Ma’ruzalar matni


Mavzu yuzasidan nazorat va test savollari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə14/22
tarix07.01.2024
ölçüsü1,1 Mb.
#202472
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
ma\'ruza (1) (1)

Mavzu yuzasidan nazorat va test savollari
1. Zulfiya 1953-yillarda qaysi jurnalning bo’lim boshlig’i lavozimida ishlagan?
A) “O’zbekiston xotin-qizlari”
B) “Sharq yulduzi”
C) “Saodat”
D) A va B
2.Zulfiyaning qaysi poetik asarlari Ona-Vatan va uning dala,cho’llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag’ishlangan?
A) “Dalada bir kun” , “Tong qo’shig’i”
B) “Men tongni kuylayman” , “Yuragimga yaqin kishilar”
C) “Hijron kunlarida” , “Quyoshli qalam”
D) “She’rlar” , “Qizlar qo’shig’i”
3. Zulfiyaning urush davrida qanday she’riy to’plamlari nashr etilgan?
A) “Uni Farhod derlar” , “Hijron kunlarida”
B) “Mening vatanim” , “She’rlar”
C) “Bizni kut” , “Dalada bir kun”
D) “Hayot varaqlari” , “Mening vatanim”
4.Zulfiya kimning dostonlari asosida pyesa va opera liberottisini yaratdi?
A) H.Olimjon
B) Oybek
C) A.Qahhor
D) G’. G’ulom
5.Zulfiya “O’ylar” , “Shalola” kabi she’riy majmualari uchun qanday mukofot sovrindori bo’lgan?
A) Javaharlal Neru
B) Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti
C) “Nilufar” mukofoti
D) O’zbekiston xalq shoiri
6.Zulfiya kimlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Nekrasov, Lermontov
B) V.Iber, Lesya Ukrainka
C) Edi Ognetsvert, M.Dilboziy, Amrita Pritam
D) A,B,C javoblar to’g’ri
7.Zulfiya “Mushoira” asarini qachon yozgan?
A) 1932-yilda
B) 1938-yilda
C) 1956-yilda
D) 1958-yilda
8.Zulfiya urushning so’nggi yillarida qanday to’plamlar yaratgan?
A) “Qo’limda qurolu ustimda shinel” , “O’ylar” , “Mushoira”
B) Men tongni kuylayman” , “ Yuragimga yaqin kishilar” , “Kuylarim sizga”
C) “Semurg” , “Zaynab va Omon” , “Shalola”
D) To’g’ri javob yo’q
9.Zulfiyaning ilk she’ri qaysi gazetada bosilgan?
A) “Saodat”
B) “Xalq so’zi”
C) “Ishchi”
D) “Til va adabiyot”
10.Zulfiya 1972-yilda qanday ordenga sazovor bo’lgan?
A) Javaharlal Neru
B) Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti
C) “Krill va Mefodiy” mukofoti
D) O’zbekiston xalq shoiri
11.Zulfiyaning rus tilida nashr etilgan to’plami qaysi?
A) “Vernost”
B) “Palak”
C) “Hijron kunlarida”
D) “Uni Farhod der edilar”
12. Zulfiya Hamid Olimjondan ayrilganidan keyin unga bag’ishlab qaysi she’rlarini yozgan?
1 “Hijron kunlari”. 2 “Baxtiyor sevgini kuylardi sozim”. 3 “Palak”. 4 “Ne baloga etding mubtalo”. 5 “Sen qaydasan yuragim”. 6 “Bahor keldi seni so’roqlab”. 7 “O’g’lim, sira bo’lmaydi urush”.
A) 1,2,4,5,6
B) 1,2,3,6,7
C) 2,3,4,5,6
D) 3,4,5,6,7
13.Zulfiyaning qaysi asari psixologik tahlilning teranlashganligi, umumbashariy falsafa ifodalanganligi bilan ajralib turadi?
A) “Quyoshli qalam”
B) “Xotiram siniqlari”
C) “Hijron kunlarida”
D) “Qizlar qo’shig’i”
14.Zulfiya ijodiga mansub quyidagi ma’lumotlarni mosini toping.
1.Javaharlal Neru mukofoti 2.Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laurenti 3. “Nilufar” mukofoti 4 “.Krill va Mefodiy ordeni” 5. “O’zbekiston xalq shoirasi” 6. “Mehnat Qahramoni”
a)1965; b)1972; c)1971; d)1968; e)1970; f)1984
A) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a, 6-f
B) 1-e, 2-b, 3-a, 4-c, 5-f, 6-d
C) 1-d, 2-c, 3-e, 4-a, 5-b, 6-f
D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f
15.Zulfiya Oybekning so’nggi safariga bag’ishlab qaysi dostonini yaratdi?
A) “Visol”
B) “Yillar,yillar…”
C) “Quyoshli qalam”
D) “Men chizolmagan sur’at”
16.Zulfiya qaysi mamlakatlarga sayohat qilgan?
A) Hindiston, Yugoslaviya, SHri Lanka, Misr, Birma, Avstriya
B ) Hindiston, Yugoslaviya, SHri Lanka, Misr, Amerika, Xitoy
C ) Xitoy , Chexiya , Yugoslaviya, Misr, Hindiston, Bolgariya
D) AQSH, Rossiya, Kuba, Yaponiya, Misr, Chexoslavakiya
17.Zulfiyaning “So’roqlaydi shoirni she’rim” , “Oydin” , “Quyoshli qalam” kabi ocherk va dostonlari qaysi ustozlarning yorqin xotiralariga bag’ishlangan?
A) H.Hakimzoda, Oybek, Oydin, H.Olimjon
B) H.Olimjon, Oybek, M.Shayxzoda, Furqat
C) G’.G’ulom, Mirtemir, H.Olimjon, Fitrat
D) H.Olimjon, M.Yusuf. Oybek, A.Qahhor, Oydin
18. Sog’inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo’l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog’ men eltaman gul.
Ushbu misralar Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan?

  1. “Sog’inib”

  2. “Sen qaydasan yuragim”

  3. “Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh?”

  4. “Sensiz”

19.Zulfiya hind mavzudagi she’rlari uchun qanday mukofot bilan taqdirlangan?
A) “ Nilufar”
B) Javaharlal Neru
C) “ O’zbekiston xalq shoirasi”
D) “Mehnat Qahramoni”
20.Zulfiya she’rlari qaysi tillarga tarjima qilingan?
A) rus, ingliz, nemis, hind
B) bolgar, xitoy, arab, fors
C) ukrain, belorus, yapon, hind
D) A va B
21.Zulfiya qaysi she’riy to’lami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirdi?
A) “Men tongni kuylayman”
B) “Yuragimga yaqin kishilar”
C) “Hayot varaqlari”
D) “Kuylarim sizga”
22. “O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida” qaror qachon chiqqan?
A) 2000-yil 1-avgustda
B) 2013-yil 15-mayda
C) 2014-yil 31-oktabrda
D) 2014-yil 1-noyabrda
23.Zulfiyaning bolalarga bag’ishlangan turkum she’rlari qanday nom bilan ataladi?
A) “Semurg’ ”
B) "Lolaqizg’aldoq”
C) “ Hayot varaqlari”
D) “She’rlar”
24.Zulfiyaning birinchi she’rlar to’plami qanday nom bilan ataladi?
A) “She’rlar”
B) “Qizlar qo’shig’i”
C) “Xotiram siniqlari”
D) “Hayot varaqlari”
25.Zulfiya birinchi she’rlar to’plamini yozganda necha yoshda edi?
A) 17
B) 19
C) 21
D) 24
26.Zulfiyaning 60 yillik tavalludi qachon nishonlangan?
A) 1970-yil
B) 1973-yil
C) 1975-yil
D) 1979-yil
27.Zulfiya ijodiy faoliyati davomida qancha she’riy to’plamlar yozgan?
A) 20ga yaqin
B) 30ga yaqin
C) 30dan ortiq
D) 50ga yaqin
28.Zulfiya ijodiy faoliyati davomida qancha doston yaratgan?
A) 40dan ortiq
B) 30dan ortiq
C) 20dan ortiq
D) 10danortiq
29.Zulfiyaning otasi qanday kasb egasi bo’lgan?
A) temirchi
B) dehqon
C) savdogar
D) ishchi
30.Zulfiyaning “Hulkar” nomli to’plami qachon yaratilgan?
A) 1947-yil
B) 1944-yil
C) 1943-yil
D) 1939-yil



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin