Ma’ruzalar matni


Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi fanidan nazorat savollar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə3/22
tarix07.01.2024
ölçüsü1,1 Mb.
#202472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ma\'ruza (1) (1)

Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi fanidan nazorat savollar
G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi
G‘afur G‘ulom ikkinchi jahon urushi yillaridagi lirikasi
G‘afur G‘ulom «Yodgor» asari haqida


ASOSIY ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma'naviyat, 2008.
2. «Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor». O‘zAS gaz.2009 yil, 3 iyul.
3. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T., "O‘qituvchi" nashriyoti. 1999.
4. Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., "Universitet", 2005.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. G‘afur G‘ulom. Asarlar. 12 tomlik. T., "Fan", 1970-1978.
2. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. – T.: O’zbekiston, 2008.
3. Ulug‘bek Hamdam. Yangi o‘zbek she'riyati. - T.: ADIB, 2012.


OYBEK HAYOTI HAYOTI VA IJODI

R e j a
Oybek hayoti va ijodi. Adibning adabiy merosi haqida ma’lumot. Oybek lirikasining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Oybekning 30-yillardagi ijodi. Oybek dostonlarida ijtimoiy hodisalaming badiiy talqini. Oybek tarjimalari. Oybekning adabiy-estetik qarashlari. Oybek- romannavis.


Kalit so‘zlar: "Toshkent", "Pedtexnikum", "Siyosiy iqtisod", "Tuyg‘ular", "Ko‘ngil naylari", "O‘ch", "Baxtigul va Soqindiq", "Davrim jarohati", "Qutlug‘ qon", "Quyosh qoraymas", "Oltin vodiydan shabadalar", "Ulug‘ yo‘l", "Bolalik", "Millatparvarlik", "Millatchilik", "O‘zbekiston xalq yozuvchisi", "Akademik", "Davlat mukofoti", "Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik".
OYBEK (1905-1968)
Oybek XX asr o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biridir. Uning ijodi shu qadar rang-barang va serqirraki, hech mubolag‘asiz, bir yozuvchi qalamiga mansub bu darajadagi boy adabiy merosni o‘zbek adabiyoti tarixida uchratish qiyin.
Tanqidchilik Oybek asarlariga 20-yillarning o‘rtalaridanoq e’tibor bera boshladi.
Oybek asarlarini o‘rganish asnosida o‘zbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligining o‘zi ham rivojlanib bordi. Hozirgacha yozuvchi ijodiga bag‘ishlab o‘nlab dissertatsiyalar, monografiyalar, yuzlab maqolalar yozilgan. Ular ichida O‘.Yoqubovning "G‘oyaviylik va mahorat", "Adibning mahorati", M.Qo‘shjonovning "Oybek romanlarida xarakter yaratish san’ati", "Oybek mahorati" hamda N.Karimovning "Ajoyib kishilar hayotidan" seriyasidagi "Oybek" nomli kitoblarini ko‘rsatib o‘tish o‘rinlidir. Oybekning yigirma jilddan iborat "Mukammal asarlar"i e’lon qilinganligi o‘zbek matnshunosligining jiddiy yutuqidir.
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkentda to‘quvchi oilasida tug‘ildi. U eski maktabda ta'lim oldi. U oliy tahsilni dastlab O‘rta Osiyo Davlat Universitetida boshlab, so‘ng Leningraddagi Xalq xo‘jaligi institutida davom ettirgan. Oybek 1929 yili Toshkentga qaytadi. Uning adabiyot, ilm, musiqa va san’atni hayotining a'moli deb bilgan turkistonlik Zarifa Saidnosirovaga uylanishi hayotida katta rol o‘ynaydi.
Yozuvchi 1942 yilning qish so‘nggida jangchilar orasida bo‘ldi, asarlariga material to‘pladi. Umuman, Oybekning dastlabki she’rlarida, xususan, "Kecha tuyg‘usi", "Qushlar qochingiz", "Oltin qo‘ng‘izcha" kabi ilk lirika namunalarida ayrim tanqidchilar "Mungli ruh", "siniqlik", "mavhum qarashlar", "yot g‘oyalar ta'siri"ni ko‘rgandek bo‘ladilar.
20-yillarning o‘rtalarida Oybek she’rlarida asta-sekin ijtimoiy salmoq kuchaya boshladi. Bu xususiyat uning, ayniqsa, "Tuyg‘ular" (1926), "Ko‘ngil naylari" (1929) nomli she’riy to‘plamlarida yorqinroq ko‘rinadi.
30-yillarning oxirida Oybek ilk bor poema janrining tarixiy-biografik yo‘nalishiga murojaat etib, "Navoiy" (1939) poemasini yaratdi. Poemada Navoiy yashagan davr sharoiti, muhit, jamiyatning murakkabliklari tasvirlanadi.
Dostonlarda orttirilgan tajriba, voqelikni keng epik planda tasvirlash borasida "Evgeniy Onegin" tarjimasidan olingan saboq, Abdulla Qodiriy ijodini tadqiq qilish, "Studentlar" romani ustidagi mashqlar (1930), "Globus" singari hikoyalarda kuchni sinash, "O‘tgan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Qullar", "Sarob" ta'siriga berilish Oybekni nasr tomon yetakladi. Oybekning birinchi romani bo‘lgan "Qutlug‘ qon" asarida xarakter talqinidagi mahorat, umuman, asar voqealari, qahramonlar harakatidagi izchillik hamda tabiiylik, bir so‘z bilan aytganda, uzviy boqlangandir.
Oybek "Qutlug‘ qon"ni yozib tugatishi bilan uni davom ettirish ishtiyoqida bo‘ldi. Urushning boshlanishi adib ijodiy niyatlarini o‘zgartirib yubordi. Nihoyat, 1967 yilda "Qutlug‘ qon"ning davomi "Ulug‘ yo‘l" romani maydonga keldi.
Oybek urush boshlangan kuniyoq "Yovga o‘lim" nomli she’rini yozadi. Fashizmga qarshi kurashga chaqiruvchi "Jasur yigitlarga", "Avtomat", "Izsiz qishloq", "Zafar bizniki" singari she’rlar Oybek poeziyasining eng yaxshi namunalaridan bo‘lib qoldi. "Vatan", "Vatan haqida qo‘shiq", "Vatan qasidasi" she’rlarida Oybek mumtoz va betakror muqaddas Vatan obrazini yaratdi.
Oybek 30-yillarda yozilgan "Sotsialistik lirika uchun", "So‘nggi yillarda o‘zbek poeziyasi", "O‘zbek poeziyasida til", "G‘afur haqida", "Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik" singari maqolalari bilan adabiyotshunoslik rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Oybek Navoiy dunyoqarashidagi jarayonlarni, murakkablikni siljishu o‘zgarish va cheklanishlarni ko‘rsatishga alohida e’tibor berdi.
Navoiy mutafakkir olim va fozil davlat arbobigina emas, balki buyuk shoir edi. Shu sababli u "Navoiy" romanida qahramonini qator epizodlarda ilhom og‘ushida, ijod sehri bilan bandlikda "Farhod va Shirin" ustida ishlash manzaralarida beradi.
Yirik madaniyat arboblari Oybek ijodiga yuqori baho beradilar. Atoqli rus yozuvchisi A.Fadeev "Qutlug‘ qon" va "Navoiy"ni mislsiz voqea bo‘lgan nodir asarlardir" deb baholaydi. Shunday asarlar yaratilganligi sababli, 30-yillar va urush davri Oybek ijodiy yo‘lining yetuklik bosqichini tashkil etadi. Urushdan keyingi yillar esa yozuvchi ijodiy yo‘lining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Turli-tuman ijtimoiy va hayotiy murakkabliklar, ziddiyatlar tufayli Oybek bu davrda ilgarigi bosqichlardagi kabi muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi. Xususan, "Oltin vodiydan shabadalar" romanida konfliktsizlik "nazariya"sining ta'siri sezilsa, "Quyosh qoraymas" asari kompozitsiyasining nomukammalligi bilan kitobxonda qoniqmaslik tuyg‘usini uyg‘otadi. Adibning "Zafar va Zahro", " Haqgo‘ylar", "Nur qidirib" asarlari bo‘lsa Pokiston hayotining biryoqlama, ya'ni hukmron mafkura ta'sirida chizilgan soxta manzaralarini gavdalantirishi bilan adabiyotda sezilarli hodisa darajasiga ko‘tarilmadi. Yozuvchining 60-yillarda yaratilgan "Davrim jarohati" dostoni va "Bolalik" povesti ko‘plab go‘zal haqqoniy manzaralarga boyligi bilan ijodkor iste’dodi butkul so‘nmaganligidan dalolat beruvchi asarlar bo‘lib qoldi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin