Ma’ruzalar matni


Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə95/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

3. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish quyidagi asosiy texnologik jarayonlardan iborat: beton qorishmasini tayyorlash, armatura tayyorlash, qolip tayyorlash, konstruksiyani armaturalash, qoliplash, issiqlik bilan qayta ishlash, konstruksiya yuzasini pardozlash, omborxonalarga joylashtirish.
Beton qorishmasini tayyorlash. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodlarida beton qorishmasi bevosita beton qorish sexida tayyorlanadi. Beton qorish texnologiyasi mukammal ravishda 8 bobda berilgan.
Armatura tayyorlash. Armatura sexida armatura karkaslari va to‘rlari maxsus payvandlash uskunalari vositasida tayyorlanadi. Sexda armatura sterjenlari va simlari kalavalar va o‘ramlarni maxsus stanoklarda metall zaklardan, zanglardan tozalanadi, to‘g‘rilanadi, kerakli uzunlikda qirqiladi. Alohida sterjenlar ko‘p nuqtali payvandlash uskunalarida kontakt usulida payvandlab armatura karkaslari va to‘rlari tayyorlanadi.
Armatura karkaslari va to‘rlari zavodning qoliplash sexiga yuboriladi.
Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash sexida maxsus stendlar va qoliplarda gidravlik domkratlar yordamida yoki elektrotermomexanik usulda beton quyilmasdan oldin amalga oshiriladi.
Avvaldan taranglangan armaturalar stend yoki qolipning chekka qismiga moslamalar yordamida maxkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 MPa dan ortganda maxkamlangan armatura bo‘shatiladi.
Buyum va konstruksiyalarni qoliplash. Qoliplash jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat bo‘ladi: qoliplarni tozalash, yig‘ish va moylash, qolipga armaturani joylashtirish, qolipga beton qorishmasi quyish va zichlashtirish.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarning sifati qolip o‘lchamlari aniqligiga va bikrligiga bog‘liq bo‘ladi. Qoliplar odatda po‘lat listlardan tayyorlanadi, xususiy hollarda boshqa metallar qotishmalaridan tayyorlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda qoliplar plastik va shishaplastik listlar asosida tayyorlanmoqda. Misol tariqasida Germaniyaning “Pashal” Verke LTD firmasi plastik qoliplarini keltirish mumkin. Kam foydalaniladigan qoliplarni, yuza tomonini suv yuqtirmaydigan moylar surilgan yog‘och asosida tayyorlash mumkin.
Beton quyishdan avval qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi shart. Qolip yig‘ilgach, beton qolipga yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion tarkiblar bilan moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli betonquygichlar yordamida quyiladi. Betonquygichning turi qoliplanadigan buyum va konstruksiyaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yuzasi katta plitalar, panellar va sh.k. ushbu buyum enini qoplaydigan betonquygich mashinalar vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar maxsus shlanglar, badyalar, transporter kabi betonquygichlar yordamida qoliplanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton zichlashtirish usullari ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, shibbalash, sentrifugalash va hokazo. Eng ko‘p tarqalgan usul qisqa muddatli titratish bo‘lib, titratish maydonlari katta yuzali buyumlar betonini zichlashtirishga imkon beradi.
Qo‘zg‘almas yirik qoliplardagi beton qorishmasi chuqurlik titratkichlari vositasida, yupqa konstruksiyalar esa yuzaki titratgich maydonchalari va to‘sinchalari yordamida zichlashtiriladi.
Bikr va o‘ta bikr beton qorishmalari titratish-vakuumlash, titratishprokatlash va shu kabi aralash usullarda zichlashtiriladi.
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalarni zichlashtirish va qotishini tezlashtirish usullari 6 bobda batafsil izohlangan.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin