havoyi ohakni (2030%) birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bog‘lovchining qotish jarayonini yaxshilash uchun tarkibiga 3-5% gips qo‘shiladi. Bunday bog‘lovchilar normal sharoitda sekin qotadi, lekin issiq nam havo bilan ishlanganda qotishi tezlashadi.
Ohak-putssolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka, diatomit, gliej va boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-shlakli va ohak-putssolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga chidamli, ammo sovuqqa chidamliligi past bo‘ladi.
Havoyi ohakning katta qismi silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, engil va og‘ir silikat betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Havoyi ohakni tashish, saqlash va ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak bog‘lovchisi ishqoriy muhit bo‘lib, terini, nafas olish a’zolariga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin