Quyuqlanish davri. Vika asbobi yordamida aniqlanadi. Igna taglikka 1-2 mm etmaganda quyuqlanish davri boshlanganini, igna qorishmaga 1-2 mm gagina kirsa, quyuqlanish oxirlaganini bildiradi. Oddiy sementlarda quyuqlanish 45 minutdan keyin boshlanib, 10 soatgacha davom etadi. Sementning quyuqlanish davri klinkerni maydalayotgan paytda 3-5% gips (massaga nisbatan) qo‘shib boshqariladi.
Hajmining bir tekisda o‘zgarmasligierkin xoldagi SaO va MgO lar gidratatsiyasidan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish natijasidir. Bu xossa normal quyuqlikdagi sement hamirini 24 soatdan keyin 3 soat davomida suvda qaynatilib, radial yoriqlarning hosil bo‘lmasligi bilan aniqlanadi.
Portlandsement aktivligi va markasio‘lchamlari 4x4x16 sm li,
sement-qum 1:3 nisbatdagi qorishmasidan (massa bo‘yicha), ss=0,4 bo‘lgan, 28 sut davomida qotgan (birinchi sutkada qolipda va 27 sut xona haroratidagi suvda) namunalar sinab topiladi. Namunalar avval egilishga sinaladi, so‘ng hosil bo‘lgan yarimtalik prizmalar siqilishdagi mustahkamlikka sinaladi. Sement aktivligi siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga barobar kattalikdir. Sement markalari esa, yaxlit kattalik bo‘lib, 400, 500, 550 va 600 (kgsm2).
Sement qotayotganda issiqlik ajratib chiqarishiuning mineralogik tarkibiga bog‘liq. Issiqlik ajralishi yupqa konstruksiyalarda yoriqlar hosil qilmaydi, ammo massiv konstruksiyalarda harorat farqi 400S gacha ko‘tarilishi mumkin. Harorat farqidan hosil bo‘lgan ichki zo‘riqish konstruksiyalarning buzilishiga olib keladi. Buni ogohlantirish uchun past ekzotermikli sement ishlatish, sement miqdorini kamaytirish, zarur hollarda sun’iy sovutish mumkin.
Sement qabul qilish qoidalarigabinoan u partiyalarda zavodlardan yuboriladi va joylarda qabul qilinadi. Sement zavodining quvvatiga qarab sement partiyasi 300 dan 4000 t gacha bo‘lishi mumkin. Sement haqidagi ma’lumot pasportda qayd etilib partiyasi bilan birga joylarga yuboriladi. Pasportda sementning nomi, markasi, normal quyuqligi, qo‘shimchalar miqdori va issiqlik bilan ishlangandagi aktivligi ko‘rsatiladi. Sementni qabul qiluvchi tashkilot uni fizik, mexanik xossalarini, shu jumladan 3 va 28 sut mustahkamligini, ya’ni markasini aniqlaydi.
Sement bo‘yicha barcha shikoyatlar u qabul qilingach 10 kun ichida ishlab chiqaruvchiga etkazilishi lozim.
Sement tashkilotlarga platformalarda, avtotsemento- vozlarda yoki ko‘pqatlamli qoplarda yuboriladi. Sement tashilayotganda va saqlanayotganda namlik va ifloslanishdan ehtiyotlanishi kerak. Sementning turlari alohida saqlanishi va birga qo‘shib ishlatilmasligi shart.