Ma’ruzalar matni


Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi fanidan nazorat savollar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə5/22
tarix07.01.2024
ölçüsü1,1 Mb.
#202472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ma\'ruza (1) (1)

Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi fanidan nazorat savollar
1. Oybek ijodining o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni
2. Oybekning 1920- yillar lirikasi
3. Oybekning "Navoiy" romoni haqida
4. Yangi o‘zbek adabiyoti va Oybek ijodi
ASOSIY ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008.
2. "Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor". O‘zAS gaz.2009 yil, 3 iyul.
3. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‘?uv yurtlari uchun darslik. T., "O‘qituvchi" nashriyoti. 1999.
4. Sanjar Sodi?. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., "Universitet", 2005.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. – T.: Fan, 1990-1995
2.Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. – T.: O’zbekiston, 2008.
3.Ulug‘bek Hamdam. Yangi o‘zbek she'riyati. - T.: ADIB, 2012.

HAMID OLIMJON HAYOTI VA IJODI


Rej a
H.Olimjon-baxt va shodlik kuychisi. H.Olimjon - tarjimon, adabiyotshunos. Ertak dostonlari. Hamid Olimjon ijodida xalq og‘zaki ijodining o‘rni. Hamid Olimjon lirikasida tabiat tasviri. Hamid Olimjonning “Muqanna” dramasida vatanparlik motivlari.


Kalit so‘zlar: "Jizzax", "Jizzax qo‘zg‘oloni", "Pedakademiya", "Ko‘klam", "Olov sochlar", "Baxt va shodlik kuychisi", "Oygul bilan Baxtiyor", "Semurg‘", "Zaynab va Omon", "Jangchi Tursun", "Roksananing ko‘z yoshlari", "Qamal qilingan shahar tepasidagi oy", "Muqanna", "Jinoyat", "Pereverzevchilik", "Fitratning adabiy ijodi haqida".
HAMID OLIMJON (1909-1944)
Hamid Olimjon XX asr o‘zbek poeziyasining yorqin siymolaridan biridir. U 1909 yil 12 dekabrda Jizzaxda tug‘ilgan. Otasining ismi Olim buva, onasining ismi Komila aya bo‘lib, ular Hamidning tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Hamid Olimjon avvalda eski maktabda, keyin yangi maktabda o‘qiydi. Undan so‘ng Samarqanddagi Pedakademiyada tahsil oladi.
Hamid Olimjonning dastlabki she’rlari 20-yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Bu she’rlar "Chimyon daftari" turkumini tashkil etadi. Uning birinchi she’ri "Kimdir" e’lon qilinganda shoir o‘n yetti, to‘ng‘ich kitobi - "Ko‘klam" bosilib chiqqan vaqtda yigirma yoshda edi. Hamid Olimjon "Ko‘klam" kitobidan boshlab hayot haqidagi o‘z taassurotlarini berishga, turmushni dramatik holatlari bilan idrok etishga, she’rdagi lirik qahramon kechinmasini ta'sirchan va ishonarli chiqarishga, ayniqsa, voqea-hodisadan ko‘ra, undan hosil bo‘lgan fikr, his-tuyg‘ular, qalb holatini ifodalashga urindi. Albatta, uning dastlabki she’rlari ijodining mashqlar va izlanishlar bosqichini tashkil etadi. Uning "Oydinda" she’rida hayot o‘sha davr rasmicha ko‘tarinki soxta talqin qilinadi. Bunda hayot g‘amsiz, alamsiz, kadarsiz deb tasvirlanadi.
Hamid Olimjon ijodining ikkinchi bosqichi 30- va urush yillari hisoblanadi. Uning ishonch va umid ruhi "Yigitlarni frontga jo‘natish", "Qo‘lingga qurol ol!", "Yaqinlik", "Moskvani men bilaman", "Jangchi Tursun", "Rossiya", "Nihol", "Sevgi" kabi urush davri o‘zbek lirikasining yutug‘i bo‘lgan asarlarning qon tomiriga singib ketgandi. "Muqanna" va "Jinoyat" dramalari ham urush yillarida yozilgan bo‘lib, "Muqanna" asari urush davri o‘zbek adabiyotida muhim voqea bo‘ldi. Dramaturg olis tarixiy voqeani hozirgi zamonning muhim siyosiy hodisasini aks ettirishga, urush davri vazifalarini o‘tash hamda ehtiyojlarini qondirishga xizmat ettira oldi. "Jinoyat" pesasi esa Hamid Olimjonning hayotdagi murakkab, ziddiyatli muammolarni keskin to‘qnashuvlar va kolliziyalar vositasida talqin etish mahorati oshganligidan dalolat beruvchi drama bo‘lib qoldi.
Urush yillarida shoir "Jangchi Tursun", "1924 yilning yanvarida Samarqand", "Rossiya", "Roksananing ko‘z yoshlari" kabi balladalarini yozdi.
Hamid Olimjonning 9 ta doston, 7 ta she’rlar to‘plami bor. "Grisha", "Ota hayotidan", "Shohimardon", "Ikki qizning hikoyasi" dostonlari zaif dostonlar hisoblanadi. "Ikki qizning hikoyasi" dostoni Hamid Olimjonning hayot to‘g‘risidagi eng yaltiroq tasavvurini ifodalaydi.
"Oygul bilan Baxtiyor", "Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod", "Zaynab va Omon" dostonlari mashhur hisoblanadi. "Zaynab va Omon" poemasida she’riy san’atlar qalashib ketgan deyish mumkin. Bu dostonda adabiyotdagi uchlik an’anasi bor. Bular Zaynab, Omon va Sobir timsollari bo‘lib, chinakam dunyoviy muhabbat tantanasini ko‘rsatish maqsadiga bo‘ysundirilgan. Faqat muallif bu dostonida ham "Baxtlar vodiysi", "O‘zbekiston", "O‘rik gullaganda" she’rlaridagi kabi "Zaynab o‘sgan el husnga to‘liq" deb 30-yillar hayotining ancha yaltiroq, ko‘tarinki manzarasini beradi.
Hamid Olimjon nafaqat shoir, balki tarjimon hamdir. U 1936 yilda Pushkinning 100 yilligi munosabati bilan "Kavkaz asiri" dostoni, "Suv parisi" dramasini, bir qator she’rlarini tarjima qilgan. Pushkin va Gorkiy haqida maqolalar yozgan. Uyg‘un bilan birgalikda "Sotsialistik realizmni egallash yo‘lida", "Marksizm niqobi ostida menshevizm" maqolalarini yozishgan. Bu maqolada A.Sa'diyni adabiyot va san’atni siyosatdan uzoqlashtirib yuborishda ayblaydilar. Shoirning "Fitratning ijodi haqida" maqolasi buyruqqa binoan yozilgan bo‘lib, adibni millatchilikda va xalqqa dushmanlikda ayblash asosiga qurilgan.
Hamid Olimjon ijodini o‘rganish 30-yillarning oxirlarida Yusuf Sultonovning "Hamid Olimjon ertaklari" maqolasi bilan boshlangan. Lidiya Bat, G‘.Karimov ham shoir haqida maqolalar yozishgan. Uyg‘un esa, 1944- yil yozilgan "Shodlik va baxt kuychisi" maqolasida uning siymosini bir yoqlama talqin qiladi.
Hamid Olimjon o‘zbek she’riyatining yetuk namoyandasi sifatida xalqning muhabbatiga, tanqidchilarning qiziqishlariga sazovor bo‘ldi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin